Ma'lumot o‘rnida: O‘z navbatida, so‘nggi uch yil ichida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish
hisobiga 106 ta guruh tovarlarning importi butunlay to‘xtatilgan, shuningdek, 356 turdagi mahsulotni
chetdan keltirish ikki barobardan ziyodga kamaygan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-sonli
“Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoning
qabul qilinishi tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab
chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat
qilmoqda.
Shu bilan birga, yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni
raqobatdosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga
yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy
infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta'minlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish maqsadida respublikada 14 ta erkin iqtisodiy zonalar va 96 ta
kichik sanoat zonalari tashkil etilgan.
Ma'lumot o‘rnida: Bugungi kunda erkin iqtisodiy zonalarning 3 tasida umumiy qiymati 486
mln.dollarlik 62 ta loyihalar amalga oshirilgan, 4,6 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Shu bilan birga, tashkil etilgan kichik sanoat zonalarida 731,6 mlrd.so‘mlik 1 201 investitsiya
loyihalri amalga oshirilgan, 11 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Bugungi kunda, respublikamizda mavjud tabiiy xom ashyo resurslaridan maksimal darajada
foydalanish orqali kelgusida iqtisodiyot va sanoat tarmog‘ini diversifikatsiya va isloh qilish borasida bir
qator chora-tadbirlar amalga oshirish zarur:
Do'stlaringiz bilan baham: |