Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997 yildan 2000 yilgacha


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997 yildan 2000 yilgacha 
uzaytirishga siz rozimisiz» degan savolga 11 mln. 199 ming 415 kishi, yoki ovoz berishda 
qatnashganlarning 99,6 % ijobiy javob berdi. 


104 
Shunday qilib, mamlakat fuqarolarining mutlaq ko‘pchiligi O‘zbekiston Respublikasi 
birinchi prezidenti I.A. Karimovning vakolat muddatini 2000 yilgacha uzaytirishni 
ma’qulladilar va referendum natijalari Markaziy saylov komissiyasi qarori hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining tegishli qarori bilan mustahkamlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999 yil 19 – 20 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan 
XV sessiyasi I.A. Karimovning Prezidentlik vakolati muddati 1999 yil oxirlarida tugashini 
e’tiborga olib, 2000 yil 9 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti saylovini 
o‘tkazishga qaror qildi. Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston «Fidokorlar» milliy 
demokratik partiyasi nomzodi Islom Abdug‘aniyevich Karimovni hamda O‘zbekiston xalq 
demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolovni Prezidentlikka nomzod etib ro‘yxatga 
oldi, yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi. 
2000 yil 9 yanvarda muqobillik va demokratik tamoyillar asosida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda ro‘yxatga olingan saylovchilarning 95,10 foizi, 12 mln. 
123 ming 199 saylovchi qatnashdi. Saylovda qatnashganlarning 91,90 foizi Islom Karimov 
uchun, 4,17 foizi A. Jalolov uchun ovoz berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy emas deb topildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug‘aniyevich 
Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror 
qabul qildi. I.A. Karimov ikkinchi bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 
Ma’lumki, 2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga hamda 
uning asosida O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan Qonuniga ko‘ra 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaga o‘zgarishlar kiritildi. Bu o‘zgarishlarga muvofiq 
ravishda I.A. Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 
2007 yil 23 dekabrida muqobillik asosida o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, I.A. Karimov 7 
yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2015-yildekabrda tugashi 
munosabati bilan Prezidentlik lavozimiga saylov o‘tkazildi.2015-yil 29-mart kungi prezident 
saylovida Islom Karimov 90,39 foizovoz bilan g‘alaba qildi. 
2016-yil 2-sentabrda Islom Karimov og‘ir xastalik tufayli vafot etdi.Shu munosabat bilan 
navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlario‘tkazildi. 2016-yil 4-dekabrda 
O‘zbekiston Konstitutsiyasi va «O‘zbekistonRespublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi»gi 
qonunga muvofiq, muqobillik va sog‘lom raqobat asosida Prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 
88,61 % ovoz bilan Shavkat Miromonovich MirziyoyevO‘zbekistonRespublikasi prezidenti etib 
saylandi. 
O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, o’zining xalqaro talablar va me’yorlar 
doirasida qiyofasini ko’rsatmog’i, buning uchun esa o’zining butun imkoniyatlarini , o’ziga xos 
jihatlarini ifodalovchi davlat ramzlariga ega bo’lmog’i lozim edi. Mustaqillikning dastlabki 
kunlaridan boshlab ana shu mo’him siyosiy hodisaga alohida e’tibor qaratildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabr VIII sessiyasida 13 
moddadan iborat bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi 
Qonuni qabul qilindi. Davlat bayrog‘i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat 
qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda 
respublikaning tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi 


105 
o‘zligini ham aks ettiradi. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, 
bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzi bo‘lib qoldi. 
1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 8 moddadan 
iborat bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. 
Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega. Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Xumo qushi 
kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va «O‘zbekiston» degan yozuvlar tilla 
rangda, g‘o‘za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog‘lar havo rangida, chanoqdagi 
paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i 
tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan.
1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling