Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida»
- « O‘zbekiston
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi (12 moddadan iborat) Qonun
qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi O‘zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan. Har bir mustaqil davlatning asosiy belgisi, asl poydevori – milliy valyutasidir. O‘zbekiston davlat mustaqilligini ko‘lga kiritib o‘zining milliy valyutasini muomalaga kiritishga kirishdi. Biroq, bu jarayon uchun ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Shu boisdan O‘zbekiston 1991 – 1993 yillarda sobiq itttifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi. Ammo sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi. O‘zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta kiritish ishiga jiddiy kirishdi. 1992 yildayoq muomalaga chiqarishga mo‘ljallangan so‘m – kupon nusxalari tayyorlanadi. Nihoyat, 1993 yil 1 noyabrda O‘zbekistonda so‘m – kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. O‘zbekiston rahbariyati so‘m – kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyunda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq 1994 yil 1 iyulidan boshlab respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy to‘lov vositasi sifatida milliy valyutasi – So‘m muomalaga chiqarilgan. Muomalaga 1994 yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik, 1997 yil 1 martdan 200 so‘mlik, 2000 yil 1 iyuldan 500 so‘mlik, 2001 yil 1 sentabrdan 1000 so‘mlik banknotlar chiqarilgan. Keyinchalik, 1, 5, 10, 25, 50 so‘m qiymatidagi tangalar muomalaga kiritilgan. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, tabiiy ravishda davlat mustaqilligi va suverenitetini Konstitutsiya asosida mustahkamlash zarurati yuzaga keldi. O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi dastlab I.A. Karimov tomonidan 1990 yilning mart oyida ilgari surildi. 1990 yil 20 iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy Kengashining II sessiyasida yangi Konstitusiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitusiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi. Konstitusiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi. Konstitusiya loyihasini ishlab chiqishda konstitusiyaviy rivojlanishning 106 jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobiga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g‘oyalari yangi Konstitusiyaga asos qilib olindi. Loyihaning dastlabki varianti 1991 yil oktabr – noyabrigacha tayyorlab bo‘lindi. U muqaddima, olti bo‘limga bo‘lingan 158 moddadan iborat edi. Bu loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq edi. Uning ustida yanada jiddiyroq va talabchanlik bilan ishlash zarur edi. 1992 yil bahorida esa loyihaning 149 – moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. 1992 yil 26 sentabrda O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992 yil 21 noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. 1992 yil 8 dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning XI sessiyasi bo‘ldi. Unda mamalakatning Asosiy Qonunini qabul qilish masalasini muhokama qildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi «O‘zbekiston Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling