Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

15.2. Umumiy tushunchalar. 
Neft va gaz mahsulotlariga talablarning doimiy ravishda o‘sib borishi, ularni 
qazib olish, transport qilish, saqlash va ishlov berish texnologik jarayonlarida hosil 
bo‘ladigan zararli gazlardan atmosfera havosini muhofaza qilishni talab qiladi. 
Atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlari uchun ko‘plab materiallar va mehnat 
sarflari korxonalarni loyihalash bosqichida ishlab chiqiladigan va bu eng yaxshi 
samara beradi. Shuning uchun “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida” 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari 24-moddasida korxonalarni joylashtirish, 
loyihalash, qurilish va foydalanishga topshirishda atmosfera havosiga zararli 
ta’sirlarni normativlarini ta’minlash belgilab qo‘yilgan. Shu bilan bir qatorda 
atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalar ruhsat etilgan konsentratsiyasi 
normalarining oshib ketmasligi uchun zararli chiqindilarni ushlab qolish, o‘tilizatsiya 
qilish, zararsizlantirish yoki tabiatni muhofaza qilish Davlat qumitasining 1994 yil 11 
iyuldagi №14-TK qarori bo‘yicha barcha sanoat korxonalari va xalq xo‘jaligi 
ob’ektlari havosini ifloslantiruvchi chiqindi manbalari bo‘lgan har qanday mulkchilik 
shakllari va muassasaga bo‘ysunilishga bog‘liqligidan qat’iy nazar, ifloslantiruvchi 


194 
moddalar chiqindilari ta’siri darajasini baholash maqsadida va ruhsat etilgan 
chiqindilar 
(PDV) 
normalarini 
o‘rnatish uchun albatta har bir korxona 
inventarizatsiyadan o‘tadi. 
Neft va gaz sanoatidagi barcha texnologik jarayonlar (qidiruv, burg‘ilash, 
qazib chiqarish, yig‘ish, tashish, saqlash, neft va gazni qayta ishlash) tabiiy ekologik 
holati buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Neft konlarini burg‘ilash va neft konlarini shlamlar, oqova suvlar, ularning 
tarkibidagi turli kimyoviy moddalar tabiiy muhitni ifloslantiradi. Atmosfera, 
uglevodorodlar, qattiq zarrachalar, oltingugurt oksidlari, uglerod va azot hisobiga 
ifloslanadi. 
Yoqilg‘i energetika kompleksi hozirgi rivojlanishi bosqichida yer ostidan 
ratsional kompleks va unumli foydalanish va ularni muhofaza qilish muhim 
ahamiyatga ega. 
Gazni tarkibida vodorod sulfid bo‘lgan konlarga, ularni ishlatishda alohida 
e’tibor beriladi. 
Chiqindilarni tahlil qilish shundan dalolat beradiki N
2
S ning asosiy miqdori 
atmosferaga burg‘ilashdan chiqqan quduqlarni shamollatishda, kapital ta’mirlashdan 
so‘ng va turli dala tadqiqotlarini o‘tkazishda chiqadi. 
Hozirgi vaqtda quduqlarni shamollatishda oltingugurt va gaz, hatto qisman 
ajratib olish hislatiga, imkoniyatiga ega bo‘lgan usullar yo‘q. Shuning uchun yagona 
tadbir-qulay ob-havo sharoitlarida shamollatish vaqtini qisqartirishdir. 
Gaz tarkibidagi uglevodorodlar va boshqa komponentlar bilan atmosferani 
ifloslantirishni kamaytirish uchun uni mash’ala yoqish ko‘zda to‘tilgan. 
Hozirgi vaqtda atmosferani turli komponentlardan muhofaza qilish uchun turli 
xil jarayonlar ishlab chiqilgan. Bu jarayonlarning kamchiligi shundaki, ular faqat 
oltingugurtli angidriddan ajralgan gazlarni tozalashni ta’minlaydi. 
Atmosfera muhitini ifloslantiruvchi manba - bu havoga qattiq, suyuq, 
gazsimon yoki aerozol, hamda aralashmalar ko‘rinishida ifloslantiruvchi moddalarni 
chiqaruvchi antropogen yoki tabiiy ob’ektdir. 


195 
Neft va gaz sanoati korxonalarida ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida 
atrof-muhitga ko‘p miqdorda zararli yoki zaharli chiqindilar ajralib chiqadi. Bu 
zararli chiqindilar manbai tarkibi ajraladiga va otilib chiqqan ifloslantiruvchi 
moddalar manbalaridan iborat bo‘ladi. 
Texnologik jarayonlardan ajraladigan ifloslantiruvchi manbalar texnologik 
agregat, qurilma, apparat, dvigatel va boshqa uskunalardan ishlab chiqarish 
jarayonlari kechishi natijasida hosil bo‘lgan moddalar bo‘lsa, otilib chiqadigan 
manbalarga 
esa 
mash’alalar, 
kompressor 
qurilmalari 
quvurlari, 
yong‘in 
regeneratorlari, idishlar, nasoslar, kabinalardan chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar 
hisoblanadi. 
Atrof-muhitga negativ ta’sir etuvchi va ilojsiz ravishda chiqarilayotgan 
uglevodorod 
homashyosi, 
kimyoviy 
reagentlar 
va 
yuqori 
minerallashgan 
suyuqliklarning ruhsat etilgan qiymatlar miqdorida bo‘lishi va zaruriy paytlarda 
zararsizlantirish ishlari doimiy nazoratga olinishi zarur. 
Noqulay metereologik sharoitlarda qisqa muddatli atmosfera ifloslanishi aholi 
sog‘ligi uchun zararli bo‘lsa, korxona chiqindilar chiqarishni qisman to‘xtatishi yoki 
vaqtinchalik ish jarayonini to‘xtatishi lozim. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling