Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126
Bog'liq
Majmua

2.Guruhlarni shakllantirish. Mavzu tanlanganidan keyin shu mavzu bahs 
munozarasi olib boriladigan guruh shakllantiriladi. Guruhni shakllantirish turli 
zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan foydalanib, teskari qaratilgan 1 va 2 
yozilgan kartochkalarni tortish, jurnaldagi nomerlarni toq va juft raqamlarga 
ajratish, guruhdan 2 ta iqtidorli talabani tanlab ular yordamida o‘z guruhlarini 
shakllantirishga erishish va h.k. Bahs munozara mavzusi bo‘yicha bir guruh fikrni 
qo‘llab quvvatlovchilar, ikkinchi guruh esa, ularga qarshi fikr yurituvchilar 
hisoblanadilar. 
Guruhdan 
so‘zga 
chiquvchilar 
va 
vaqtni 
belgilash
Guruhlar 
shakllanganidan so‘ng, guruh bilan kelishilgan holda guruh a’zolaridan kimlar 
qancha qancha vaqt davomida so‘zga chiqishlari belgilab olinadi.
E’lon qilish. Bahs munozara auditoridan tashqarida o‘tkazilayotganligini 
hisobga olib, uning o‘tkazilishi haqida e’lon muassasa e’lonlar doskasiga 
chiqariladi. Taklifnomalar tayyorlanib ta’lim muassasasi ma’muriyatiga,
guruhlarga tarqatiladi 
3. Loyihani 
tayyorlash(konstruktorlik) bosqichi
O‘quvchilar bilan 
birgalikda mavzu bo‘yicha materiallarni yig‘adi, yig‘ilgan materialni vaqtga 
moslab, reja asosida nutqni yozadi, uni so‘zga chiquvchilarga taqsimlaydi. 
Masalan, “O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak”: tarafdorlar 
va qarshilar” mavzusi yuzasidan 1-guruh- “Tarafdorlar” guruhidan Botirov O‘lmas 
“Internet salbiy jiqatlari” rejasida chiqish qilib, internet keng o‘quvchilar 
ommasiga kirib kelayotganligi bugungi kunda uning o‘quvchilar hayotida salbiy 
tomonlari ko‘pligini hisobga olib “O‘quvchilarga internetdan foydalanishni 
ta’qiqlash kerak”ligiga ishontirishga harakat qiladi. 
Uning fikr mulohazalarini yoqlab Alimov Faxriddin, o‘quvchilar 
internetdan emas, ko‘proq kitoblar, darsliklardan foydalanib bilim olishlari 
ularning shaxsiy hayotlarini rivojlantirishiga hissa qo‘shishini takidlaydi, misollar 
keltiradi. “O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak”ligi
2- “Qarshilar”guruhdan Samiyeva Nargiza “Internetning ijobiy tomonlari” rejasi 


144 
bo‘yicha chiqish qilib, o‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak 
emas, ular ixtiyoriy vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘yib berishni yoqlab chiqadi.
Shu guruhdan Abdiyeva Salima “O‘quvchilarning internetdan foydalanib 
erishayotgan yutuqlari” rejasida chiroyli, tizimli nutki bilan chiqish qilib
internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak emasligiga bahs munozara 
qatnashchilarini, ekspertlarni o‘z fikr mulohazalariga ishontirishga harakat qiladi. 
Ularning nutqi bir necha bor mashq qildiriladi. 
1. Har bir guruhdan “Tarafdorlar” va “Qarshilar” ning qo‘shimcha fikr 
mulohazalari tinglanadi. 
2. O‘qituvchi ekspertlar tomonidan beriladigan namunaviy savollar 
ro‘yxatini tayyorlaydilar: 
3. Siz bilim olishda ko‘proq internetdan foydalanisizmi, kitoblardanmi? 
4. Internetdan butunlay foydalanish kerak emas deb o‘ylaysizmi? 
5. Internetdan 
foydalanuvchilarning barchasi yomon yo‘lga kirib 
ketishyaptimi? 
6. “Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo, zulmat izlaganga, zulmatdir dunyo” 
maqolini qanday tushunasiz?
7. Internet-qo‘shtirnoqsiz yoziladigan mo‘jiza-hikmatli so‘ziga sizning 
fikringiz va h.k. 
5. Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi. Bahs munozaraning 
texnologik xaritasi tayyorlanadi. O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini amalga 
oshirish jarayoni sifatida amalga oshiriladi. Bahs munozaraning loyihasini 
namunaviy ko‘rinishquyidagicha bo‘lishi mumkin (17.3-jadval). 
Bahs munozaraning loyihasi. (17.3-jadval) 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling