215
3. Mutasaddi vazirlik va idoralar o‘zlari mas’ul bo‘lgan reyting va indekslarning e’lon
qilinishi muddatlari va ularning metodologiyalarini
hisobga olgan holda, KPIga erishish
maqsadida:
bir oy muddatda 2020-yil ikkinchi yarmi davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
tashkiliy chora-tadbirlar
dasturlarini;
har yil 1-dekabrga qadar kelgusi yil davomida amalga oshirishi lozim bo‘lgan tashkiliy
chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqdi va tasdiqlash uchun Kengashga kiritilishini ta’minladi.
Bunda, xalqaro reyting va indekslarning navbatdagi nashrida zarur ko‘rsatkichni qayd
etishga qaratilgan amaliy
takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, reyting va indekslarni e’lon
qiluvchi tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot manbalari bilan hamkorlik
qilish mexanizmlarini nazarda tutish lozim.
4. Shunday tartib o‘rnatildiki, unga muvofiq mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari
har chorak yakuni bo‘yicha:
keyingi oyning 15-sanasiga qadar Kengash ishchi organlariga
mamlakatda amalga
oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa
materiallarni taqdim etadi;
keyingi oyning 30-sanasiga qadar Kengash raisi yoki o‘rinbosarining
rahbarligida
o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda tegishli xalqaro reyting va indekslarda KPI ga erishish uchun
amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot beradi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-son Farmoni bilan
tashkil
etilgan Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: