Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi
Yangi mavzu bayoni: Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash Kengash vazifalaridan biridir. Moliya vazirligi va Adliya vazirligi Kengashning ishchi organlari etib belgilandi. Shunga ko‘ra, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting va indekslarning Kengash ishchi organlari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi. Farmon bilan shuningdek, O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) tasdiqlandi. Farmonga ko‘ra, mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni bo‘yicha: * keyingi oyning 15-sanasiga qadar Kengash ishchi organlariga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi; * keyingi oyning 30-sanasiga qadar Kengash raisi yoki o‘rinbosarining rahbarligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda tegishli xalqaro reyting va indekslarda KPI ga erishish uchun amalga oshirilgan chora- tadbirlar to‘g‘risida axborot beradi. Farmon bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi. 2020 yil 1 oktyabrga qadar Internet tarmog‘ida «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali ishga tushiriladi. Uning tarkibiy qismi – boshqaruv sifati va siyosatning samaradorligini oʻlchash, mamlakatda yuz berayotgan oʻzgarishlar jarayonini baholash, tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqqan holda islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga yordam beruvchi ustuvor хalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari. Tizimni tashkil etishning dastlabki bosqichida milliy tadqiqot institutlariga alohida хalqaro reytinglar biriktiriladi. Muassasalar ushbu reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlashlari, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilishlari, oʻzini oʻzi baholash uchun milliy indekslarni ishlab chiqishlari, katta ekspert tahlil qilish ishlarini amalga oshirishlari kerak. 264 Davlatimizning хalqaro reytinglardagi past koʻrsatkichlariga sabab boʻlayotgan asosiy omillarga va oʻrnimizni yuksaltirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratish zarur. Mutaхassislardan ularni hal qilishga doir takliflar kutilmoqda. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling