Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi
Download 1.26 Mb.
|
sha
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Qashqadaryo viloyati sharoitida asalarilarni varroatozbilan zararlanishi
7-rasm.Asalarilar Varroakanasi tuzilishi.
8- rasm. Urg‘ochi va erkak Varroakanasi tuzilishi. o‘tishiga to‘sqinlik qiladi (9-rasm). 9-rasm. Varroakanalari asalarilar traxeyasida joylashishi. 10-rasm.Varroatoz gumon qilingan asalari holati 2.3. Qashqadaryo viloyati sharoitida asalarilarni varroatozbilan zararlanishi Bugungi kunda O‘zbekistonda 12225 ta jismoniy va yuridik shaxslar asalarichilik bilan shug‘ullanadi. Ular tomonidan 450500 ta asalari oilalari parvarish qilinib, mamlakatimizda 585 ta asalarichilik bo‘yicha fermer xo‘jaliklari mavjud.O‘zbekiston Respublikasi Rrezidentining 2017 yil 16- oktyabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmog’ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3327-sonli qarorida “Asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini2021-2023 yillarda — 23,7 ming tonnaga oshirish” belgilangan hamda “Asalarilar kasalliklarini tezkor diagnostika qilish bo‘yicha laboratoriya tashkil etish, kasalliklarni davolash bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasinio‘rganish, shuningdek, tarmoq mutaxassislarining doimiy malakasini oshirishko’rsatilgan. Qashqadaryo havzasida tarqalgan asalarilar Varroa kanalari bioekologik xususiyatlari, asalarilarni varroatoz kasalligi bilan zararlanishi, varroatozni asalarilar mahsuldorligiga keltirladigan zarari tadqiq qilinmagan va ularni kanalardan muhofaza qilishning ekologik xavfsiz integrallashgan tizimi shakllantirilmagan. Asalarilar ektoparazitiVarroakanalari Gamasidaeavlodi, Gamasina oilasiga taalluqli turlar bo‘lib, asalarilar xavfli parazitidir. Ular karantin obyekti bo‘lib, asalarilar oilasining zaiflashishi va nobud bo‘lishiga sabab bo’ladi (Gaponova V. S., Grobov O. F. 1978). Biz Qashqadaryo viloyati sharoitida asalarilarni varroatoz bilan zararlanishini o‘rganish uchun Qashqadaryo viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligi va Kasbi tumaniga tegishli asalari arizorlarida (pasekalar) tadqiqotlar olib bordik. Buning uchun 2021-2023 yillar erta bahorda (mart) asalari kanalarini tabiatda tarqalishini va asalarilarni zararlashini o‘rganish uchun ma’lum akarologik kuzatuv va tekshiriuvlar o‘tkaziladi. Har yili erta bahorda asalari oilalarini qishlovdan keyingi o‘tkaziladigan ko‘rik davrida varroatoz bilan zararlangan yoki zararlanmaganligini aniqlash uchun asalarilar xulq-atvori, uchish layoqati va holati kuzatiladi. Bunda asalarilar uyasi (qutilar) ochladi va har bir yashshik, har bir asalari oilasi, mumkataklar sinchiklab ko’zdan kechiriladi.Asalari oilalari joylashgan mo’mkataklarga chumoli kislotasi yoki timol bilan ishlov beriladi va asalarilar oilasi joylashga qutilar bekitib qo’yildi. Oradan 2 soat vaqt o’tgach asalarilar yashshiklari ochilib to’shalgan qog’ozlar sekin, silkitmasdan chiqarib olindi. To’shalgan oq qog’ozlar sinchiklab kuzatilganda ularda guda ham kichik mayda qora nuqtachalar Varroa kanalari ko’zga tashlanadi. Shundan so’ng qog’ozlarni Petri kosachasiga sekin silkitib, qoqib kanalar yig’ib olinindi. Petri kosachasidagi yoki dastakli ninalar yordamida olinib buyum oynasi ustiga qo’yilgan kanalar binokulyar yoki mikroskop ostida kuzatildi. olinadi va veterinariya laboratoriyasiga akarologik tekshiruvga yuboriladi. (11,12-rasm). Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling