Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
Yangi mavzu qisqa bayoni:
Mustaqillik sharofati ila O`zbekiston ma‘naviy hayoti, madaniy taraqqiyoti uchun yangi davr boshlandi. Istiqlol tufayli xalqimiz ma‘naviyat zug’umlaridan ozod bo`ldi, erkin fikrga milliy, tiklanishga keng yo`l ochildi. Ma‘naviy hayotdagi tub sifat o`zgarishlar xalqimiz ma‘naviy salohiyatini mamlakatimizning ertangi porloq istiqboli uchun, milliy o`zligimiz va qadriyatlarimizning tiklanishi uchun va qolaversa milliy ongi va gururi, uyg’oq vatanparvar insonni tarbiyalash uchun qaratilgan. Birinchi Prezident Karimov I.A. ta‘kidlaganidek: “Davlatimizning qanchalik tez ulg’ayishi, kuch-quvvat ado etishi, dunyo hamjamiyatida o`zigamunosib o`rin egallashi, avvalombor, halqimiz ma‘naviy saviyasi, g’ururi va fahri nechog’lik yuksak bo`lishiga bog’liqdir Ana shuni inobatga olgan holda yangi jamiyat barpo etmoqchi bo`lib, eng asosiy yo`nalishlardan biri sifatida halqimiz tarixini, ma‘naviy 241 qadriyatlarimizni tiklash vazifasini quydik”. Darhaqiqatni, mustaqilligimizni dastlabki kunlaridanoq xalqimizning ko`pasrlar mobaynida yaratgan g’oyat o`lkan bebaho ma‘naviy va madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyatda muhim vazifa sifatida qaralib, keng ko`lamli jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi tarixiy ishlarning amalga oshirilishi yangi jamiyatimiz ma‘naviyati binosining qad rostlashiga muhim omil bo`lmoqda. Natijada respublikamizda ma‘naviyat sohasining yangi tizimi vujdga kela boshladi. “Ma‘naviyat va ma‘rifat” jamoatchilik markazi, “Ta‘lim markazi”, “O`zbekkino”, “O`zbeknavo”, “O`zbekraqs”, “O`zbekteatr”, “O`zbekmuzey”, Badiiy akademiya, O`zbek amaliy san‘at markazi, Milliy madaniy markazlar, O`rta Osiyo madaniyat xodimlari assotsiatsiyasi kabi madaniy-ma‘rifiy tashkilotlar va ko`plab jamg’armalarning tuzilishi respublika ma‘naviyati asosiy sohalarining tarkib topishi va rivojlanishiga zamin bo`ldi Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o`rganish masalalariga alohida e‘tibor berilmoqda. Sovet davridagi sinfiylik yondashuv va hukmron kommunistik mafkura tayziqi ostida taqiqlangan tarixiy mavzulardagi asarlar chop etilib, xalqimiz tarixini holislik, haqqoniylik asosida tiklash va chuqur, har tomonlama tadqiq qilishga kirishildi. Bu borada o`zbek xalqi va o`zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini holisona ilmiy asosda yoritish vazifalarini Birinchi Prezident I.A. Karimov bir guruhi tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo`lgan suhbati va Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g’risida”gi qarorida belgilanishi alohida ahamiyat kasb etdi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq dunyo taraqqiyotiga, jahon tsivilizatsiyasiga katta xissa qo`shgan ajdodlarimiz - buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari ma‘naviy merosini va hayotini o`rganish avj oldi. Jumladan, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Burxonuddin Rabg’o`ziy qabilarning asarlari chop etilishi milliy qadriyatlarimizni tiklashda katta yuto`q bo`ldi Vatanimiz ozodligi yo`lidashahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa allomalarimizning hurmati joyiga qo`yildi va ma‘naviy meroslari xalqimizga qaytarildi. Buyuk ajdodlarimiz tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning ulug’vor an‘analariga aylanmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida Alisher Navoiy (1991), Zahiriddin Bobur (1993), Bahovuddin Naqshband (1993), Abduholiq G’ijduvoniy (1993) kabi buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari, shuningdek, Mirzo Ulug’bekning 600 yillik (1994), Najmiddin Kubroning 850 yillik (1995), Amir Temurning 660 yillik (1996), Imom Buxoriyning 1225 yillik (1998) va Ahmad Farg’oniyning 1200 yillik (1998) yubileylariga bog’liq tadbirlar nafaqat o`lkamizda, balki Yunesko orqali xalqaro doiralarda nishonlanishi vatandoshlarimizda milliy faxr tuyg’ularini yuksaltirdi. Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo`jaev, Jaloliddin Manguberdi va boshqa arboblarning yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora tadbirlar ham ma‘naviy hayotdagi muhim qadamlar bo`ldi Yosh avlodni ma‘naviy barkamollik ruhida tarbiyalashda “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash (1999) ham xissasini qo`shdi. 2000 yil 17 noyabr — Samarqandda buyuk fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yilligi (ushbu yubiley munosabati bilan Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta'limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. 2003 yil 10 may — taniqli o‘zbek shoiri G‘afur G‘ulom tavalludining 100 yilligi yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri markazidagi madaniyat va istirohat bog‘iga G‘afur G‘ulom nomi berildi va bog‘da shoir haykali ochildi. 2003 yil 27 noyabr — Buxoro va G‘ijduvon shaharlarida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abdulxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi tantanali ravishda inshonlandi. 2006 yil 27 oktyabr – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi. 2006 yil 2 noyabr – Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi Xivada tantanali nishonlandi. 2007 yil 24 – 26 may – Samarqandning 2750 yilligiga bag‘ishlangan «Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni» mavzuida xalqaro ilmiy simpozium o‘tkazildi. Bu marosim 242 Samarqandda 1997 yildan buyon an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» VI xalqaro musiqa festivaliga ulanib ketdi. 2007 yil 7 sentyabr – Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. 2009 yil 26 – 27 may – Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston poytaxti Toshkent – 2200 yoshda» mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling