Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Yer osti boyliklarini asrash va atrof-muhitni muhofaza qilish


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

Yer osti boyliklarini asrash va atrof-muhitni muhofaza qilish. 
Yer osti boyliklarini va atrof-muhitni muhofaza qilish, uning hozirgi holatini 
va kelajak avlodlar uchun qolishin ta’minlash, hamda suv, o‘simlik va hayvonot 
dunyosini himoya qilish haqida konstruksiyada alohida modda sifatida ko‘rsatilgan. 
Shuning uchun ham yer osti boyliklarini saqlash, muhofaza qilish ularni oqilona 
ishlatish har bir muhandisning qolaversa har bir insonning sharafli burchidir. 
Undan tashqari hozirgi kunda atrof-muhitga eng ko‘p chiqindi chiqarish 
mumkin bo‘lgan neft va gaz sanoatidir. Shunday ekan biz neft va gaz sanoati 
mo‘taxassislari iloji boricha yer osti boyliklarimizni asragan holda, atmosferaga 
zararli moddalarni tashlamasdan neft va gaz konlarini ishlatishimiz zarur. 
Yer osti boyliklarini to‘lashgacha va har bir tomonlama o‘rganishimiz zarur. 
Yer osti boyliklaridan foydalanishda belgilangan tartibda saqlash va undan 
o‘zboshimchalik bilan foydalanmasligi lozim. 


196 
Yer osti boyliklarini va ular bilan birga uchraydigan boyliklar olishda 
samarali usullarni ishlatish va ulardan iloji boricha unumli foydalanishga erishishni 
ta’minlash lozim. 
Yer osti zaxiralarini saqlanishiga zarar yetkazish mumkin bo‘lgan usullar 
qo‘llanilmasligi lozim. 
Yer osti boyliklarini yong‘indan, suv bosimidan va yer ostidagi boyliklarning 
sifatini pasaytirgan, ularni chiqarishni mushkullashtiradigan boshqa hodisalardan 
muhofaza qilish lozim. 
Qazib chiqarish ishlarining zararli ta’sirini oldini olish quduqlarni ishlatish 
ishlarining bezararligini ta’minlash lozim. 
Suvlarni muhofaza qilish. 
Suvlarning sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi ham suv 
yetishmasligining 
asosiy 
sababi 
tarkibida 
sifatini 
kamaytiruvchi 
begona 
birikmalarning mavjudligi tushuniladi. Yer usti va yer osti suvlarning ifloslanishi 
manbalari juda ko‘p, neft va gaz sohasidagi ham asosiy muommolardan biridir. 
Bularga kimyoviy vositalar bilan ishlaganda ular suvlarni ifloslovchi asosiy 
birikmalardan hisoblanadi. Mineral ifloslovchilar odatda qum, loy, turli meneral 
tuzlar, kislota va ishqor eritmasidan iboratdir. Sayyoramizda suvlarning ifloslanishi 
natijasida har yil 500 milliondan ortiq kishi turli og‘ir xastaliklarga chalinadi. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling