Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
bilan ishlash boshqarmasi
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» portali
bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi.
2020 yil 1 oktyabrga qadar Internet tarmog‘ida «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi. 213 Uning tarkibiy qismi – boshqaruv sifati va siyosatning samaradorligini oʻlchash, mamlakatda yuz berayotgan oʻzgarishlar jarayonini baholash, tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqqan holda islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga yordam beruvchi ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari. Tizimni tashkil etishning dastlabki bosqichida milliy tadqiqot institutlariga alohida xalqaro reytinglar biriktiriladi. Muassasalar ushbu reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlashlari, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilishlari, oʻzini oʻzi baholash uchun milliy indekslarni ishlab chiqishlari, katta ekspert tahlil qilish ishlarini amalga oshirishlari kerak. Davlatimizning xalqaro reytinglardagi past koʻrsatkichlariga sabab boʻlayotgan asosiy omillarga va oʻrnimizni yuksaltirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratish zarur. Mutaxassislardan ularni hal qilishga doir takliflar kutilmoqda. «Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» portali ishga tushirilib u quyidagilarni oʻz ichiga oladi: xalqaro reytinglar boʻyicha yillik hisobotlar, shuningdek, hisobotlarni oʻrganish va e’lon qilish muddatlarini koʻrsatgan holda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ishlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning tavsiyalari; xalqaro reytinglar indikatorlari boʻyicha xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasiga oid axborotlar; tegishli reytinglar yoʻnalishlari boʻyicha jamoatchilik fikri soʻrovnomalari, shuningdek, ijtimoiy va ilmiy tadqiqotlar natijalari; xalqaro reytinglar savolnomalari shaklida har bir indikator kesimida toʻliq va aniq ma’lumotlar, shu jumladan, statistik ma’lumotlar; tegishli reytinglar boʻyicha turli ijtimoiy soʻrovlarni oʻtkazish imkoniyati; tegishli xalqaro reyting metodologiyasi boʻyicha onlayn oʻqitish resursi; respondentlar tomonidan joylarda qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni taqdim etish imkoniyati. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi yagona portal faoliyatini qoʻllab- quvvatlash va yangilash boʻyicha mas’ul organ hisoblanadi. Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar unga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallar taqdim etiladi. Alohida reytinglar uchun mas’ul boʻlgan tadqiqot institutlariga, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun mas’ul vazirlik va idoralarga (17.01.2019 yildagi PF–5635-son Farmonga 3-ilovaga qarang) tashkiliy tusdagi topshiriqlar berildi. (https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/halqaro_reytinglar_yuzasidan_olib_boriladigan _ishlar_monitoring_qilinadi). Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari oshishiga sabab bo‘lmoqda. 214 Jumladan, so‘nggi to‘rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling