Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

 
Savol va topshiriqlar 
 
1. 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining hayotga tatbiq etilishi haqida gapirib bering? 
2. Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati va ustuvor 
yo`nalishlari to`g`risida so`zlab bering? 
 
15-mavzu. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni va 
nufuzini ortib borishi. 
Reja: 
1. “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash 
hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy 
etish” borasidagi davlat siyosati, huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi, mazkur 
yoʻnalishdagi ishlarning samaradorligiga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish 
yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar. 
2. Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslar boʻyicha 
samaradorlikning eng muhim koʻsatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-
tadbirlar. Ushbu koʻrsatkichlarni oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasida quyidagi suveren 
indeks va indikatorlar tizimiga integratsiyalashuv jarayonlari jadallashtirilmoqda: “Biznes 
yuritish” indeksi, Boshqaruv sifati indikatorlari, Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi, 


211 
“Korrupsiyani qabul qilish” indeksi, “Logistika samaradorligi”indeksi, Jahon bankining Statistik 
salohiyat indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining 
(IHTT) mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi, Inson kamoloti indeksi, Huquq 
ustuvorligi indeksi, Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi, Matbuot erkinligi indeksi. 
2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi 
boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro 
maydondagi ijobiy obroʻsini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro 
reytinglardagi oʻrnini xolis va haqqoniy baholashni taʼminlash boʻyicha aniq maqsadga 
yoʻnaltirilgan ishlar amalga oshirildi. 
Shu bilan birga, koʻrilayotgan choralarga qaramasdan, mamlakatda tegishli yoʻnalishlar 
boʻyicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning 
xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi mavjud emas. 
Mazkur holat xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan tizimli hamkorlik aloqalarini 
oʻrnatish, masʼul vazirlik va idoralarda baholanayotgan yoʻnalishlar boʻyicha tavsiyalar va 
boshqa davlatlarning ijobiy tajribasini oʻz ichiga olgan tegishli maʼlumotlar bazasini, 
xodimlarda esa xalqaro reytinglar metodologiyasini qoʻllash boʻyicha dunyoqarashni 
shakllantirish imkonini bermayapti. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini 
shakllantirish, shuningdek, respublikaning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilashni 
taʼminlash maqsadida: 
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligining 
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini monitoring qilish va baholash 
milliy tizimini (keyingi oʻrinlarda – Milliy monitoring tizimi) yaratish toʻgʻrisidagi taklifiga 
rozilik berildi. 
Boshqaruv sifati va siyosatning samaradorligini oʻlchash, mamlakatda yuz berayotgan 
oʻzgarishlar jarayonini baholash, tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqqan holda islohotlarning 
ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga yordam beruvchi ustuvor xalqaro reytinglarning 
mezonlari va indikatorlari Milliy monitoring tizimining tarkibiy qismi etib belgilandi. 
2. Milliy monitoring tizimi faoliyatini tashkil etishning dastlabki bosqichi sifatida 
respublikadagi tadqiqot institutlariga alohida xalqaro reytinglar ilovaga muvofiq biriktirildi va 
ularga quyidagi vazifalar yuklandi: 
- xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlash, ularni 
amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro 
reytinglardagi past koʻrsatkichlariga sabab boʻlayotgan asosiy omillarni aniqlash; 
- oʻzini oʻzi baholash uchun ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari 
asosida milliy indekslarni ishlab chiqish; 
loyihalar 
va 
amaldagi 
normativ-huquqiy 
hujjatlarni 
mamlakatimizning 
xalqaro 
reytinglardagi oʻrnini yuksaltirishga toʻsqinlik qilayotgan normalarni aniqlash nuqtai nazaridan 
ekspert tahlil qilish hamda tahlil natijalariga koʻra tegishli tavsiyalar ishlab chiqish; 
- Oʻzbekiston Respublikasining tegishli reytinglardagi rivojlanish jarayoni toʻgʻrisidagi 
axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan yoʻnalishlar boʻyicha tavsiyalar va xorijiy 
davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻz ichiga olgan axborot-maʼlumotlar bazasini yaratish; 


212 
- Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilashga 
toʻsqinlik qilayotgan mavjud haqiqiy muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal 
etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; 
- xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari va ilmiy muassasalarning ekspertlari bilan 
hamkorlik oʻrnatish va konstruktiv muloqotni yoʻlga qoʻyish; 
- tegishli tarmoqlardagi muammolarni aniqlash va ahvolni oʻrganish uchun ijtimoiy 
soʻrovlar oʻtkazish, shuningdek, mamlakatda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish 
doirasida turli sohalarda yuz berayotgan tub oʻzgarishlar toʻgʻrisida jamoatchilik va xalqaro 
reyting agentliklarini xabardor qilish. 
3. Koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat organlari 
faoliyatidan qoniqishi darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy mahoratini oshirish 
maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasining “davlat 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling