Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua
14-Laboratoriya ishi
Kompyuterli testlar dasturiy vosita yordamida loyihalash, web testlarni loyihalash Savollarga javob bering! 1. Testning boshqa nazorat turlaridan farqi nimada? 2. Testning ishonchlilik, validlik va xolislik mezonlarining o‘zaro farqini tushuntirib bering! 3. Testning didaktik talablarini bajarilishini informatika fanidan test tuzib tushuntiring! 4. Siz test tuzish amaliyotingizda nimalarga e’tibor qaratasiz? 5. Informatika fanidan to‘ldiriluvchi, ko‘p tanlovli test tuzing va izohlab bering! 6. Informatika fanidan moslashtiruvchi, mantiqiy, esse testlarini tuzing va tushuntirib bering! 7. My Test (Macromedia Flash, Easy Quize) dasturida informatika faniga oid testlarni loyihalashni tushuntirib bering! 8. Informatika fanidan Blum taksonomiyasining “bilish”, “tushunish”ga oid testlarni tuzing va tushuntiring! 9. Informatika fanidan Blum taksonomiyasining “baholash” va “sintez” ga oid testlarni tuzing va tushuntiring! 10. Informatika fanidan Blum taksonomiyasining “qo'llash” va “tahlil”ga oid testlarni tuzing va tushuntiring! 15-Mavzu. Bilimlarni nazorat qilish va baholashni loyihalashtirish Reja 15.1. Bilimlarni nazorat qilish va baholash turlari 15.2. Baholash mezonlari 113 15.3. Bilimlarni nazorat qilish va baholashning innovatsion metodlarini loyihalash 15.1. Bilimlarni nazorat qilish va baholash turlari. Umumiy o‘rta ta’limda ta’limni nazorat va baholashning asosiy maqsadi o‘quvchilarga davlat ta’lim standartlariga javob beradigan bilimlarni yetkazish sifatini tekshirish bo‘lsa, oliy ta’limda esa, kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishdir. Baholash-ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir. Baholashning mezonga asoslangan va meyorga asoslangan baholash shakllari bo‘lib, axborot texnologiyalari darslarida mezonga asoslangan baholash shakli qo‘llaniladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling