Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Respublikasining Konstitusiyasini qabul qilish to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasining


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Respublikasining Konstitusiyasini qabul qilish to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitusiyasi qabul qilingan kunni umumxalq bayrami deb e’lon qilish to‘g‘risida» va 
«O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi 
Qonunlarni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 6 bo‘lim,26 bob 128 moddadan iborat. U 
«Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari 
to‘g‘risida»gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la 
mujassamlashtirdi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini o‘rganish jarayonida uning mohiyatini ochib 
beravchi quyidagi asosiy tamoyillarini bilib olishga ahamiyat berish zarur:
O‘zbekiston Konstitusiyasining birinchi tamoyili — davlat suverenitetidir. 1 – 6 — 
moddalarda O‘zbekiston - suveren demokratik respublika, davlat xalq manfaatlariga xizmat 
qiladi, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritadi, o‘zbek tili davlat tilidir, deb belgilab qo‘yilgan. 
Konstitusiyada davlatning «O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» degan nomlari bir 
ma’noni anglatadi, deb belgilab qo‘yilgan. 
Ikkinchi Konstitusiyaviy tamoyil — xalq hokimiyatchiligidir. 7 – 14 — moddalarda xalq 
davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir, O‘zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar uning 
fuqarolari tashkil etadi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab amalga 
oshiradi, deb ko‘rsatilgan. 
Uchinchi Konstitusiyaviy tamoyil — davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishidir. 
O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi.
To‘rtinchi Konstitusiyaviy tamoyil — bu demokratiyaga sodiqlikdir. Konstitusiyada 
demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat e’lon qilinadi hamda insonparvar demokratik – 
huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi. 


107 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling