Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
taraqqiyotining poydevori"
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- „Talim to’g’risida"
taraqqiyotining poydevori" mavzusida ma'ruza qildi. Ma'ruzada oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizni
ro’yobga chiqarish taqdiri, avvalambor, zamon talablariga javob beradi-gan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liq ekanligi asoslab berildi va quyidagi vazifalar ilgari surildi: —eski sovet davridan qolgan ta'lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan, sarqitlardan qutulish; —milliy ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning mil-liy zaminini mustahkamlash, jahon andazalari darajasiga ko’tarish; —uzluksiz ta'lim tizimini tashkil qilish; —ta'lim muassasalarining moddiy bazasini zamon talablari darajasiga ko’tarish; —bolalarimizga zamonaviy bilim berish, buning uchun, av-valo, o’qituvchi-murabbiylar bilimining saviyasini ko’tarish; —zamonaviy o’quv dasturlari, darsliklar yaratish; —xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatishga katta ahamiyat berish; —bitiruvchilarni emas, maktab ta'limi va tarbiyasini ko’rgan shaxslarni tayyorlash; —o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilish, ularni erkin fikrlaydigan etib tarbiyalash; respublika oliy o’quv yurtlarining xorijiy davlatlardagi oliy o’quv yurtlari bilan aloqasini o’rnatish va mustah 1997-yil 29-avgust kuni O’zbekistonRespublikasi Oliy Majlisining IXsessiyasida O’zbekiston Respublikasining „Ta'lim to’g’risida" gi yangi qonuni va „KadrIar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi. Ularda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi: • ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; • ta'limning uzluksizligi va izchilligi; • umumiy-o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi; • o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limining yo’nalishini: akade-mik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi; • ta'Iim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; • davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; • ta'Iim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; • bilimli bo’lishni va iste'dodni rag’batlantirish; • ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’un-lashtirish. O’zbekiston Respublikasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi belgilandi: • maktabgacha ta'lim; • umumiy o’rta ta'lim; • o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; • oliy ta'lim; • oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim; • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; • maktabdan tashqari ta'lim. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling