Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Fuqarolarning oʼzini-oʼzi boshqarish organlari


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Fuqarolarning oʼzini-oʼzi boshqarish organlari. 1993 yil 2sentyabrda boʼlib oʼtgan Oliy Kengashning 
oʼn ikkinchi chaqiriq uchunchisessiyasida “Fuqarolarning oʼzini-oʼzi boshqarish organlari toʼgʼrisida”gi 
Qonun qabul qilindi bu hujjat qishloq, shaharcha va ovullar tarkibidatuziladigan fuqarolarning oʼzini-oʼzi 
boshqarish organlarining tuzilishi vaularning huquqiy holatini belgilab berdi.Fuqarolarning oʼzini-oʼzi 
boshqarish organlari davlat va jamiyatishlarini boshqarishda fuqarolarga koʼmaklashadilar. Ular oʼz 
hududlaridagiijtimoiy-xoʼjalik vazifalarni hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlaroʼtkazish, davlat hokimiyati 
va boshqaruv organlariga Respublika rahbariyativa hukumatining qarorlarini bajarish maqsadida 
fuqarolarnibirlashtiradi. Konstitutsiyada belgilab qoʼyilganidek, “shaharcha, qishloq vaovullarda, 
shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagimahallalarda fuqarolarning yigʼinlari oʼzini-
oʼzi boshqarish organlariboʼlib, ular ikki yarim yil muddatga rais (oqsoqol)ni uningmaslahatchilarini 
saylaydi. Oʼzini-oʼzi boshqarish organlarini saylashtartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi 
qonun bilanbelgilanadi”. 
Fuqarolar yigʼinini rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashiyoki hokim bilan kelishilgan holda 
zaruratga qarab chaqiradi. Fuqarolaryigʼini shuningdek, xalq deputatlari Kengashi, hokim tomonidan yoki 
shuhududda yashayotgan fuqarolarning uchdan bir qismi tashabbusi bilanchaqirilishi mumkin.Yuqorida 
eslatilgan Qonunda fuqarolar yigʼini raisi (oqsoqol) vauning maslahatchilarini saylash tartibi belgilangan 
boʼlib, ularnifuqarolarning yigʼini (yigʼilishi) tegishli tuman, shahar hokimi bilankelishgan holda saylaydi. 
Demokratiyani yanada chuqurlashtirish. Ko`ppartiyaviylik. Mustaqillik yillarida 0`zbekistonning 
ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan keng qamrovli o`zgarishlarni mushohada qilar ekanmiz, mamlakatda 
yangi demokratik qadriyatlar ildiz otganini, inson haq-huquqlari va uning erki asosi bo'lgan huquqiy davlat 


231 
va fugarolik jamiyatiga mos zamonaviy tuzilmalar shaklianganini qayd qilmoq lozim. Ana shu nuqtayi 
nazardan kelib chiqib, eng avvalo demokrati-ya, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o`mi, hozirgi zamon 
jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining borishi va demokratik tamoyillar xususida fikrlashib olmoq lozim. 
Demokratiya kishilik tarixida insonning ongli hayoti boshlangan davrdan boshlab uning erk-u irodasini, 
xohish-istagini belgilaydi-gan mezon bolib kelmoqda. Albatta, bu borada kishilik jamiyati shakllanish 
davridan tortib to sivilizatsiyalashgan turmush tarzi, har jihatdan chuqur ildiz otgan davlatchilik va shu 
asosda ma'lum tartib-qoidaga kirib qolgan aniq yo`nalishlar o`rtasida katta farq bor. Chunki, asrlar 
mobaynida vaqt o`tgani sayin odamlar dunyo-qarashi o`zgarib, talab-ehtiyojlari tabiiy ravishda oshib bordi. 
Bu insonning erkin va ozod yashash kabi ehtiyojining mahsulidir. Demokratiya bevosita jamiyat taraqqiyoti, 
uning siyosiy, huqu-qiy, ma'naviy va boshqa jihatlari bilan birga ana shu jamiyatni tash-kil etgan aholi 
umumiy dunyoqarashini o'zida mujassam etadi. Har qanday davlat o`z huquqiy asosiga, siyosiy rejimiga
boshqaruvidagi aniq tamoyillariga ega bo'lmasa, fixprolar esa o`z haq-huquqlarini himoya qilish bilan birga 
jamiyat va davlat oldidagi, o`z mamlakati istiqboli yogidagi vazifalari va burchlarini to`la anglab olmagan 
taq-dirda demokratiya torn ma'nodagi mazmuniga va jahon tajribasida isbot qilingan mohiyatiga ega bo`la 
olmaydi. 
Mustaqillik yillarida davlat hayotining yangi demokratik huquqiy asoslari yaratildi. Davlat tushunchasi, 
uning ma'no, mohiyati tubdan o`zgardi. U islohotlarning bosh tashabbuskori hamda ulami 
muvofiqiashtiruvchi asosiy kuchga aylandi. Davlat bozor munosabatlariga vazminlik bilan, puxta o`ylangan 
holda, bosqichma-bosqich o`tishni amalga oshirmoqda. Yana shuni ham ta'kidlash lozimki, mustaqillik 
yillarida xalqimizning o`z xohish-irodasini erkin ifoda etishini ta'minlovchi saylov tizimi shakllandi va 
qonun bilan mustahkamlandi. Jumladan, dunyoda eng rivojlangan demokratik davlatlarda ham 
O’zbekistonda qabul qilingan «Saylovchilar huquqlarining kafolatlari to`g`risida»gi Qonunga o`xshash 
qonunlar yo`q. 1994-yil oxiri, 1995-yil yanvarida O`zbekiston tarixida birinchi marta mamlakat 
Parlamenti — Oliy Majlisga, mahalliy vakillik or-ganlariga ochiq, demokratik saylovlar o`tkazildi. Saylovlar 
xalqimizning siyosiy saviyasi faolligi yuksalib bora-yotganini namoyish etdi.
Ma'lumki, demokratik tartibot siyosiy hokimiyatni amalga oshirishning keng tarqalgan zamonaviy 
shaklidir. Unda demokratik institutlar, siyosiy erkinliklar bo`lishiga, mehnatkashlaming turli tashkilotlar 
atrofida birlashishiga imkon beriladi. Shuning uchun ham O`zbekiston Parlamenti fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini ta'minlash maqsadida mamlakatda avvalo ko`ppartiyaviylik, oshkoralikni ftqarolaming jamoat 
tashkilotlari orqali huquqlarini ta'minlashga qaratilgan muhim qonunlar qabul qildi. «Vijdon erkinligi va 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling