Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

 
Yangi mavzu bayoni: 
Maorif va madaniyat barkamol insonni shakllantirishning eng muhim vositasidir. Shu boisdan ham 
mustaqil O’zbekistonda maorif va madaniyat ishlarini eng muhim va dolzarb soha sifatida rivojlantirishga 
alohida e'tibor berildi. 
1992-yil 2-iyulda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining „Ta'lim to’g’risida" gi Qonuni hamda 
1991 —1996-yillarda e'lon qilingan 30 dan ziyod Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari 
asosida ta'lim sohasida 
qator o’zgarishlar amalga oshirildi. 
• Maktabgacha ta'lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bola-lar bog’chalari hamda „bolalar 
bog’chasi-maktab" majmuyi tarmog’i rivojlandi. Bolalarga chet el tillarini, xoreografiya, tas-viriy va musiqa 


243 
sao’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o’rga-tuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi. 
• Yangi tipdagi maktablar vaumumta'lim o’quv yurtlari tarmog’i rivojlantirildi. 1992-1996-yillarda 
238 litsey va 136 gimnaziya ochildi va faoliyat ko’rsatdi. 
• „Sog’lom avlod uchun", „Iqtisodiy ta'lim", „Qishloq maktabi", „Rivojlanishda nuqsoni bo’lgan 
bolalarni tiklash" va boshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi hamda ta'lim sohasida tatbiq etila bordi. 
• Mehnat bozorini, eng avvalo, qishloq joylarida mehnat bozorini shakllantirishning hududiy 
xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta'limini qayta tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Bu 
tizimda jami 221 ming kishini ta'lim bilan qamrab olgan 442 o’quv maskani, shu jumladan, 209 kasb-hunar 
maktabi, 180 litsey va 53 biznes-maktab ishladi. 
• Toshkent, Samarqand, Urganch, To’rtko’l, Andijon bank kollejlari, Toshkent ayollar kolleji tashkil 
etildi. Respublikada 1996-1997-o’quv yilida 258 o’rta kasb-hunar taTim o’quv yurti ishladi. Ularda qariyb 
16 ming o’qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar 197 ming o’quvchiga kasb-hunar o’rgatish bilan 
shug’ullandi. 
•Oliy ta’lim sohasida ham qator yangi o’quv yurtlari ochildi.1992-yil 28-fevraldagi Prezident farmoni 
bilan 8 ta viloyat peda-gogika institutlari universitetlarga aylantirildi. Eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar 
bo’yicha yangi oliy o’quv yurtlari —O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jami- 
yat qurilishi akademiyasi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Bank-
moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Navoiy konchilik instituti, Samarqand davlat chet el tillari 
instituti, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi muhandislik-iqtiso-
diyot instituti, Jahon iqtisodiyoti vadiplomatiya universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan 
muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda viloyatlarda yirik universitetlarning filiallari tashkil etildi. 1997- yil 
boshlarida Respublika Oliy ta'lim tizimida 58 ta oliy o’quv yurti, shu jumladan, 16 ta universitet va 42 ta 
institut faoliyat ko’rsatdi. Ularda 164 ming talaba o’qidi, 18,5 ming professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatdi. 
• Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg’or usullari 
joriy etildi. 
• Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga bo’lgan talablarning oshgani bois aspirantura 
va doktoranturada kadrlar tayyorlash kengaydi. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi. 
• Iqtidorli bolalar va qizlarni izlab topish, ularga ko’mak-lashish, ularning qobiliyati va iste'dodini 
o’stirish bo’yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o’quv yurtlari va 
ilmiy markazlarda o’qitish va staji-rovkadan o’tkazish yo’lga qo’yildi. 
• Iste'dodli yoshlarni moddiy va ma'naviy rag’batlantirish, chet elda o’qishini qo’llab-quvvatlash 
maqsadida „Ulug’bek", „Umid", Respublika bolalar fondi, „Kamolot", „Sog’lom avlod uchun", „Iste'dod" 
jamg’armalari tashkil etildi. 
O’zbekiston ta'lim sohasida AKSELS, AYREKS, Amerika Kollejlari Konsorsiumi, SARE, Tinchlik 
Korpusi (AQSH), DAAD, Konrad Adenauer Fondi (Germaniya), Britaniya Kengashi (Buyuk Britaniya) kabi 
xalqaro tashkilotlar va boshqa nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi 
Jamiyat madaniy-ma'rifiy hayotida,aholida tarixiy xotirani tiklash va mustahkamlashda muzeylarning 
ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni 
ta'mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e'tibor 
berildi. 
1992-yilda Namanganda ulug’ o’zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon 
Boltaboyev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy sao’ati va tarixi muzeyi, Buxoroda 
temirchilik muzeyi, Samarqand vilo-yatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o’g’lining uy-
muzeyi, 1993-yilda Toshkentda o’zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima Hadicha 
Sulay-monova muzeyi, o’zbek raqqosasi Mukarrama Turg’unboyeva muzeyi, Navoiy viloyatining Tomdi 
tumanida mashhur cho’-pon, ikki marta Mehnat Qahramoni Jaboy Bashmanov mu-zeyi, 1994-yilda 
Toshkentda xalq rassomi Usta Muhiddin Rahimov muzeyi, 1996-yilda O’zbekiston Gidrometeorologiya 
muzeyi, 1997- yilda Buxoroda mashhur zarb qiluvchi Salim Hamidov muzeyi, shuningdek oliy ta'lim 
muassasalarida ko’p-lab muzeylar ochildi. 
1996- yil I- sentabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo’lgan Olimpiya shon-shuhrat muzeyi ochildi. 
Bu muzey O’zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalaridagi muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan, 
mamlakatimizda sport harakatining rivojini rag’batlantiradigan markaz bo’lib qoldi. 


244 
1996-yil 18-oktabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. 
1998-yilda ,,0'zbekmuzey" Respublikajamg’armasi tuzildi. Aho-lining muzeyshunoslik madaniyatini 
oshirishga ko’maklashuvchi “Moziydan sado”jurnali ta'sis etildi va u 1999-yildan boshlab o’zbek, rus va 
ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Faqat 1999-yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy 
yo-dgorliklar bilan boyidi. 
O’zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv m ni tashkil eta-digan 510 ta muzey faoliyat 
ko’rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir 
buyumlareksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me'moriy 
yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro’yxatiga kiritilgan. 2500 ta me'moriy obida, 2700 ta 
arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san'at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va 
Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo’riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me'moriy 
obidalar, monumental san'at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan 
muzeylar sifatida e'tirof etilgan 
Mustaqillik yillarida shaharsozlik va arxitektura qurilishi misli ko’rilmagan darajada avj oldi. 
O’zbekiston poytaxti – Toshkent shahrining qiyofasi tubdan o’zgardi, yuzlab zamonaviy, ko’rkam, 
osmono’par binolar bunyod etildi. 
Oliy Majlis, Prezident qarorgohiOqsaroy, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Toshkent shahar hokimligi, 
Turkiston saroyi,Respublika birja markazi, Biznes markaz, Markaziy bank 
Mustaqillik yillarida sport O’zbekiston milliy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida rivojlantirildi. 
Sport aholini,xususan yoshlarni jismoniy va axloqiy tarbiyalashning, xalqlar o’rtasida do’stlikni 
mustahkamlash va mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim omilidir. 
1992- yil 5- fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respubli-kasining „Jismoniy tarbiya va sport 
to’g’risida"gi Qonuni sportni ommaviy ravishda rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan 
ortiq sport inshootlari — sport sog’lom-lashtirish klublari, bolalar, o’smirlar sport maktablari. olim-piya 
o’rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati makta-blari, o’yingohlar, sport zallari, maydonlari, hovuzlar 
barpo etildi va ta'mirlandi. Ularda 7 mln kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega 
bo’ldi. 
1992- yil yanvarda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi tuz-ildi va 1993- yil sentabrda xalqaro 
olimpiya qo’mitasining 101-sessiyasida rasmiy e'tirof etildi. 1996-yil 14-avgustda Toshkentda olimpiya 
muzeyi ochildi. 1992-yili Barselonada o’tkazilgan ol-impiya o’yinlarida O’zbekiston sportchilari 3 ta oltin, 2 
ta ku-mush, 1 ta bronza medallarini qo’lga kiritdilar. 
Sportning boks turi jadal o’sdi. Artur Grigoryan, Muham-madqodir Abdullayev kabi O’zbekistonlik 
bokschilarning nomi jahonga mashhurdir. 1999-yil avgust oyida Amerikaning Xyuston shahrida o’tkazilgan X 
Jahon chempionatida O’zbekiston boks komandasi 83 mamlakat o’rtasida AQSH va Kuba koman-dalaridan 
keyin faxrli uchinchi o’rinni egalladi. Bokschilarimiz M.Abdullayev va o’.Haydarovlar oltin, T. Turg’unov 
kumush medali sohibi bo’lishdi. 2000- yili Avstraliyaning Sidney shahrida o’tkazilgan 27-yozgi Olimpiada 
o’yinlarida bokschilar M. Abdullayev oltin, Sergey Mixaylov va Rustam Saidovlar bronza medallarini, 
kurashchi Artur Taymazov kumush medalni qo’lga kiritib, O’zbekiston bokschilari shuhratini olam-ga 
namoyon qildilar. 
1998- yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog’ining eng baland „Everest" cho’qqisiga 
chiqib, O’zbekiston dovrug’ini dunyoga taratdilar. 
1994-yilda Xirosimada o’tkazilgan Osiyo o’yinlarida o’zbe-kistonlik yengil atletikachilar, merganlar, 
kurashchilar, dzyu-dochilar, bokschilar, futbolchilar jami 40 ta, jumladan, 10 ta oltin medal sohibi boidilar. 
1999-yilda Germaniyada yoshlar o’rtasida boiib o’tgan karate bo’yicha xalqaro turnirda 200 mamlakatdan 
900 nafar sportchilar qatnashdi. Unda ishtirok et-gan O’zbekiston komandasi faxrli uchinchi o’rinni egalladi, 
be-kobodlik aka-uka Farruh va A'zam Abdumavlonovlar oltin medal sohibi boidilar. Ularning otasi 
Mo’minjon Abdumav-lonov tayyorlagan karatechilar xalqaro musobaqalarda qat-nashib, 74 ta medalni, 
jumladan, 48 ta oltin medalni qoiga kiritdilar. 2002-yil 29-sentabr—14-oktabr kunlari Janubiy Koreyaning 
Pusan shahrida boiib o’tgan Osiyo o’yinlarida O’zbekistonlik sportchilar sportning 24 turi bo’yicha 
muvaffa-qiyat bilan qatnashib, 15 ta oltin, 12 ta kumush, 24 ta bronza medallarini qoiga kiritib, qirqdan ortiq 
mamlakatlar orasida faxrli beshinchi o’rinni egalladilar. 


245 
Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan ta'limni tubdan isloh qilish yo’llari ishlab chiqildi. Islom 
Karimov 1997-yil 29-avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida „Barkamol avlod O’zbekiston 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling