Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
referendumini o‘tkazish to‘g‘risida»
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi»
- «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»
referendumini o‘tkazish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorda quyidagilar belgilandi:
1. 1991 yil 29 dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi o‘tkazilsin. 103 2. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta’rifda kiritilsin: «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?» Referendumga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Referendumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi, 13 okrug, 7 ming uchastka saylov komissiyalari tuzildi. 1991 yil 29 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumda 9 million 898 ming 707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 % qatnashdi. Ularning 98,2 % referendumda qo‘yilgan savolni ma’qullab ovoz berdi. Demak, O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan ma’qullandi. Shuni ta’kidlash lozimki, referendum butun respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan o‘tdi. Buni referendumda AQSH, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan mustaqil kuzatuvchilar ham tasdiqladilar. O‘zbekiston mustalilikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi – Prezidentlik respublika boshqaruvi shaklini rivojlantirishga kirishildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabridagi VIII sessiyasida umumhalq referendumini o‘tkazish qarori bilan birga «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonuni, shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 1991 yil 29 dekabr, yakshanba kuniga belgilandi. Saylovga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilib, 13 ta okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyalari tuzildi. Oliy lavozimga ikki nomzod – O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi I.A. Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi. 1991 yil 29 dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlar yakuniga ko‘ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474 saylovchi (12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. 1991 yil 30 dekabrda Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35 – moddasiga asosan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. Shunday qilib, mamlakatimizda birinchi marta yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan to‘g‘ridan – to‘g‘ri umumiy va alternativ asosdagi saylovda I.A. Karimov 5 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti etib saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 4 yanvarda bo‘lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida birinchi prezident Islom Karimov qasamyod qildi. 1995 yil 26 martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. Unda 11 mln. 245 028 kishi yoki ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning 99,3 % ishtirok etdi. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling