Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Toshkenboy Egam-berdiyev nomi berildi. An'anaviy sirk san'atining unutilgan tur-lari tiklandi va 
rivojlandi. Iste'dodli yoshlarga amaliy yordam ber-ish maqsadida 1996- yilda estrada-sirk kolleji ochildi. 
Respublika shaharlarida faoliyat yuritayotgan sirk guruhlari soni ko’paydi. Agar 1990-yilda 7 ta 
an'anaviy sirk guruhi faoliyat yuritgan boisa, 2001-yilda ularning soni 20 tadan oshdi, sirk-chilarning 
ijrochilik mahoratlari o’sdi. 
O’zbekiston sirk ustalarining chet ellarga gastrol safarlari uyushtirildi. Misr, lordaniya, Falastin
Pokiston, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab Amirligida gastrol safarlarida 
boigan respublikamiz sirk ustalari o’zbek milliy sirk san'atini namoyish etdilar 
Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo’shiqchilik san'ati rivojlandi. Respublika Madaniyat ishlari 
vazirligi,1992-yilda tashkil etilgan „Xalq ijodi va niadaniy-ma'rifiy ishlar respublika markazi", 
markazning viloyatlardagi bo’limlari musiqa va qo’shiqchilik san'atini, ha-vaskorlik va folkior jamoalari 
faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko’rik-tanlovlar, festivallar 
tashkil etmoqda. 1992-yilda Toshkentda „Asrlarga tengdosh navolar" va „Boqiy ovozlar", Xorazm 
viloyatida folk-lor jamoalari, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, Qo’qonda katta ashula, lapar va yalla 
ijrochilarining ko’rik-tanlovlarini o’tkazdi. 1994-yil may oyida Parijda bo’lib o’tgan „Sharq mu-siqasi" 
festivalida Munojot Yo’lchiyeva va Shavkat Mirzayevlar ishtirok etib, o’zbek milliy qo’shiqchilik san'atini 
jahonga namoyish etdilar. 
1996-yil aprel oyida Turkiston saroyi, Bahor majmuasi va boshqa ijodiy konsert tashkilotlari negizida 
tashkil etilgan „o’zbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi xalq orasidan iste'-dodli qo’shiqchilarni izlab 
topish va ko’rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo’shiqchilik san'ati bo’yicha xalqaro hamkorlikni 
rivojlantirish kabi tadbirlarni amalga oshirdi. Musiqa-raqs san'atini rivojlantirish davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlandi. 
Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi „O’zbekiston — Vatanim manim" 
qo’shiqlar bayrami to’g’-risida"gi farmoni qo’shiqchilik san'atini rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko’rsatdi. 
1996-yil ko’rik tanlovini o’tkazish barcha vilo-yat, shahar va tumanlarida „O’zbekiston — Vatanim 


248 
manim”qo’shiq tanlovining birinchi bosqichi bo’lib o’tdi, unda 54 mingdan ziyod qo’shiqchilar qatnashdi. 
Tanlovning yakun-lovchi bosqichi avgust oyida o’tdi. 700 ta qo’shiqchi qatnashdi, ulardan 10 tasi 
mukofotlandi. O’zbekiston Prezidentining 1996-yil 27-avgustdagi farmoni bilan bunday ko’rik tanlov har 
yili avgust oyida o’tkaziladigan bo’ldi va avgust oyining uchinchi yakshanba kuni „O’zbekiston — Vatanim 
manim" qo’shiq bay-rami kuni deb belgilandi. Bu tanlov jarayonida yuzlab Vatan, mustaqillikni e'zozlovchi 
yangi qo’shiqlar yaratildi. „o’zbe-kiston — Vatanim manim", „Men seni sevaman — O’zbekiston", „Vatan 
yagonadir", „Mustaqillik gullari", „Ona yurtim", „O’zbekiston askarlari" qo’shiqlari shular jumlasidandir 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling