Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
- mavzu. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Materialvajihozlar: Qo’llanmalar, topshiriqli kartochkalar, mavzuga oid manba va adabiyotlar ko’rgazmasi, rasmlar, doska, bo’r. I . Tashkiliyqism
- II.Otilgan ma’ruza mavzusini takrorlash
11- mavzu. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati
Maqsad: Talabalarda mavzu bo’yicha teran tushunchalar hosil qilish. Kutilayotgan natija: Talabalar o‘tilayotgan mashg‘ulot mavzusini chuqur bilib olishlari, mavzu doirasida mustaqil fikr-mulohazalarini bayon eta olishlariga erishish. Materialvajihozlar: Qo’llanmalar, topshiriqli kartochkalar, mavzuga oid manba va adabiyotlar ko’rgazmasi, rasmlar, doska, bo’r. I. Tashkiliyqism: Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: Jahon hafta ichida yoki O'zbekiston hafta ichida ruknida xalqaro ahvol haqida qisqa axborotberish. Talabalarning yurtimizda ro‘y berayotgan voqea-o‘zgarishlar haqida axborotlarini tinglash. II.O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash: Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash,frontal so’rab – bilish -blitz yoki mavzu bo’icha savol va topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi. III. Yangi mavzu rejasi: 1. O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo’lga qo’yilishi. O’zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo’lishi va jahon hamjamiyatidagi o’ziga xos o’rni. 2. O’zbekistonning MDHdagi o’rni va mavqeining ortib borishi. O’zbekiston tashqi siyosatida Rossiya, AQSH, Xitoy mamlakatlarining o’rni. 3. O’zbekistonning SHHT bilan aloqalari. O’zbekistonning Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari bilan yangi strategik sherikchilik shartnomalarining imzolanishi. 4. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar. Yangi mavzu bayoni: O’zbekiston tashqi siyosatining huquqiy asoslari va tamoyillari shundan iborat ediki, Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, markaziy hokimiyat tomonidan olib borilar edi. Mustaqillik sharofati bilan O’zbekistonni xalqaro huquq sub’ekti sifatida belgilaydigan, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. “O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy printsiplari to’g’risida’gi, ‘Chet el investitsiyalari va xorijiy 255 ivestorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi va boshqa qonunlar hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir. Shuningdek, Tashqi aloqalarni ta’minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari tashkil etildi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo’li asos qilib olindi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O’zbekiston Respublikasini dunyoning nufuzlidavlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy vamadaniy aloqalar o’rnatildi. Toshkentda 43 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bularjumlasiga AQSh, Turkiya, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, HindistonPokiston va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek, O’zbekistonda 88 xorijiymamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumattashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda -AQSh, Turkiya, Germaniya, Frantsiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O’zbekistonningelchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling