Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


-mavzu.Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

12-mavzu.Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari. 
Maqsad: Talabalarda mavzu bo’yicha teran tushunchalar hosil qilish. 
Kutilayotgan natija: Talabalar o‘tilayotgan mashg‘ulot mavzusini chuqur bilib olishlari, mavzu doirasida 
mustaqil fikr-mulohazalarini bayon eta olishlariga erishish.
Materialvajihozlar: 
Qo’llanmalar, topshiriqlikartochkalar, mavzugaoidmanbavaadabiyotlarko’rgazmasi, rasmlar, doska, bo’r. 
I. Tashkiliyqism: Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: Jahon hafta ichida yoki O'zbekiston hafta ichida 
ruknida xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
Talabalarning yurtimizda ro‘y berayotgan voqea-o‘zgarishlar haqida axborotlarini tinglash. 
II.O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash: 
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash,frontal so’rab – bilish -blitz yoki mavzu bo’icha savol va 
topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi. 
III. Yangi mavzu rejasi: 
1. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
kontseptsiyasining mohiyati va amaliyoti. 
2. Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy etilishi va uning siyosiy islohotlardagi 
ahamiyati. 
3. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mazmun mohiyati va ustuvor yo‘nalishlari. 
4. Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish. 
 
 
 
 Yangi mavzu bayoni: 
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasining hayotga tatbiq etilishi va natijalari.
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mazmun mohiyati va ustuvor yo‘nalishlari:
– inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat 
barpo etish.
– mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur 
shartiga aylantirish.
– milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash.
– adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish.
– ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish.
– milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish. 
– mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi 
siyosat olib borish.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda olib 
borilayotgan islohotlarni yangi bosqichda davom ettirmoqda. Bu Harakatlar strategiyasi besh yilga 
mo‘ljallangan bo‘lib, xalqimiz va davlatimiz hayotida yangi davrni – taraqqiyotning yangi bosqichini 
boshlab berdi. Undan maqsad bitta – turmushimiz yanada farovon, mamlakatimiz yanada qudratli bo‘lsin. 
Prezidentimiz taklifi bilan 2017-yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb nomlandi. 
Odamlarning murojaatlari bilan ishlashni yaxshilash, dardi-o‘yi, orzu-niyatini tinglash maqsadida 
Prezidentning Xalq qabulxonalari, Virtual qabulxonasi tashkil etildi. Bugun Vatanimizda har bir kun inson 


259 
manfaatlarini ta’minlash, fuqarolar haq-huquqlarini kafolatli himoya etish, ularga qulay yashash va mehnat 
sharoitlarini yaratish yo‘lidagi sa’y-harakatlar bilan o‘tmoqda. 
Prezidentimiz saylovoldi uchrashuvlarida odamlarning fikri-o‘ylari, hayotimizdagi mavjud 
muammolar, olis qishloqlarda yashayotgan aholi turmushi bilan qiziqdi, ulardan hol-ahvol so‘radi. Keyingi 
yillarda aholi va ijtimoiy tarmoqlarni, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlashda 
uzilishlar bo‘layotgani, kamchiliklar mavjudligi ayon bo‘lib qolgandi. Bu joylarda aholi bilan bo‘layotgan 
ochiq muloqotlarda bоt-bоt tilga olina boshlandi. 
Davlatimiz rahbari uchrashuvlarda mamlakatimizda elektr uzatish tizimi eskirganligi, bu tizimni 
tubdan isloh qilish va tamoman yangilash vaqti kelganini ta’kidladi.Aholini uy-joy bilan ta’minlash 
masalasi ham jiddiy muammoga aylangan edi. Qurilayotgan yangi namunaviy uylar aholiga ma’qul 
bo‘layotgan bo‘lsa-da, uy-joy qurish sur’atlari aholining tabiiy ko‘payishiga nisbatan ancha ortda 
qolayotgandi. 
Harakatlar strategiyasining to‘liq amalga oshirilishi natijasida har bir oila munosib yashash 
sharoitlariga ega bo‘ladi, aholining uy-joy, elektr energiyasi, tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan 
ta’minlanish darajasi tubdan o‘zgaradi. 
Harakatlar strategiyasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa barcha sohalarni jadal rivojlantirish, 
ma’naviy dunyomizni tubdan yuksaltirishni nazarda tutadi.Bozor iqtisodiyotining o‘zgaruvchan tabiati 
mamlakatimiz shahar va hududlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Kichik shaharlardagi yuzlab ishlab 
chiqarish obyektlari turli sabablarga ko‘ra o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Minglab ishchilar, mutaxassislar o‘z 
kasbi, turmush tarzi, yashash joylarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. 
Harakatlar strategiyasida hududlarni manzilli rivojlantirish, har bir shahar va tumanni maqsadli 
barqaror taraqqiy ettirish, bo‘sh yotgan sanoat korxonalariga investitsiyalar kiritib, ularga qaytadan jon 
bag‘ishlash, ishsizlikni kamaytirish, yalpi bandlikni ta’minlash masalasi ilgari surilmoqda. 
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eski turdagi xo‘jaliklarning 
tugatilishi va ularning o‘rniga zamonaviy fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi muhim tarixiy voqea 
bo‘ldi. Mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘pi yashaydigan qishloq aholisi hayotida ham jiddiy 
o‘zgarishlar yuz berdi. Istiqbolli fermer ho‘jaliklari tashkil etildi. Natijada ilgari 1000 gektar yerda band 
bo‘lib kelgan 1500-2000 odam o‘rniga fermer xo‘jaligining 50-100 a’zosi bemalol oldingi darajadan kam 
bo‘lmagan, balki ko‘proq mahsulot tayyorlay boshladi. Minglab odamlar dehqonchilik, yakka tartibdagi 
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ammo ayrim yoshlar stixiyali tarzda xorij 
davlatlariga ish izlab ketishni ma’qul ko‘rdi. Buning oqibatida ular tili, dini, ma’naviyati va siyosati 
o‘zgacha bo‘lgan muhitga tushib qoldi. 
Harakatlar strategiyasida ana shunday ijtimoiy asoratlarni bartaraf etish, qishloq hayotini normal izga 
tushirish, bandlikni ta’minlash, chet elga maqsadsiz ketib qolgan yoshlarni Vatanga qaytarish va ular uchun 
munosib hayot va faoliyat tarzini yaratish vazifalari qo‘yilgan.Shu kunlarda mamlakatimizda yuritilayotgan 
tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini ish bilan 
ta’minlashga oid davlat siyosatining zamirida odamlarning bandligi, shu asosda xalqimiz farovonligiga 
erishish turibdi.Bu Harakatlar strategiyasining yo‘nalishlariga mosdir. 
Hozirgi davrdagi jadal taraqqiyot tendensiyalari mamlakatimizni industrial rivojlantirishda insonning 
intellektual omiliga ustuvor ahamiyat qaratishni dolzarb masalaga aylantirdi. Vatanimizning barqaror 
taraqqiyoti uchun mavjud intellektual salohiyatni samarali ishga solish, mutaxassislarning o‘z faoliyatiga 
ongli yondashuvini shakllantirish, ularning shaxsiy mas’uliyat va tashabbuskorlik fazilatlarini kuchaytirish 
katta ahamiyatga egadir. Insonning shaxsiy mas’uliyat, tashabbuskorlik hamda fidoyilik fazilatlari Vatanni 
chin dildan sevishdan, vatanparvarlikdan kuch oladi. Shu boisdan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “har 
qanday davlat siyosatining asosini vatanparvarlik tarbiyasi tashkil etadi”, deb alohida qayd etdi. 


260 
Harakatlar strategiyasi nafaqat tashqi investitsion siyosatni faollashtirish, balki inson ichki 
imkoniyatlarini yanada to‘laroq ro‘yobga chiqarish ishlariga alohida e’tibor qaratadi. “Bu siyosatning 
asosiy maqsadi shundan iboratki, biz har qanday fuqaroga o‘zining kuch va imkoniyati, qobiliyat va 
salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng sharoit va imkoniyat yaratib berishimiz zarur”, deb ta’kidladi 
Prezidentimiz. 
Bugun taraqqiyotning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari mikroiqtisodiy natijalar hamda jamiyat turmush 
tarzi bilan moslashmoqda. Odamlarning orzulari ularning imkoniyatlariga mos bo‘lmoqda. Arzon uy-
joylar, tibbiy, farmatsevtik, ijtimoiy xizmatlar tizimi shakllantirilmoqda. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling