Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


II. O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

II. O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash: 
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash,frontal so’rab – bilish -blitz yoki mavzu bo’icha savol va 
topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi.


230 
III. Yangi mavzu rejasi: 
1 Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi. 
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. 
2. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. 
Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar. 
3 O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy 
jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik. O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning 
jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni. 
 
 
 
Yangi mavzuni qisqacha bayoni
 Mahalliy davlat hokimiyati organlari. Oʼzbekistonda mahalliydavlat hokimiyati organlarining 
faoliyatining tashkil etish Konstitutsiya,“Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi qonun, xalq deputatlari 
viloyat,tuman va shahar kengashlari “Ish tartibi” va boshqa meʼyoriy qonunhujjatlari asosida tashkil etiladi. 
Mahalliy ijroya hokimiyati degandaOʼzbekistonda tashkil etilgan viloyat, tuman, shahar hokimiyati 
tizimitushuniladi. Mahalliy vakillik va ijro etuvchi mahkama hokimningrahbarligi ostida ishlaydi. Viloyat 
hokimlari, Toshkent shahar hokimiPrezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi 
hamdategishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tuman vashaharlarning hokimlari tegishli 
viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi valavozimidan ozod qilinadi.Hududni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning eng muhimmuommolarini muhokama qilish uchun hokim huzurida Maslahat 
Kengashituziladi. Bu Kengash tarkibiga hokim, uning birinchi oʼrinbosari vaoʼrinbosarlari, kotibiyat 
boshligʼi kiradi. Maslahat Kengashi tarkibigahokimning qaroriga muvofiq xalq deputatlari Kengashi aʼzolari 
va boshqatashkilotlardan boʼlgan vakillar ham kirishi mumkin. 
Viloyat, tuman va shahar ijroya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi.Hokim Vazirlar Mahkamasi 
belgilaydigan miqdorda birinchi oʼrinbosari vaoʼrinbosarlarga ega boʼladi. Mahalliy ijroya hokimiyati 
organlariboshqarmalar, boʼlimlar va boʼlinmalardan iborat boʼlib, ularningtuzilishi va tashkil etilish tartibi, 
faoliyat yuritish asoslari Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Hokimning 
faoliyatini toʼgʼri tashkil etishda hokimning birinchi oʼrinbosari vaoʼrinbosarlari faoliyatini tashkil etish oʼta 
muhimdir.Tuman tarkibidagi shahar va shaharchalarda Kengashlar tuzilmaydi. 
Shahar tartibidagi tuman hokimi shahar hokimi tomonidan tayinlanadi vashahar Kengashi tomonidan 
tasdiqlanadi. Shahar tarkibiga kiruvchi tumanhokimlari shahar hokimini rasmiy vakili hisoblanadi va unga 
hisob beribturadi. Tumanlar tarkibiga kiruvchi shahar hokimlarining tayinlanishi hamshu tartibda amalga 
oshiriladi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling