Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   126
Bog'liq
Majmua

13-laboratoriya 
O’quv mashg’ulotlarini tashkil etish metodlari bilimlarni nazorat 
qilish va baholash mezonlarini ishlab chiqish 
 
1. O‘quvchi qachon ijodiy tafakkur sohibi bo‘la oladi. Informatika 
misolida tushuntiring! 
2. O‘qitish texnologiyasining tarkibiy elementlariga nega o‘qitish 
maqsadi kiritilmagan? Izohlang! 
3. Siz o‘qituvchi sifatida o‘quvchingizni qanday tashxislaysiz? 
4. O‘qitish jarayoni nega ijobiy ham, salbiy ham bo‘lishi mumkin?
5. Informatika fanidan ixtiyoriy mavzuni olib umumiy mezonga 
asoslanib xususiy mezonni ishlab chiqing! 


102 
6. Informatikani o‘qitish metodi o‘qitish texnologiyasi bilan qanday farq 
qiladi? Misollar bilan tushuntiring! 
 
14-mavzu. LOYIHAVIY O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI 
Reja 
14.1. Loyihaviy o‘qitish texnologiyalariga kirish 
14.2. Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini loyihalashtirish 
14.3. Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini rejalashtirish va amalga oshirish 
 
14.1. Loyihaviy o‘qitish texnologiyalariga kirish. Loyihaviy o‘qitish 
texnologiyasining asoschilaridan biri amerikalik pedagog Djon Dyu(1859-1952) 
hisoblanib, uning ushbu uslubni ilmiy tavsiflash asosi pragmatik(islohot, bolani 
faollashtirish) pedagogika talablarga asoslanadi [15]. 
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o'rganishda loyiha usulidan 
foydalanish quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan: 
• o’rganilgan informatika va axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarni 
tizimlashtirish
• informatikaga oid ma'lumot bilan ishlashda ko'nikmalarni rivojlantirish, 
ushbu ko'nikmalarni mustaqil ravishda qo'llash qobiliyatini rivojlantirish; 
• ta'lim muammolarini va amaliy vazifalarni yechish uchun minimal 
kompyuter vositalari va dasturiy modellar to'plamidan foydalana olish; 
• jamoaviy loyihalarni amalga oshirishda AKTdan foydalanish 
tajribalariga ega bo’lish
• tabiatni va jamiyatni tushunishda axborot olish usullari bilan tanishish: 
hodisalarni kuzatish, ro'yxatdan o'tkazish, modellashtirish va tahlil qilishda 
AKTdan foydalanish, natijalarni axborot obyektlari shaklida taqdim etish
• informatika fanining umumiy tushunchalari haqida tizimli bilim va 
ma'lumot olishni o'zlashtirish: axborot obyekti, axborot jarayoni, axborot modeli, 
axborot tizimi, menejment, algoritmlari, axborot obyektlari va jarayonlarining 
rasmiy modellari to'g'risida; axborot dunyosiga yo'naltirilganlikka erishish
• ixtisoslashgan sohalarda axborotlar bilan ishlashda intellektual va ijodiy 
qobiliyatlarni rivojlantirish; 


103 
• global axborot jamiyatining talablariga muvofiq xulq-atvor va 
faoliyatning zaruriy normalarini o'rgatish, axborot jamiyatining o'ziga xos 
muammolari, ijobiy va salbiy jihatlari bilan tanishish va h.k. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling