46
3.2.2. Ma'danli moddalar.
Keyingi 3-jadval va 3- rasmda Kasbi tumanidagi Novqat qishlog‘ida
istiqomat
qiluvchi aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi 30-39 yoshli aholi guruhiing ovqat ratsionidagi
ayrim ma'danli moddalar bilan ta'minlanishi borasidagi ma'lumotlarni keltiramiz .
3-jadval
Kasbi
tumanidagi
Novqat
qishlog‘idagi
aqliy
mehnat
bilan
shug‘ullanuvchilarning ovqat ratsionidagi ayrim ma'danli moddalar miqdori.
Ma'danli moddalar
30-39 yoshli
Erkaklar
Ayollar
Ca, mg
555,2
577,6
Me'yor, mg
800
800
Qondirilishi, %
69,4
72,2
P, mg
975
1018
Me'yor, mg
1200
1200
Qondirilishi, %
81,3
84,8
Fe, mg
7,4
13
Me'yor, mg
10
18
Qondirilishi, %
70,4
72,2
J, mg
0,11
0,9
Me'yor, mg
0,15
0,15
Qondirilishi, %
73,3
60,0
Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, to‘qima va hujayralarni o‘z vaqtida yangilanib
turishi hamda qator biofaol moddalarning hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan
makroelementlardan Ca va P ning tekshiriluvchilar kunlik ovqatidagi miqdori me'yorga
nisbatan kam ekanligi aniqlandi. Ularning kunlik ovqat ratsionidani Ca elementining miqdori
me'yorga nisbatan ham erkaklarda, ham ayollarda tegishli ravishda 30,6 va 27,8 foizga kam.
Shuningdek, ularning ovqati tarkibidagi P ning miqdori ham me'yordagi 1200 mg o‘rniga 975
va 1018 mg ni tashkil etdi. Bu me'yorga nisbatan tegishli ravishda 18,7 va 15,2 foiz
taqchillikni namoyon qildi.
Ularning kunlik ovqat ratsionidagi mikroelementlarning eng muhim vakili hisoblangan
temir va yodning miqdori ham me'yor darajasidan sezilarli kamligi kuzatildi. Unga ko‘ra
erkaklarda temirga bo‘lgan talab 70,4 foizga qondirilgan bo‘lsa, yodga bo‘lgan talab 73,3
foizga qondirilgan. Ayollarda esa temir me'yorga nisbatan 27,8 foizga kamligi kuzatilgan
bo‘lsa, yodga bo‘lgan talab 60 foizga qondirilgan, xolos.