Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasturlashtirilgan o‘qitish
Modulli ta’lim texnologiyasi. “Modul” lotincha so‘z bo‘lib “qism” yoki
“bo‘lak” “blok” degan ma’noni bildiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning eng kichik modullari asosiy tushuncha bo‘lib, ular go‘yo pedagogik texnologiyani hosil qiluvchi “g‘ishtcha”lar vazifasini bajarishi bilan asosiy ahamiyatga ega. Informatika o‘qituvchisini tayyorlashda modul texnologiyasi maqsadini ro‘yobga chiqarish uchun modul bosqichma-bosqich amalga oshirilib, har bir harakatga o‘quv elementi sifatida qaraladi. Modul texnologiyasi o‘quv elementi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: 1.Faoliyatning aniq elementlarini o‘rgatish bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy axborotlar: ma’ruza matni, amaliy va laboratoriya topshiriqlari, 2.Ta’lim uchun zarur bo‘lgan faoliyatni ta’minlovchi materiallar haqidagi ma’lumotlar: darsliklar, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar, slaydlar, umumiy holda o‘quv materiallari; 3.O‘quv sharoitini nazorat qilish: turli darajadagi testlar, mustaqil ish topshiriqlari, loyihalar tuzish va boshqalar [43, 57,58]. Dasturlashtirilgan o‘qitish XX asrning 50-yillari boshida paydo bo‘ldi. U amerikalik psixolog B.Skinner nomi bilan bog‘liq. U materiallar o‘zlashtirilishini boshqarishning samaradorligini oshirishda, axborotlarni qismlab uzatishning muntazam programmasi asosiga qurish va uni nazorat qilishni tavsiya etdi. N.Krauder tarmoqlangan dasturni ishlab chiqdi, unda nazorat natijalariga ko‘ra ta’lim oluvchilarga mustaqil ishlar uchun turli xildagi materiallar tavsiya etiladi [71]. G.K.Selevko dasturlashtirilgan o‘qitishga quyidagi ta’rifni beradi, ya’ni dasturlashtirilgan o‘qitish deganda o‘qitish uskunalari: EHM, programmalashtirilgan darslik, kinotrenajer va boshqalar yordamida 52 programmalashtirilgan o‘quv materialining o‘zlashtirilishini boshqarishni tushunadi. Bugungi kunda elektron dasturiy vositalar yaratilib, ular yordamida o‘qitishning yo‘lga qo‘yilishi dasturlashtirilgan o‘qitishga misol bo‘la oladi [5]. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling