Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.Otilgan ma’ruza mavzusini takrorlash
I. Tashkiliy qism: Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: Jahon hafta ichida yoki O'zbekiston hafta
ichida ruknida xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish. Talabalarning yurtimizda ro‘y berayotgan voqea-o‘zgarishlar haqida axborotlarini tinglash. II.O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash: Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash, frontal so’rab – bilish - blitz yoki mavzu bo’icha savol va topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi. III. Yangi mavzu rejasi: 1.Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi. 2.Davlatchilik tushunchasi. Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlat uyushmalari. O‘zbek davlatchiligi va uning tarixiy bosqichlari. 3. Qadimgi Xorazm, qadimgi Baqtriya. 4.Eramizning IX asriga qadar davlatchilik rivoji. Yangi mavzu bayoni: Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi turli hududlarda turli davrlarda paydo bo‘ldi va rivojlandi. Misol uchun, janubiy hududlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan avvalgi VI ming yillikdayoq dehqonchilikka o‘tib, unumdor xo‘jalikni rivojlantirgan bo‘lsalar, bu davrda shimoliy hududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va qisman ziroatchilikning ilk shakllari bilan shug‘ullanganlar. Bu notekislik jarayonini tabiiy geografik sharoitlar va o‘zaro munosabatlar bilan izohlash mumkin. Bu o‘rinda O‘rta Osiyoning cho‘l va dasht hududlari hamda tog‘oldi va daryo vohalari hududlarining rivojlanish darajasidagi madaniy notekislikni taqqoslab ko‘rish (Kopetdog‘, Hisor, Zarafshon tog‘oldi hududlari hamda Qizilqum, Qoraqum, Qashqadaryo va Zarafshon vohasining dasht hududlari) muhimdir. Sivilizatsiya qadimda yer kurrasining bir necha turli qit‘a va hududlarida mustaqil ravishda paydo bo‘lgan va shu sababdan uning o‘ziga xos ko‘rinishlari mavjud. Zamonlar o‘tib bu mahalliy sivilizatsiyalarning bir qator xususiyatlari boshqa hududdardagi taraqqiyot belgilari bilan qorishib, umuminsoniy sivilizatsiya vujudga kelgan. Davlat, davlatchilik o‘z mohiyati bilan insonlarning dolzarb talablarini, tub ehtiyojlarini amalga oshirishga, ularning huquqlarini himoya qilishga, jamiyatda barqarorlik o‘rnatish va uni saqlashga mo‘ljallangan dargoh, u muayyan jamoa, elat, xalq tomonidan tashkil etilgan maxsus guruh bo‘lib, uning ma'lum huquqlarga ega bo‘lgan vakillar mavjud. Davlat jamiyatga tashqaridan, zo‘rlab kiritilgan emas, balki ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va taraqqiy etishi natijasida jamiyatnig o‘zida vujudga kelgan. Davlat siyosiy tashkilot sifatida jamiyatni uyushtiradi, hokimiyat bilan xalqni uyg‘unlashtirishga harakat qiladi. Davlatlar kelib chiqishiga ko‘ra, birlamchi yoki ikkilamchi davlatlarga bo‘linadi. Birlamchi davlatlar deb, o‘zga davlatlarning ta'sirisiz, mustaqil tarzda yuzaga kelgan davlatlarga aytiladi. Ikkilamchi davlatlar o‘zga davlatlarning ta'siri ostida yuzaga kelgan davlatlar hisoblanadi. O‘zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga o‘tish jarayoni mil. avv. 2 ming yillikning o‘rtalarida boshlandi. 220 O‘rta Osiyoning shimoli – sharqidan Movarounnahrning ichki viloyatlariga kirib, milodiy V asrda davlat barpo etgan qabila ittifoqi. Eftaliylar O‘rta Osiyo, Hindiston, Afg‘oniston, Eron va Sharqiy Turkiston tarixida muhim rol o‘ynagan. Eftaliylarning ilk ajdodlari hunlardan bo‘lishi taxmin etiladi. Mil. avv. VII asrda Xitoyning shimoli-g‘arbi (Xesi)da yashovchi mallasoch, ko‘zi ko‘k hunlarning bir qismi yashab turgan yerlarini tashlab, Pomirning tog‘li viloyatlariga kelib yashaydilar. Keyinchalik ular mahalliy aholiga aralashib, tillarini ham o‘zgartiradi. Hunlarning boshqa bir guruhi Hunlar davlati yemirilgach, Jung‘oriyaga, Ila havzalariga kelib o‘rnashgan va bu yerda Yueban etnik uyushmasini tashkil qilgan. Yuebandan eftal etnik nomi bilan atalgan yirik bir guruh ajralib, III asrda Movarounnahrga kelib o‘rnashdi. Eftaliylarning yana bir guruhi g‘arbga Kaspiy dengizining shimoliy hududlariga borib, keyinchalik bu yerlardagi boshqa turkiy xalqlarga aralashib ketadi. Eftaliylar IV asrning 2-yarmida ko‘payib, Movarounnahrda yashovchi xioniy, kidariy va boshqa xalqlarni tobe etib, davlat barpo etadi. Eftalitlar tarixiga oid ma'lumotlar rimlik tarihchi Ammian Martsеllin (IV asr), vizantiyalik tarixchi Prisk Paniyskiy (V asr), Prokopiy Kеsariyskiy (VI asr), Fеofan Vizantiyskiy (VI asr), suriyalik yozuvchi Zеnob Glak (VII— VIII asrlar), armanistonlik tarixchilar Lazar Parbski (V asr), Favsto Buzanda (IV asr), Yerishе (V asr) asarlarida berilgan. Birmuncha kеinroq yozilgan Xitoy solnomalari «Vеy-Shu» (VI asr) va «Man-shu» (IX—X asr)da ham Eftalitlar to’g’risida qimmatli manbalar bor. Dunyo madaniyatini yaxlit olib o‘rgangan olimlarning ishlari shuni ko‘rsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (IX – XII asrlar) ulkan madaniy ko‘tarilish yuz bergan, ilm – fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilg‘or insonparvarlik g‘oyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida «Musulmon Renessansi» (A. Mets) yoki «Sharq Uyg‘onishi» (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uyg‘onish davrida yevropa Uyg‘onish davrining asosiy belgilari mujassam: jo‘shqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq Uyg‘onish davri ham ulug‘ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. VIII asrda Arab xalifaligi hozirda O‘rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo‘lgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy – iqtisodiy va ma'naviy hayot Arab xalifaligi tartib – qoidalariga butunlay bo‘ysundirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o‘lkalarda faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki, arab tili xalifalikning davlat tili bo‘lsa, islom dini uning mafkurasi edi. Shu sababli bu mamlakatlarda arab tilini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lgan. Islomni qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida qur'on suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma'murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movarounnahrda xatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvi o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. IX asrda Somoniylar davlatining tashkil topganidan so‘ng XII asrga qadar asta – sekin Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlati vujudga keldi. IX – XII asrlarda O‘rta Osiyoda ushbu mustaqil markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy taraqqiyotni ta'minladi. Xalqaro maydonda katta e'tibor va nufuzga ega bo‘lgan bu davlatlar Axmad Nasr, Ismoil Somoniylar, Alptakin, Mahmud G‘aznaviy, Tug‘rulbek, Sulton Sanjar Anushtegin, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko‘ra oladigan davlat arboblari davrida har tomonlama rivojlanib, madaniy taraqqiyotda yuksak darajaga ko‘tarildi. Chunki bu hukmdorlar davrida mamlakatda davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik- osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi. Natijada moddiy ishlab chiqarish rivoj topdi, hunarmandchilik va savdo taraqqiy etdi, madaniyat gurkirab o‘sdi. 221 IX – XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma'naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish yillari bo‘ldi. Bu davrda Movarounnahrda ilm – fan yuksaldi, hozirgi zamon fanining ko‘plab tarmoqlari va yo‘nalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Xususan, matematika, algebra, astronomiya, tibbiyot, geologiya, geodeziya, geografiya, falsafa singari dunyoviy fanlarning tamal toshi tom ma'noda shu davrda qo‘yildi. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling