Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Material va jihozlar: Qo’llanmalar, topshiriqli kartochkalar, mavzuga oid manba va adabiyotlar ko’rgazmasi, rasmlar, doska, bo’r. I. Tashkiliy qism
- II. Otilgan ma’ruza mavzusini takrorlash
2-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
Maqsad: Talabalarda mavzu bo’yicha teran tushunchalar hosil qilish. Kutilayotgan natija: Talabalar o‘tilayotgan mashg‘ulot mavzusini chuqur bilib olishlari, mavzu doirasida mustaqil fikr-mulohazalarini bayon eta olishlariga erishish. Material va jihozlar: Qo’llanmalar, topshiriqli kartochkalar, mavzuga oid manba va adabiyotlar ko’rgazmasi, rasmlar, doska, bo’r. I. Tashkiliy qism: Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: Jahon hafta ichida yoki O'zbekiston hafta ichida ruknida xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish. Talabalarning yurtimizda ro‘y berayotgan voqea-o‘zgarishlar haqida axborotlarini tinglash. II. O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash: Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash,frontal so’rab – bilish -blitz yoki mavzu bo’icha savol va topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi. III. Yangi mavzu rejasi: 1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. 2. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi 3. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi. 4. I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 1991 yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi. Yangi mavzu bayoni: Sovetlar saltanatining O‘zbеkistonda olib borgan qabohatli mustamlakachilik siyosati, boylik orqasidan quvish, ishlab chiqishning ekstеnsiv yo‘ldan rivojlantirilishi, paxta yakka hokimligi, turli xildagi ximiyaviy zaharli moddalarning ishlab chiqarilishi va ularning qishloq xo‘jaligida haddan ziyod ishlatilishi mamlakatimizda ayniqsa 80- yillarda halokatli tus olgan ekologik bo‘hronni kеltirib chiqardi. Nafaqat O‘zbеkistonda, balki butun Turkiston o‘lkasida ekologik qabohatning dastlabki tamal toshini V.I.Lеnin qo‘ygan edi. Biz bu еrda 1918 yil 18 mayda V.I.Lеnin imzolagan RSFSR Xalq Komissarlari Sovetsining Turkistonda sug‘orish ishlariga 50 million so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi dеkrеtini nazarda tutmoqdamiz. Aslida shu pul bеrilmagan edi. «Inqilob dohiysi» bu ajratilgan summani Mirzacho‘l еrlarini o‘zlashtirishga sarflashni nazarda tutib, o‘tgan asrning 70-yillarda bu hududlarni «ilmiy tadqiqot» qilgan rus olimi N.F.Ulyanov, P.P.Sеmyonov-Tyanshanskiy xulosalariga suyangan. V.I.Lеnin boshlagan bu «tashabbus»ni Sovetlar hukumati Kommunistik firqa rahnamoligida rivojlantirdi. «SSSRda paxta mustaqilligi uchun kurash» amalda O‘zbеkiston xalq xo‘jaligining ekstеnsiv yo‘l bilan bir tomonlama rivojlanishining bosh omili bo‘ldi va turg‘unlik yillarida ekologik bo‘hronni kuchaytirdi. Ollohdan ustun bo‘lishga intilish, tabiat kuchlari ustidan hukmronlikni da’vo qilish tabiiy muvozanatni buzilishiga bosh sabab bo‘ldi. Ayni paytda Markaziy Osiyo sharoitidagi tog‘ rеlеfi, dasht zonalarining yaqinligi, yuqori quyosh harorati va boshqa shuning singari gеografik va iqlimiy xususiyatlar yildan yilga ortib bordi. Urbanizatsiya jarayoni kuchayib sug‘orma qishloq xo‘jalik ekinlari maydonlari kеngaydi, kommunikatsiyalar o‘tkazildi, o‘rmonlar kеsib yuborildi, suv rеsurslaridan oqilona foydalanilmadi, yеr osti qazilma boyliklari ochiq usulda qazib olindi. Bu ishlar amalda tabiatga nisbatan shafqatsizlik, zug‘um edi. (Chim Qo`rg’on, Janubiy Surxon suv omborlari, amu Buxoro, Amu - Korakul, Janubiy Mirzacho`l kanallari va b.) hamda Mirzacho`l, Qarshi cho`li, Surxon-Sherobod cho`llarida unumdor quriq yerlar o`zlashtirildi. Dastlab bu tadbirlar qishloq xo`jalik mahsulotlarni yetishtirishning oshishiga olib kelgan bo`lsa-da, keyinchalik ekologiyaga salbiy ta‘sir ko`rsatdi. Eng yomoni Amudaryo va Sirdaryo suvlari Orol 223 dengizigacha qariyb yetib bormay qoldi Bu Orolni falokat yoqasiga olib keldi. Dengiz satxi pasayib, ilgargi gullab turgan shahru qo`rg’onlar shur qumzorga aylandi. Umuman olganda iqtisodiyotni rivojlantiirishda ekstentiv usul hukmronlik qildi, ilmiy-texnika taraqqiyotini ishlab chiqarishga tadbiq ettirishga yetarli e‘tibor berilmadi. 1983-1989 yillarda “paxta ishi” bahonasida yana qatag’onlarning yangi bosqichi bo`ldi Endilikda ishlab chiqarish va siyosat bilan band bo`lgan kadrlar, respublikaning milliy manfaatlarini bugib kelayotgan mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizimning yaramas va istiqbolsizligini tushungan milliy ziyolilar ham ta‘qib ostiga olindi. Bu ish matbuotda, ayniqsa, markazda millatning izzat-nafsiga teguvchi “o`zbek ishi” deb ataldi. Markazdan maxfiy topshirik bilan yuborilgan tergovchilar guruhi minglab kishilarni va umuman respublikani badnom qildi Albatta “paxta ishi” jarayonida chindan ham mavjud bo`lgan kamchiliklar va hatto jinoyatlar ochildi, Biroq bu butun o`zbek xalqini oldindan badnom qilishlikka yo`l qo`yib bo`lmasdi. o`shadavrda ochilgan illatlar butun Ittifoqka xos qusur edi. Biroq “paxta ishi” oqibatida ko`pgina halol va vijdonli kishilar ham to`xmat va uydirmalar bilan qamoqqa olindi. Bu ish natijasida 5 ming kishi qamoqqa olindi va turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. Faqat O`zbekiston mustaqillikka erishishi bilan “paxta ishi” va undan oldingi qatag’onliklar oqibatida nohaq ozor chekkan minglab kishilar va ularning oila a‘zolari oqlandi va haq-huquqlari tiklandi. 74 yil davom etgan bu tengsiz, yashirin kurash kommunistik tuzumi qulashi bilan tugallandi. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling