Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

I. Tashkiliy qism: Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: Jahon hafta ichida yoki O'zbekiston hafta 
ichida ruknida xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
Talabalarning yurtimizda ro‘y berayotgan voqea-o‘zgarishlar haqida axborotlarini tinglash.
II.O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash: 
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash, frontal so’rab – bilish - blitz yoki mavzu bo’icha savol va 
topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu rejasi: 
1.Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi.
2.Davlatchilik tushunchasi. Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlat uyushmalari. O‘zbek davlatchiligi 
va uning tarixiy bosqichlari.
3. Qadimgi Xorazm, qadimgi Baqtriya.
4.Eramizning IX asriga qadar davlatchilik rivoji.
Yangi mavzu bayoni: 
Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi turli hududlarda turli davrlarda paydo bo‘ldi va rivojlandi. Misol 
uchun, janubiy hududlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan avvalgi VI ming yillikdayoq 
dehqonchilikka o‘tib, unumdor xo‘jalikni rivojlantirgan bo‘lsalar, bu davrda shimoliy hududlardagi 
qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va qisman ziroatchilikning ilk shakllari bilan shug‘ullanganlar. Bu 
notekislik jarayonini tabiiy geografik sharoitlar va o‘zaro munosabatlar bilan izohlash mumkin. Bu o‘rinda 
O‘rta Osiyoning cho‘l va dasht hududlari hamda tog‘oldi va daryo vohalari hududlarining rivojlanish 
darajasidagi madaniy notekislikni taqqoslab ko‘rish (Kopetdog‘, Hisor, Zarafshon tog‘oldi hududlari 
hamda Qizilqum, Qoraqum, Qashqadaryo va Zarafshon vohasining dasht hududlari) muhimdir. 
Sivilizatsiya qadimda yer kurrasining bir necha turli qit‘a va hududlarida mustaqil ravishda paydo bo‘lgan 
va shu sababdan uning o‘ziga xos ko‘rinishlari mavjud. Zamonlar o‘tib bu mahalliy sivilizatsiyalarning bir 
qator xususiyatlari boshqa hududdardagi taraqqiyot belgilari bilan qorishib, umuminsoniy sivilizatsiya 
vujudga kelgan. 
Davlat, davlatchilik o‘z mohiyati bilan insonlarning dolzarb talablarini, tub ehtiyojlarini amalga 
oshirishga, ularning huquqlarini himoya qilishga, jamiyatda barqarorlik o‘rnatish va uni saqlashga 
mo‘ljallangan dargoh, u muayyan jamoa, elat, xalq tomonidan tashkil etilgan maxsus guruh bo‘lib, uning 
ma'lum huquqlarga ega bo‘lgan vakillar mavjud. Davlat jamiyatga tashqaridan, zo‘rlab kiritilgan emas, 
balki ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va taraqqiy etishi natijasida jamiyatnig o‘zida vujudga 
kelgan. Davlat siyosiy tashkilot sifatida jamiyatni uyushtiradi, hokimiyat bilan xalqni uyg‘unlashtirishga 
harakat qiladi.
Davlatlar kelib chiqishiga ko‘ra, birlamchi yoki ikkilamchi davlatlarga bo‘linadi. Birlamchi davlatlar 
deb, o‘zga davlatlarning ta'sirisiz, mustaqil tarzda yuzaga kelgan davlatlarga aytiladi. Ikkilamchi davlatlar 
o‘zga davlatlarning ta'siri ostida yuzaga kelgan davlatlar hisoblanadi. 
O‘zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga o‘tish jarayoni mil. avv. 2 ming yillikning 
o‘rtalarida boshlandi.


220 
O‘rta Osiyoning shimoli – sharqidan Movarounnahrning ichki viloyatlariga kirib, milodiy V asrda 
davlat barpo etgan qabila ittifoqi. Eftaliylar O‘rta Osiyo, Hindiston, Afg‘oniston, Eron va Sharqiy 
Turkiston tarixida muhim rol o‘ynagan. Eftaliylarning ilk ajdodlari hunlardan bo‘lishi taxmin etiladi. Mil. 
avv. VII asrda Xitoyning shimoli-g‘arbi (Xesi)da yashovchi mallasoch, ko‘zi ko‘k hunlarning bir qismi 
yashab turgan yerlarini tashlab, Pomirning tog‘li viloyatlariga kelib yashaydilar. Keyinchalik ular mahalliy 
aholiga aralashib, tillarini ham o‘zgartiradi. Hunlarning boshqa bir guruhi Hunlar davlati yemirilgach, 
Jung‘oriyaga, Ila havzalariga kelib o‘rnashgan va bu yerda Yueban etnik uyushmasini tashkil qilgan. 
Yuebandan eftal etnik nomi bilan atalgan yirik bir guruh ajralib, III asrda Movarounnahrga kelib o‘rnashdi. 
Eftaliylarning yana bir guruhi g‘arbga Kaspiy dengizining shimoliy hududlariga borib, keyinchalik bu 
yerlardagi boshqa turkiy xalqlarga aralashib ketadi. Eftaliylar IV asrning 2-yarmida ko‘payib, 
Movarounnahrda yashovchi xioniy, kidariy va boshqa xalqlarni tobe etib, davlat barpo etadi.
Eftalitlar tarixiga oid ma'lumotlar rimlik tarihchi Ammian Martsеllin (IV asr), vizantiyalik tarixchi 
Prisk Paniyskiy (V asr), Prokopiy Kеsariyskiy (VI asr), Fеofan Vizantiyskiy (VI asr), suriyalik yozuvchi 
Zеnob Glak (VII— VIII asrlar), armanistonlik tarixchilar Lazar Parbski (V asr), Favsto Buzanda (IV asr), 
Yerishе (V asr) asarlarida berilgan. Birmuncha kеinroq yozilgan Xitoy solnomalari «Vеy-Shu» (VI asr) va 
«Man-shu» (IX—X asr)da ham Eftalitlar to’g’risida qimmatli manbalar bor. 
Dunyo madaniyatini yaxlit olib o‘rgangan olimlarning ishlari shuni ko‘rsatdiki, Osiyo markazida 
joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (IX – XII asrlar) 
ulkan madaniy ko‘tarilish yuz bergan, ilm – fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilg‘or insonparvarlik 
g‘oyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida «Musulmon 
Renessansi» (A. Mets) yoki «Sharq Uyg‘onishi» (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq 
Uyg‘onish davrida yevropa Uyg‘onish davrining asosiy belgilari mujassam: jo‘shqin ijodiy faoliyat, ulkan 
bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani 
shundan dalolat beradi. Sharq Uyg‘onish davri ham ulug‘ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur 
mutafakkirlarni yetishtirdi. 
VIII asrda Arab xalifaligi hozirda O‘rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo‘lgan, bosib olingan 
yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy – iqtisodiy va ma'naviy hayot Arab xalifaligi tartib – qoidalariga 
butunlay bo‘ysundirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o‘lkalarda faqat islom dinigina emas, balki arab 
tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki, arab tili xalifalikning davlat tili bo‘lsa, islom dini uning 
mafkurasi edi. Shu sababli bu mamlakatlarda arab tilini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lgan. Islomni 
qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida qur'on suralarini tilovat qilishdan iborat 
bo‘lgan bo‘lsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma'murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z 
siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday 
ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movarounnahrda xatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvi 
o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi.
IX asrda Somoniylar davlatining tashkil topganidan so‘ng XII asrga qadar asta – sekin Qoraxoniylar, 
G‘aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlati vujudga keldi. IX – XII asrlarda O‘rta Osiyoda ushbu 
mustaqil markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy taraqqiyotni 
ta'minladi.
Xalqaro maydonda katta e'tibor va nufuzga ega bo‘lgan bu davlatlar Axmad Nasr, Ismoil Somoniylar, 
Alptakin, Mahmud G‘aznaviy, Tug‘rulbek, Sulton Sanjar Anushtegin, Otsiz, Takash singari tadbirkor va 
uzoqni ko‘ra oladigan davlat arboblari davrida har tomonlama rivojlanib, madaniy taraqqiyotda yuksak 
darajaga ko‘tarildi. Chunki bu hukmdorlar davrida mamlakatda davlat hokimiyati mustahkamlandi, 
nisbatan tinchlik- osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi. Natijada moddiy ishlab chiqarish rivoj topdi, 
hunarmandchilik va savdo taraqqiy etdi, madaniyat gurkirab o‘sdi. 


221 
IX – XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma'naviy hayotning rivojlanishida oldingi 
davrlarga nisbatan keskin yuksalish yillari bo‘ldi. Bu davrda Movarounnahrda ilm – fan yuksaldi, hozirgi 
zamon fanining ko‘plab tarmoqlari va yo‘nalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Xususan, matematika, 
algebra, astronomiya, tibbiyot, geologiya, geodeziya, geografiya, falsafa singari dunyoviy fanlarning tamal 
toshi tom ma'noda shu davrda qo‘yildi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling