Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

bo‘yicha komissiya zimmasiga Kengash faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish va Kengash 
yig‘ilishlari oralig‘ida tegishli yo‘nalishda mas’ul davlat organlari ishini muvofiqlashtirib borish 
vazifasi yuklatildi. 
6. Mas’ul davlat organlari hamda tadqiqot institutlari tegishli xalqaro reyting va indekslar 
bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni Kengash ishchi organlariga muntazam 
ravishda taqdim etib boradi. 
7. Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida O‘zbekiston 
Respublikasining o‘rnini aks ettirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida adliya organlari 
va muassasalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi 
doirasida 6 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi 
tashkil etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda ushbu boshqarmaning yuqori 
malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minladi. 
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan 
birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar Internet tarmog‘ida “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro 
reytinglarda” yagona portalining (keyingi o‘rinlarda ― portal) ishga tushirilishini ta’minlanishi 
belgilandi. 
Kengash ishchi organlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining uzluksiz 
ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilandi. 


216 
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy 
kommunikatsiyalar agentligi mas’ul davlat organlari bilan birgalikda muntazam ravishda davlat 
va jamiyat hayotining xalqaro reyting va indekslar, ularning tarkibiy indikatorlarida 
baholanadigan sohalariga oid davlat siyosatidagi o‘zgarishlar va islohotlarning mohiyatini 
yoritish hamda sohada jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida keng qamrovli targ‘ibot 
ishlarini amalga oshirishi belgilandi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling