Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


«Muborakneftgaz» MChJ ning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

«Muborakneftgaz» MChJ ning o‘ziga xos xususiyatlari. 
«Muborakneftgaz» MChJ gazni, neftni va gazokondensatni qazib, ularni 
quvurlar orqali haridorlarga qayta ishlash uchun jo‘natishga mo‘ljallangan. Bu gazni 
yoki neftni yer qatlamlaridan chiqarishga imkon beradi.
Gazni yoki neftni konlardan qazib chiqarish jadval asosida bajariladi, bu 
yerda manbaning kuvvati va qatlamning bosimi bosh rolni o‘ynaydi. Gaz va neft 
yuqori bosimda qatlamdan favvora bo‘lib otiladi va nasos-kompressor quvurlar 
orqali yuqoriga ko‘tarilib mo‘ljallangan joyga foydalanishga yuboriladi.


189 
Korxonada shu yo‘l bilan tabiiy gaz qazib olinadi. Ayrim xollarda agarda 
qatlam quvvatining bosimi yetarli bo‘lmasa unda neft chuqurlikdan tortib oladigan 
nasoslar orqali surib olinadi. Gazni yoki neftni yer qatlamidan yuqoriga ko‘targandan 
keyin, gaz quvurlar orqali ma’lum joylardagi separatorlarga jo‘natiladi va qisqa vaqt 
ichida boshqa aralashmalardan, suvdan kondensatdan tozalanib keyin gazni qayta 
ishlash zavodiga jo‘natiladi. Neft, gaz va gazokondensatini iste’molchilarga
jo‘natish jarayonida, bu foydali qazilmalar har xil bosim va temperaturada ishlovchi 
separatorlar, adsorberlar, issiqlik almashuvchilar, ajratgichlar, nasoslar, idishlar va 
boshqa texnologik uskunalar orqali o‘tadi. Bular bir-biriga juda murakkab
texnologik quvurlar kommunikatsiyasi orqali bog‘langan. 
Korxonaning neft konlarida gaz va neft qorishmasi to‘ldirilgan quduqlardan 
quvurlar orqali maxsus gazni neftdan ajratadigan idishlarga tushadi keyin alohida 
yig‘iladigan joylarga jo‘natiladi. Yig‘ilish punktida neft maxsus saqlanadigan 
idishdan oldin dastlab ishlov berilib, keyin maxsus saqlanadigan idishlarga uning 
suvini ajratib oladi. Asosan konlardagi gaz yig‘ish joyida gazda 6% serovodorod 
tashkil qiladi, maxsus kompleks qurilmalarda gazlardan suv va kondensat ajratib 
olinib, maxsus idishlarga, gaz esa har xil aralashmalardan qorishmalardan va 
suvlardan tozalanidi. 
Ishlab chiqarishda mehnat intizomini buzish, xavfsizlik texnikasi 
yo‘riknomalari va qoidalariga rioya qilmaslik, talab qilingan texnologik rejimdan
chetga chiqish ko‘p hollarda bosim ostida ishlovchi idishlar, quvurlarning
bo‘zilishiga va avariyaga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida ish muhitining
gazlanishiga ish joyining ifloslanishiga va baxtsiz hodisalarga olib kelishi
mumkin. 
Ishni noto‘g‘ri tashkil qilish va bajarish ishlab chiqarish jarayonida gazlar,
kondensat bug‘lari, oltingugurt sulfidi va boshqa zararli ta’sir ko‘rsatishiga olib
keladi. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling