Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.2. Baholash mezonlari.
Me’zonga asoslangan baholash- baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga
kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko‘nikmalarini oldindan belgilangan o‘quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko‘ra taqqoslash va o‘lchash shaklidir. Bunda natijalar to‘g‘ri va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlardan kuchsiz guruhlarni yaxshiroq farqlash imkonini beradi. Baholash natijasida nafaqat ta’lim oluvchining, balki, ta’lim beruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o‘quv jarayonidagi kamchiliklar aniqlanadi. Ta’lim vositalari, rejalar, ta’lim jarayonini tashkil etish sifatiga ham baho beriladi [24]. Informatika va axborot texnologiyalaridan nimani baholash kerak?- deganda, nazariy bilimlarni baholash, amaliy ko‘nikma va malakalarni baholash nazarda tutiladi Nazariy bilimlarni baholash deganda, erishilgan natijalarni aniqlash, uni mo‘ljallangan natijani baholash mezonlari bilan taqqoslash, ta’lim jarayonida qo‘yilgan maqsad natija ko‘rsatkichlarini qanday darajada o‘zlashtirganini aniqlash tushuniladi [24]. 114 O’qituvchi savol bergan vaqtda ta’lim oluvchi hamma vaqt to‘g‘ri javob beradi deb kutmaslik kerak, chunki psixik omil (tanglik, erkin bo‘la olmaslik, qo‘rquv) tufayli haqiqiy natija yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Nazariy bilimni baholash orqali butun ta’lim tizimi va uning barcha komponentlari tekshirib ko‘rilishi mumkin. Nazariy bilimlarni baholash ta’lim oluvchining o‘zligini anglashi uchun imkoniyatdir Amaliy ko‘nikma va malakalarni baholash amaliy mashg‘ulotlar darsida me’zonlar asosida olib boriladi. An’anaviy ta’lim jarayonida baholashning test, og‘izaki so‘rov, yozma ish kabi sakllardan foydalaniladi. 15.2. Baholash mezonlari. Baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari yetarlicha aniq, o‘lchash imkoniyati mavjud, uni talabalar va ota onalar tushuna oladigan bo‘lishi kerak. O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomda baholash mezonlari namuna sifatida ko‘rsatib o‘tilgan [59]. Nizomda talabalarning bilim darajasi a’lo (86-100 ball), yaxshi (71-85 ball), qoniqarli (56-70 ball) mezonlar asosida baholanishi ko‘rsatilgan. Umumiy o‘rta la’lim jarayonida baholash 5 ‒ a’lo, 4 ‒ yaxshi, 3 ‒ qoniqarli, 2 ‒ qoniqarsiz ko‘rinishida qoyiladi. Informatika fani o‘qituvchilari mavzularni baholashda quyidagi umumiy mezonga asoslanadi [29]. (15.1-jadval). Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling