Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
II. O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzuni qisqacha bayoni
II. O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash:
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash,frontal so’rab – bilish -blitz yoki mavzu bo’icha savol va topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi. III. Yangi mavzu rejasi: 1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. 2. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 3. O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo‘li. O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari. 4. Mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi. Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari. Yangi mavzuni qisqacha bayoni: O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng, kelajakka qanday yo’ldan borishi masalasi kun tartibiga qo’yilgan eng dolzarb masalalardan biri bo’ldi. Buning bir qator ob‘ektiv va sub‘ektiv sabablari mavjud. Mustaqillikning demokratik asoslarini chuqurlashtirish va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun O’zbekiston aynan shu yo’lni tutdi. Natijada demokratiya mamlakatimiz miqyosida nazariyadan amaliyotga yoki mavhumlikdan «O’zbekiston modeli»ga aylandi. Sobiq Ittifoq doirasida aynan o’sha kezlarda suveren O’zbekistonning tashkil etilganligi milliy davlat qurilishidagi boy tajriba va an‘analarga tayangan holda xalqning o’z taqdiri va kelajagini belgilashdan iborat burchi, huquqi va shuningdek, o’sha davrdagi mamlakat rahbarining o’z xalqi kelajagi uchun tarixiy mas‘uliyatni chuqur his etganligining isboti edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlangan keng ko’lamli islohotlar mamlakatimiz taraqqiyotining strategik maqsadi – demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli jamiyat qurishga qaratilgan edi. Mazkur islohotlar mamlakatimizda O’zbekistonning Birinchi Prezidenti tomonidan yaratilgan beshta tamoyilga asoslanib, amalga oshirila boshlandi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat: iqtisodiyot siyosat ustidan hukmron bo’lishi, u har qanday mafkuradan ozod bo’lishi lozim. iqtisodiyot o’z qonuniyatlariga asoslanib rivojlanishi kerak; iqtisodiyotni boshqarishda, ayniqsa yangi bozor iqtisodiyotiga o’tilayotganda, davlat bosh islohotchi bo’lib, uning boshqaruv tizimini qo’ldan chiqarmasligi kerak; konstitutsiya va qonunning ustunligi. Unga barcha barobar, hayotimizning turli sohasida rioya etishi kerak; kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bu bozor iqtisodiyoti yo’lidagi eng muhim vazifadir; bozor iqtisodiyotiga o’tishda shoshmashosharliksiz, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog’i lozim. Mazkur tamoyillar «O’zbek modeli» sifatida jahonda e‘tirof etilgan O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lining g’oyaviy-nazariy negizi bo’lib xizmat qildi. O’zbekistonning o’ziga xos va o’ziga mos yo’li bo’lgan «O’zbek modeli» mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ijodiy rivojlantirildi. I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma‘ruzasida «Biz avvalgidek, davlat va jamiyatni isloh etish hamda modernizatsiya qilishda «O’zbek modeli»ning muhim tarkibiy qismi bo’lgan bosqichma-bosqichlik tamoyiliga bundan keyin ham amal qilamiz», deb ta‘kidlagan edi. 228 Umuman, «O’zbek modeli» O’zbekistonning o’ziga xos bo’lgan taraqqiyot yo’li bo’lib, bu yo’l mamlakatimizning tarixiy-milliy xususiyatlarini, geografik va demografik shart-sharoitlarni hisobga olgan, respublikaning bosh, strategik maqsadi sari yo’naltirilgan, islohotlarning har bir bosqichida ijodiy rivojlanib boruvchi dasturulamal bo’ldi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurilishining Konstitutsiyaviy va huquqiy asoslarini yaratish va yuksak taraqqiyotimizning kafolati rolini muvaffaqiyatli bajarmoqda. Mustaqillik tomon qo’yilgan dastlabki qadamlardan biri - bolajak suveren respublikaning, Konstitutsiyasini tayyorlash g’oyasi I.A.Karimov tomonidan 1990 yilning mart oyida ilgari surildi. Ko’p o’tmay shu yilning iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida respublika Prezidenti rahbarligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy Komissiya tuzildi. Komissiya Konstitutsiya loyihasini tayyorlash jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashgan millatlar tashkilotining xujjatlariga, Butunjahon inson huquqlari Deklaratsiyasiga amal qildi. Dunyoning kopgina taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlarining Konstitutsiyaviy hujjatlari o’rganib chiqildi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruv tizimi va adolatli qonunshunoslik an'analari ham chuqur o’rganildi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o’z mohiyati va ahamiyati jihatidan sovet davridagi Konstitutsiyalardan, xususan, 1978 yilgi O’zbekiston SSR Konstitutsiyasidan tubdan farq qilishi kerak edi. Sosialistik O’zbekiston Konstitutsiyasi o’zining mazmuni, ruhi bilan sobiq ittifoq Konstitutsiyasidan kelib chiqib, O’zbekistonni bu ittifoqqa qol-oyog’i bilan zanjirband etdi. Sinfiylik, partiyaviylik g’oyalari bilan sug’orilgan Konstitutsiya g’oyat darajada mafkuralashtirildi va siyosiylashtirildi. Inson manfaatlariga nisbatan davlat manfaatlari ustun qo’yildi. Mustaqillik Konstitutsiyasi loyihasida O’zbekistonda yuz bergan tarixiy o’zgarishlar hisobga olindi. Xususan, O’zbekiston mustaqilligini qonunlashtirish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o’tishning shartlari, davlat va jamiyat qurilishida demokratik tizimning tamoyillari, inson huquqining ustuvorligi ifodasini topdi. Konstitutsiyada bayon etiladigan masalalarni birma-bir o’rganib chiqish uchun 35 kishidan iborat ishchi guruh va har bir bo’limini alohida tayyorlaydigan kichik guruhlardan iborat komissiyalar tashkil etildi. Ishchi guruh va komissiyalar 1991 yilning oktyabrida Konstitutsiyaning birinchi, 1992 yil bahorida ikkinchi nusxasini tayyorladi va shu nusxasi 1992 yilning 26 sentyabrida umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e'lon qilindi. Joylardan tushgan minglab takliflar o’rganib chiqilib, noyabr oyida ikkinchi marta matbuotda bosib chiqildi. Tuzatishlar va aniqlashlardan keyin mustaqil O’zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilindi. Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo’ldi. Birinchi bo’limda Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari bayon etilib, unda Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatning bosh yonalishlari o’z ifodasini topdi. Asosiy qonunning ikkinchi bo’limi 35 moddadan iborat bolib, inson vafuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bagishlangan. Bunda O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga ega ekanligi, O’zbekistonning butun hududida yagona fuqarolik o’rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, vijdon erkinligi va uning kafolatlanishi yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga bevosita hamda o’z vakillari orqali qatnashishlari, siyosiy partiyalar va harakatlarga qoshilish huquqlari ta'kiddab ko’rsatilgan. O’zbekiston mustaqil davlat, deb e'lon qilingan kunning o’zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko’rildi. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog’ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo’mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog’i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bo’lib o’tgan VIII sessiyasi "O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida" qonun qabul qildi. O”zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i ulug’ ajdodlarimizning haqida va maslaklariga mos keluvchi, millat 229 tabiati va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma'naviy jihatlarini ham o’zida aks ettirmog’i kerak edi. Mamlakatimiz davlat bayrog’i yurtimizning o’tmishi, bugungi kuni va kelajagi yorqin ramzi bo’lib qoldi. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i tasvirlangan lenta to’rt xil rangda berilgan. 1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida "O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi" to’g’risida qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma'noga ega. Gerb rangli tasvirda bo’lib, humo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog’i va " O’zbekiston" degan yozuvlar tilla rangda, g’o’za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog’lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda. O”zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrida bo’lib o’tgan XI sessiyasida "O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida"gi Qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqdandi. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling