Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
II. O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Yangi mavzu rejasi
II. O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash:
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash,frontal so’rab – bilish -blitz yoki mavzu bo’icha savol va topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi. 230 III. Yangi mavzu rejasi: 1 Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. 2. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar. 3 O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik. O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni. Yangi mavzuni qisqacha bayoni: Mahalliy davlat hokimiyati organlari. Oʼzbekistonda mahalliydavlat hokimiyati organlarining faoliyatining tashkil etish Konstitutsiya,“Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi qonun, xalq deputatlari viloyat,tuman va shahar kengashlari “Ish tartibi” va boshqa meʼyoriy qonunhujjatlari asosida tashkil etiladi. Mahalliy ijroya hokimiyati degandaOʼzbekistonda tashkil etilgan viloyat, tuman, shahar hokimiyati tizimitushuniladi. Mahalliy vakillik va ijro etuvchi mahkama hokimningrahbarligi ostida ishlaydi. Viloyat hokimlari, Toshkent shahar hokimiPrezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamdategishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tuman vashaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi valavozimidan ozod qilinadi.Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhimmuommolarini muhokama qilish uchun hokim huzurida Maslahat Kengashituziladi. Bu Kengash tarkibiga hokim, uning birinchi oʼrinbosari vaoʼrinbosarlari, kotibiyat boshligʼi kiradi. Maslahat Kengashi tarkibigahokimning qaroriga muvofiq xalq deputatlari Kengashi aʼzolari va boshqatashkilotlardan boʼlgan vakillar ham kirishi mumkin. Viloyat, tuman va shahar ijroya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi.Hokim Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi oʼrinbosari vaoʼrinbosarlarga ega boʼladi. Mahalliy ijroya hokimiyati organlariboshqarmalar, boʼlimlar va boʼlinmalardan iborat boʼlib, ularningtuzilishi va tashkil etilish tartibi, faoliyat yuritish asoslari Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Hokimning faoliyatini toʼgʼri tashkil etishda hokimning birinchi oʼrinbosari vaoʼrinbosarlari faoliyatini tashkil etish oʼta muhimdir.Tuman tarkibidagi shahar va shaharchalarda Kengashlar tuzilmaydi. Shahar tartibidagi tuman hokimi shahar hokimi tomonidan tayinlanadi vashahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shahar tarkibiga kiruvchi tumanhokimlari shahar hokimini rasmiy vakili hisoblanadi va unga hisob beribturadi. Tumanlar tarkibiga kiruvchi shahar hokimlarining tayinlanishi hamshu tartibda amalga oshiriladi. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling