Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
-mavzu. Mustaqil O‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Tashkiliy qism
- II. Otilgan ma’ruza mavzusini takrorlash
- Yangi mavzuni qisqacha bayoni
3-mavzu. Mustaqil O‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati
Maqsad: Talabalarda mavzu bo’yicha teran tushunchalar hosil qilish: Kutilayotgan natija: Mustaqil O‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyatihaqida teran tushunchalar hosil qilish. Material va jihozlar: Qo’llanmalar, tarixiy xarita, topshiriqli kartochkalar, mavzuga oid manba va adabiyotlar ko’rgazmasi, doska, bo’r. I. Tashkiliy qism: Salomlashish, talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: Jahon hafta ichida yoki O'zbekiston hafta ichida ruknida xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish. Talabalarning yurtimizning qo’shni mamlakatlar bilan hozirgi davrdagi hamkorligi haqida axborotlarini tinglash. II. O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash: Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash,frontal so’rab – bilish -blitz yoki mavzu bo’icha savol va topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi. III. Yangi mavzu rejasi: 1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. 2. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. 3. Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. 4. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar. 5. Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari. Yangi mavzuni qisqacha bayoni: XX asrning 80-yillari o‘rtalarida SSSRning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotida inqirozli vaziyatning yanada keskinlashuvi ro‘y bera boshladi. Qayta qurish konsepsiyasi cheklangan bo‘lib, u SSSRni taraqqiyotini ta'minlay olmas edi. Qayta qurish yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yomonlashdi. Respublikada milliy urf-odatlar, an'analar, qadriyatlar toptaldi, buning oqibatida xalq orasida loqaydlik, ishonchsizlik va norozilik kuchaydi. Farg‘ona fojeasi yuz berdi. Milliy o‘zlikni anglash boshlandi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi, paxta yakkahokimligini tugatilishi, ekologik holatni sog‘lomlashtirilishi O‘zbekistonda dolzarb masala sifatida ko‘tarildi. Jamiyating barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishga xarakatlar buldi. Asosiy maksad sovet jamiyatini to‘liq demokratlashtirish deb aytildi. SSSRda saylov tizimini o‘zgartirshi to‘g‘risidagi Qonun (1988 yil dekabri) qabul qilindi. Markaz o‘z ta'sirini kuchaytirish maqsadida O‘zbekistonda "O‘zbek ishi», «Paxta ishi» kabi uydirmalarni o‘ylab topdi. 1984-1990 yillarda 30-50-yillarida sodir bo‘lgan qatag‘onlardan kam bo‘lmagan bedodliklar yuz berdi. Qayta qurish siyosati ham SSSR davlatini muqarrar inqirozdan qutqarib qola olmadi. Davlatda inqiroz boshlandi. Ittifoqdosh respublikalarda milliy o‘zlikni anglash va mustaqillik sari dadil qadamlar qo‘yildi. XX asrning 80-yillari oxirida “O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida o`zgarish boshlandi. Odamlar xilma xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniga ega bo`la boshladilar. o`zbek xalqining dilidagi g’oya-mustaqillik g’oyasi edi, xalq mana shu g’oyani ko`tarib chiqdi Mustaqillik uchun harakatda yangi to`lqin boshlandi. Tarix taqozosi bilan elim, yurtim deb yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoyi insonning O`zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga 1989 yilda saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berishiga olib keldi, adolat tiklandi. I.Karimov xalq xoxish-irodasini bajarib, o`zbek tiliga davlat tili maqomini berish ishiga boshchilik qildi. 1989 yil 21 oktabrda Respublika Oliy Kengashi O`zbekistonning davlat tili haqida qonun qabul qildi. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xayotning barcha sohalarida o`zbek tili to`la amal qilishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo`ldi. 225 90-yillarning boshlariga kelib O`zbekistonda xalqning mustaqillika erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bo`lib qoldi Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan, “Zo`rovonlikka asoslangan, ma‘muriy-buyruq bozlikka xos bo`lgan markazlashgan davlat saqlanib qoladi mi yoki demokratik jarayonlar chuqurlashishi evaziga ittifoqdagi respublikalar suvereniteti ta‘minlanadimi degan masala dolzarb bo`lib qoldi Ikkinchi tomondan, o`shadavrdagi markaziy davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to`g’ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishish tabora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi. 1990 yil boshida O`zbekistonda boshqaruvning Prezidentlik shakli masalasi ko`tarildi. Respublikada boshqaruvning shunday shaklining joriy etilishi, avvalo, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlar aro va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish jarayonini tezlashtirishga ko`maklashish vositasi sifatida joriy qilindi. Eng muhimi, Prezident muassasining joriy etilishi respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o`tishni bildirar edi. O`zbekistonning mustaqillika erishishda qo`yilgan navbatdagi muhim qadam 1990 yil 20 iyunda O`zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qo`yildi. Sessiyada O`zbekistonning “Mustaqillik Deklaratsiyasi” qabul qilindi va uning kirish qismida qo`yidagicha yozib qo`yildi: “O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o`zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an‘analari, har bir millatning taqdirini o`zi belgilash huquqini ta‘minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O`zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas‘uliyatni chuqur xis etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya printsiplariga asoslanib, O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e‘lon qiladi,”. Sessiya qabul qilgan bu “Mustaqillik Deklaratsiyasi” xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Shu kundan boshlab respublikada O`zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. O`zbekiston rahbariyati va xalqi mustaqillik sari dadil qadam quyaverdi. 1991 yil 17 martda umumxalq referendumi o`tkazildi. Referendumda O`zbekiston xalqining mutloq ko`pchiligi O`zbekistonni mustaqil respublika sifatida qo`rish xoxishi borligi namoyon bo`ldi. O`zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish ishlari ham dadil boshlab yuborildi. Xususan, 1991 yil 15 fevralida O`zbekiston Oliy Kengashi “O`zbekistonning davlat ramzlari to`g’risida” maxsus qaror qabul qildi. O`zbekistonning suvereniteti uchun kurash, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilinishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaatini ifoda etishi bilan ajralib tura boshladi. Jumladan, 1991 yil 22 iyulida O`zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumining “O`zbekiston hududida joylashgan Ittifoqqa buysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarni O`zbekistonning huquqiy tobeligiga o`tkazish” to`g’risidagi qarori, O`zbekistonning milliy suvurenititeti uchun tashlangan qadamlar dalilidir. 1991 yil avgust oyiga kelib butun mamlakatda voqealar shu darajada chuvalashib ketdiki, uning yechimini topish o`ta mushkul bo`lib qoldi Shu vaziyatdan foydalanib 19-21 avgust kunlari Moskvada davlat tuntarishi qilishga o`rinib ko`rildi. Favqullodda holat davlat qo`mitasi tuzilib, SSSR Prezidenti M. Gorbachev zo`ravonlik bilan vazifasidan chetlashtirildi. Ana shunday og’ir, sarosimali tahdid va taxminlar paytida O`zbekiston rahbariyati korxona va xo`jaliklarning rahbarlari, xalq noiblari, barcha sofdil kishilar, xalqni matonat va osoyishtalikka da‘vat qildilar. Ayniqsa, Prezident Islom Karimovning bo`layotgan voqealarga munosabati barchani qanoatlantirdi, uning halqqa suyanganligi u bilan dardlashganligi, xalq bilan hukumat o`rtasida sog’lom munosabatning vujudga kelishiga olib keldi. Hindiston safaridan qaytgan O`zbekiston Prezidenti I.Karimov, 19 avgust kuni kechqurun Toshket shahrining faollari bilan bo`lgan uchrashuvda qat‘iyatlik bilan O`zbekiston nuqtai nazarini ma‘lum qildi va Markazdan bildirilgan qonunga xilof bo`lgan har qanday ko`rsatmalarni respublika rahbariyati tomonidan bajarilishni man etdi. 20 avgustda O`zbekiston SSSR Oliy Kengashi Rayosati va O`zbekiston SSR Prezidenti xo`zuridagi Vazirlar Mahkamasining respublika rahbarlari ishtirokida qo`shma majlisi bo`ldi Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muxokama qilinib, O`zbekistonning mustaqillikka erishish yo`li o`zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Unda O`zbekiston Mustaqillik 226 Deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish yo`lidaboraveradi, deb ko`rsatildi. o`shakuni O`zbekiston Prezidenti I.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqib, O`zbekistonning mustaqilligiga erishish yo`li qat‘iy ekaniligini yana bir bor alohida o`qtirdi. Shunday og’ir sharoitda, tarixiy vaziyatni to`g’ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O`zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi Respublika Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni O`zbekiston davlat mustaqilligi to`g’risida qonun loyixasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qoror qildi. 1991 yilning 31 avgustida O`zbekiston zamonaviy tarixining yangi davri boshlandi. Shu kuni Oliy Kengashning navbatdagi tashqari oltinchi sessiyasi “O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e‘lon qilish to`g’risida” qaror qabul qildi, tegishli Bayonot bilan chiqdi va “O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to`g’risida”gi Qonunni tasdiqladi. Mamlakat taqdiri hal bo`lgan bu xujjatlarda xalqning asriy orzulari mujassamlandi:u o`ztakdirini o`zi hal qiladigan bo`ldi; o`zyeridagi barcha tabiiy boyliklarning, ota-bobolari mehnati bilan yaratilgan butun ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kuch qudratning to`la huquqli egasiga aylandi; buyuk tarixi va madaniyatining munosib vorisi, buyuk ajdodlarning urf-odatlari va insonparvar an‘analarning davomchisi, porloq kelajagining mustaqil ijodkori bo`ldi; “O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e‘lon qilish to`g’risida”gi qarorda “1 sentabr” O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e‘lon qilinsin”, - deb qat‘iy belgilab qo`yildi. Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari o`shaldi, ruyobga chiqdi uzoq yillar davom etgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo haritasida yana bitta mustaqil davlat - O`zbekiston Respublikasi paydo bo`ldi O`zbekiston tarixida yangi davr milliy istiqlol davri boshlandi. O`zbekiston uchun mustaqil ichki va tashqi siyosat yurgizish, xalqimiz uchun taqdirini o`zi belgilash, o`zlari uchun munosib turmush yaratish imkoniyati vujudga keldi. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling