Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


II. O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

II. O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash: 
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash,frontal so’rab – bilish -blitz yoki mavzu bo’icha savol va 
topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi.
 
III. Yangi mavzu rejasi: 
1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar.
2. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning 
o‘ziga xos xususiyatlari.
3. O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo‘li. 
O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari.
4. Mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi. Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning 
tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari. 
Yangi mavzuni qisqacha bayoni
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng, kelajakka qanday yo’ldan borishi 
masalasi kun tartibiga qo’yilgan eng dolzarb masalalardan biri bo’ldi. Buning bir qator ob‘ektiv va 
sub‘ektiv sabablari mavjud. Mustaqillikning demokratik asoslarini chuqurlashtirish va muvaffaqiyatli 
faoliyat yuritishi uchun O’zbekiston aynan shu yo’lni tutdi. Natijada demokratiya mamlakatimiz 
miqyosida nazariyadan amaliyotga yoki mavhumlikdan «O’zbekiston modeli»ga aylandi. 
Sobiq Ittifoq doirasida aynan o’sha kezlarda suveren O’zbekistonning tashkil etilganligi milliy 
davlat qurilishidagi boy tajriba va an‘analarga tayangan holda xalqning o’z taqdiri va kelajagini 
belgilashdan iborat burchi, huquqi va shuningdek, o’sha davrdagi mamlakat rahbarining o’z xalqi kelajagi 
uchun tarixiy mas‘uliyatni chuqur his etganligining isboti edi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlangan keng ko’lamli islohotlar mamlakatimiz 
taraqqiyotining strategik maqsadi – demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli 
jamiyat qurishga qaratilgan edi. 
Mazkur islohotlar mamlakatimizda O’zbekistonning Birinchi Prezidenti tomonidan yaratilgan 
beshta tamoyilga asoslanib, amalga oshirila boshlandi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat: 
iqtisodiyot siyosat ustidan hukmron bo’lishi, u har qanday mafkuradan ozod bo’lishi lozim. 
iqtisodiyot o’z qonuniyatlariga asoslanib rivojlanishi kerak; 
iqtisodiyotni boshqarishda, ayniqsa yangi bozor iqtisodiyotiga o’tilayotganda, davlat bosh 
islohotchi bo’lib, uning boshqaruv tizimini qo’ldan chiqarmasligi kerak; 
konstitutsiya va qonunning ustunligi. Unga barcha barobar, hayotimizning turli sohasida rioya etishi 
kerak; 
kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bu bozor iqtisodiyoti yo’lidagi eng muhim vazifadir; 
bozor iqtisodiyotiga o’tishda shoshmashosharliksiz, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog’i lozim. 
Mazkur tamoyillar «O’zbek modeli» sifatida jahonda e‘tirof etilgan O’zbekiston mustaqil 
taraqqiyot yo’lining g’oyaviy-nazariy negizi bo’lib xizmat qildi. O’zbekistonning o’ziga xos va o’ziga 
mos yo’li bo’lgan «O’zbek modeli» mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida, ijtimoiy, iqtisodiy va 
siyosiy islohotlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ijodiy rivojlantirildi. I.A.Karimov O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma‘ruzasida «Biz 
avvalgidek, davlat va jamiyatni isloh etish hamda modernizatsiya qilishda «O’zbek modeli»ning muhim 
tarkibiy qismi bo’lgan bosqichma-bosqichlik tamoyiliga bundan keyin ham amal qilamiz», deb 
ta‘kidlagan edi. 


228 
Umuman, «O’zbek modeli» O’zbekistonning o’ziga xos bo’lgan taraqqiyot yo’li bo’lib, bu yo’l 
mamlakatimizning tarixiy-milliy xususiyatlarini, geografik va demografik shart-sharoitlarni hisobga 
olgan, respublikaning bosh, strategik maqsadi sari yo’naltirilgan, islohotlarning har bir bosqichida ijodiy 
rivojlanib boruvchi dasturulamal bo’ldi. 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bozor munosabatlariga asoslangan demokratik 
jamiyat qurilishining Konstitutsiyaviy va huquqiy asoslarini yaratish va yuksak taraqqiyotimizning 
kafolati rolini muvaffaqiyatli bajarmoqda.
Mustaqillik tomon qo’yilgan dastlabki qadamlardan biri - bolajak suveren respublikaning, 
Konstitutsiyasini tayyorlash g’oyasi I.A.Karimov tomonidan 1990 yilning mart oyida ilgari surildi. Ko’p 
o’tmay shu yilning iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida respublika Prezidenti rahbarligida 
64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy Komissiya tuzildi.
Komissiya Konstitutsiya loyihasini tayyorlash jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashgan 
millatlar tashkilotining xujjatlariga, Butunjahon inson huquqlari Deklaratsiyasiga amal qildi. Dunyoning 
kopgina taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlarining Konstitutsiyaviy hujjatlari o’rganib chiqildi. 
Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruv tizimi va adolatli qonunshunoslik an'analari ham 
chuqur o’rganildi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o’z mohiyati va ahamiyati jihatidan sovet 
davridagi Konstitutsiyalardan, xususan, 1978 yilgi O’zbekiston SSR Konstitutsiyasidan tubdan farq 
qilishi kerak edi. Sosialistik O’zbekiston Konstitutsiyasi o’zining mazmuni, ruhi bilan sobiq ittifoq 
Konstitutsiyasidan kelib chiqib, O’zbekistonni bu ittifoqqa qol-oyog’i bilan zanjirband etdi. Sinfiylik, 
partiyaviylik g’oyalari bilan sug’orilgan Konstitutsiya g’oyat darajada mafkuralashtirildi va 
siyosiylashtirildi. Inson manfaatlariga nisbatan davlat manfaatlari ustun qo’yildi.
Mustaqillik Konstitutsiyasi loyihasida O’zbekistonda yuz bergan tarixiy o’zgarishlar hisobga olindi. 
Xususan, O’zbekiston mustaqilligini qonunlashtirish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o’tishning 
shartlari, davlat va jamiyat qurilishida demokratik tizimning tamoyillari, inson huquqining ustuvorligi 
ifodasini topdi. Konstitutsiyada bayon etiladigan masalalarni birma-bir o’rganib chiqish uchun 35 
kishidan iborat ishchi guruh va har bir bo’limini alohida tayyorlaydigan kichik guruhlardan iborat 
komissiyalar tashkil etildi.
Ishchi guruh va komissiyalar 1991 yilning oktyabrida Konstitutsiyaning birinchi, 1992 yil bahorida 
ikkinchi nusxasini tayyorladi va shu nusxasi 1992 yilning 26 sentyabrida umumxalq muhokamasi uchun 
matbuotda e'lon qilindi. Joylardan tushgan minglab takliflar o’rganib chiqilib, noyabr oyida ikkinchi 
marta matbuotda bosib chiqildi. 
Tuzatishlar va aniqlashlardan keyin mustaqil O’zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni 1992 yil 
8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilindi.
Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo’ldi. Birinchi 
bo’limda Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari bayon etilib, unda Davlat suvereniteti, xalq 
hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatning bosh yonalishlari o’z ifodasini 
topdi. Asosiy qonunning ikkinchi bo’limi 35 moddadan iborat bolib, inson vafuqarolarning asosiy 
huquqlari, erkinliklari va burchlariga bagishlangan. Bunda O’zbekiston Respublikasining barcha 
fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga ega ekanligi, O’zbekistonning butun hududida yagona fuqarolik 
o’rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, vijdon erkinligi va uning kafolatlanishi 
yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga bevosita hamda o’z vakillari orqali 
qatnashishlari, siyosiy partiyalar va harakatlarga qoshilish huquqlari ta'kiddab ko’rsatilgan.
O’zbekiston mustaqil davlat, deb e'lon qilingan kunning o’zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy 
qilish yuzasidan amaliy choralar ko’rildi. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida, 
respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. 
Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog’ining variantlari ustida ishlashni 
davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo’mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan 
hamkorlikda Davlat bayrog’i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga 
taqdim etish topshirildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bo’lib o’tgan 
VIII sessiyasi "O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida" qonun qabul qildi. O”zbekiston 
Respublikasining Davlat bayrog’i ulug’ ajdodlarimizning haqida va maslaklariga mos keluvchi, millat 


229 
tabiati va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma'naviy jihatlarini ham o’zida aks 
ettirmog’i kerak edi. Mamlakatimiz davlat bayrog’i yurtimizning o’tmishi, bugungi kuni va kelajagi 
yorqin ramzi bo’lib qoldi. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i tasvirlangan lenta to’rt xil 
rangda berilgan.
1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida "O’zbekiston 
Respublikasining Davlat gerbi" to’g’risida qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur 
ma'noga ega. Gerb rangli tasvirda bo’lib, humo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog’i 
va " O’zbekiston" degan yozuvlar tilla rangda, g’o’za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog’lar 
havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda.
O”zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrida bo’lib o’tgan XI sessiyasida 
"O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida"gi Qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir 
Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqdandi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling