Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

EXHT bilan hamkorlik 
O’zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish 
bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot -Yevropada xavfsizlik va hamkorlik 
tashkiloti -EXHT ga a’zo bo’lib kirdi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo’lgan 
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq so’zlashi va 
Kengashning 10 iyulda bo’lgan majlisiga raislik qilishi O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o’rin 
egallaganligining dalilidir.
SHXT va O’zbekiston 
1996 yilda Shanxayda, 1997 yilda Moskvada bo’lib o’tgan Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, 
Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o’zaro ishonchni 
mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to’g’risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa, «Shanxay 
forumi» yoki «Shanxay beshligi» tashkiloti tuzilgan edi. 2001 yil 14-15 iyun kunlari Xitoyda navbatdagi 
Shanxay sammiti bo’lib o’tdi. Uning ishida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov 
qatnashdi va O’zbekistonning “Shanxay forumi”ga to’la huquqli a’zo bo’lishi to’g’risida bayonot imzolandi. 
O’zbekistonning “Shanxay forumi”ga kirishi munosabati bilan uning nomi
Shanxay hamkorlik tashkiloti – 
ShHT
, deb o’zgartirildi. 
MDHning tashkil topishi.
 
1991 yil 8 dekabrda Minskda uch slavyan respublikasi - Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari-B.Eltsin, 
L.Kravchuk S.Shushkevichlarning uchrashuvi bo’ldi. O’sha kuni Belovejskoe Pushcheda uch davlat 
boshliqlari Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi (MDH)ni tuzish to’g’risida Shartnoma imzoladilar. Shartnomada 
yagona iqtisodiy makon, yagona valyuta va moliya-bank sistemasi bo’ladi, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa 
sohalarda hamkorlik qilinadi, tashqi siyosat, armiya sohasidagi siyosat kelishilgan holda yuritiladi, deb 
belgilangan edi. Hujjatda SSSRning mavjudligi va SSSR Konstitutsiyasi to’xtatiladi, deb e’lon qilindi. 
Ukraina, Belorussiya, Rossiya parlamentlari MDHni tuzish haqidagi shartnomani ratifikatsiya qildilar va 
1922 yil 30 dekabrdagi SSSRni tuzish to’g’risidagi shartnomani bekor etdilar. Qozog’iston, O’zbekiston, 
Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlari MDHga uni ta’sis etuvchilar rolida kirishga tayyor 
ekanligini bildirdilar. 1991 yil 21 dekabrda Rossiya (B.Eltsin), Ukraina (L.Kravchuk), Belorus 
(S.Shushkevich), Qozog’iston (N.Nazarboev), O’zbekiston (I.Karimov), Qirg’iziston (A.Akaev), Tojikiston 
(R.Nabiev), Turkmaniston (S.Niyazov), Ozarbayjon (A.Mutalibov), Armaniston (Ter-Petrosyan), Moldaviya 
(M.Snegur) davlat boshliqlarining kengashi bo’ldi. O’sha kuni 11 davlat boshliqlari Belovejskoe Pushche 
shartnomasi yuzasidan protokolni imzolab, “Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar” maqomida 
MDH muassisi bo’ldilar.Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar haqida 
bayonot berildi: 
MDH kengashlarini tayyorlash bo’yicha ishchi guruhini tuzish to’g’risida protokol imzolandi.Shu 
tariqa, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tashkil topdi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling