Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126
Bog'liq
Majmua

14-Laboratoriya ishi 
Kompyuterli testlar dasturiy vosita yordamida loyihalash, web testlarni 
loyihalash 
Savollarga javob bering! 
1. Testning boshqa nazorat turlaridan farqi nimada? 
2. Testning ishonchlilik, validlik va xolislik mezonlarining o‘zaro farqini 
tushuntirib bering! 
3. Testning didaktik talablarini bajarilishini informatika fanidan test tuzib 
tushuntiring! 
4. Siz test tuzish amaliyotingizda nimalarga e’tibor qaratasiz? 
5. Informatika fanidan to‘ldiriluvchi, ko‘p tanlovli test tuzing va izohlab 
bering! 
6. Informatika fanidan moslashtiruvchi, mantiqiy, esse testlarini tuzing va 
tushuntirib bering! 
7. My Test (Macromedia Flash, Easy Quize) dasturida informatika faniga 
oid testlarni loyihalashni tushuntirib bering! 
8. Informatika fanidan Blum taksonomiyasining “bilish”, “tushunish”ga oid 
testlarni tuzing va tushuntiring! 
9. Informatika fanidan Blum taksonomiyasining “baholash” va “sintez” ga 
oid testlarni tuzing va tushuntiring! 
10. Informatika fanidan Blum taksonomiyasining “qo'llash” va “tahlil”ga 
oid testlarni tuzing va tushuntiring! 
 
 
15-Mavzu. Bilimlarni nazorat qilish va baholashni loyihalashtirish 
Reja 
15.1. Bilimlarni nazorat qilish va baholash turlari 
15.2. Baholash mezonlari 


113 
15.3. Bilimlarni nazorat qilish va baholashning innovatsion metodlarini 
loyihalash 
 
15.1. Bilimlarni nazorat qilish va baholash turlari. Umumiy o‘rta 
ta’limda ta’limni nazorat va baholashning asosiy maqsadi o‘quvchilarga davlat 
ta’lim standartlariga javob beradigan bilimlarni yetkazish sifatini tekshirish bo‘lsa, 
oliy ta’limda esa, kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishdir.
Baholash-ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga 
erishganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash natijalarni 
aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir. Baholashning mezonga asoslangan va 
meyorga asoslangan baholash shakllari bo‘lib, axborot texnologiyalari darslarida 
mezonga asoslangan baholash shakli qo‘llaniladi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling