Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


-rasm. UGIP ishlarni o‘tkazishdagi yer usti va yer osti jihozlarining


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

14.5-rasm. UGIP ishlarni o‘tkazishdagi yer usti va yer osti jihozlarining 
bog‘lanmasi. 
1-favvora armaturasi; 2- UKQ; 3-ombor; 4-UGIP; 5-manometr; 6-paker; 7-dum; 8-
karotaj stansiyasi; 9- fil’tr; 10- nasoslar agregati; 11,12- o‘lchov sig‘imlari. 
14.2.-jadval 
Nasos agregatlarini soni va turi. 
Chuqurligi, m 
Nasos agregatining turi 
Nasos agregatlarini soni 
2000 
SA 320M, sA 400, 4 
AN-700 
1+1* 
2000-3000 
SA 400, 4 AN-700 
1+1* 
3000 
4 AN-700 
2+1* 
1*- rezervdagi nasos agregatlari. 
Ishni olib borishdan oldin quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi. 
1. Ikki siklli sirkulyatsiyada quduq suv bilan yuviladi va yuvuvchi 
suyuqlikdan tozalanadi, 3x3 mm li o‘lchamdagi to‘rlar yordamida tozalanadi. 


181 
2. Pakerning va oqimli apparatning o‘rnatish chuqurligi aniqlanadi. Bunda 
paker perforatsiya oralig‘idan 10 metrdan kam bo‘lmagan yuqoridagi oraliqqa 
o‘rnatiladi, pakerning tagi zonasiga mustahkamlash tizmasini maksimal tushirish 
chuqurligining kattaligi uning mustahkamligiga bog‘liq bo‘ladi hamda oqimli 
apparatning joylashtirish joyidagi bosimning qiymati nolga tenglashishi mumkin. 
3. Mustahkamlash tizmasining paker o‘rnatilgan joyi zanglardan, loyli 
qobiqlardan, parafin yoki smola qoldiqlaridan qirg‘ich yoki rayber yordamida 
tozalanadi. 
4. Oqimli apparat, paker, sirkulyatsiya va siquvchi klapanlar ishlatish 
ko‘rsatmalari bo‘yicha tayyorlanadi. 
Oqimli apparatlarni ishga tayyorlashda qo‘yidagilar amalga oshiriladi; 
- uning korpusida biriktiruvchi rezbalarning holati vizual tekshiriladi, 
rezbalardagi yuvilish izlari, yeyilgan, pachoqlangan, chuqur belgilar va ko‘ndalang 
qirqilgan joylar bo‘lmasligi kerak; 
- siljish kameralarining holati vizual tekshiriladi –uning sirt yuzasida yuvilgan 
izlar bo‘lmasligi kerak; 
- klapanlarni va ejektorlarning klapanlarini elementlarining germetik holati 
tekshiriladi. 
- moslamalarning korpusining kanallari va klapan egarining kanallari NNQ ni
opressovka qilish uchun yuviladi va tozalanadi. 
5. Paker bilan oqimli apparatni birgalikda hamda quduqqa tizma quvurlarini
tushirish amalga oshiriladi. NNQlarning rezba birikmalarining germetikligini 
ishonchli ta’minlash uchun zichlovchi rezbali surkovlardan yoki ftorli zichlovchi
materiallardan foydalaniladi. Pakerning zichlovchi materialini shikastlanishini oldini 
olish uchun NKQning birikmasi quduqqa 0.25 m/sek tezlikdan kichik qiymatda 
sekin tushiriladi. 
6. Pakerlangandan keyin favvora armaturasi o‘rnatiladi va nasos agregatlarini, 
ajratgichlarni, flyuidlarni o‘lchash va qabul qilish sig‘imlari tasdiqlangan sxemaga
asosan bog‘lanadi. Texnologik jarayonlarni olib borish uchun kerakli nasos 
agregatlarining soni va turi yuqoridagi 2-jadvalga asosan tanlanadi. Ishlarni amalga 


182 
oshirishda texnik tavsiflarni o‘xshash bo‘lgan boshqa turdagi nasos agregatlaridan 
ham foydalaniladi. 
7. Haydash chiziqlari bir yarim karrali kutiladigan ishchi bosimga siqib 
tekshiriladi hamda neft qazib olish qoidalariga muvofiq favvora armaturalari ham 
germetiklikka tekshiriladi. 
8. Quvurning orqa oralig‘ida ortiqcha bosim hosil qilinib, pakerning 
chidamligi yuqori bosimga tekshiriladi, lekin bu bosim ishlatish tizmasini tekshirish 
bosimidan yuqori bo‘lmaydi. 
Oqimli apparatlar yordamida quvurning o‘zlashtirish ishlarini amalga 
oshirishni ko‘rib chiqamiz. 
1. Agarda quduq burg‘ilash eritmasi bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, u oqimli apparat 
yordamida ishchi suyuqlikka – suvga yoki gazsizlantirilgan neftga almashtiriladi 
(suyuqlikning sarfi 1,5 m
3
/sek oshib ketmagan holatda). 
2. Ishchi bosimni hosil qilish yo‘li orqali qatlamdan suyuqlik 0.5-1 soat 
davomida haydab chiqariladi. Bunda qatlamni suyuqlik bilan aloqasining mavjudligi 
oqimning kattaligini va qatlam flyuidining turini aniqlaydi. 
3. 
Gidrodinamik 
klapanlar bilan birgalikda suqma oqimli agregat 
qo‘llanilganda, yer usti agregatlarining ishlari tugallangandan keyin chuqurlik 
manometrining tasmasiga (lentasiga) bosimni egri tiklanishi aniq oraliq davomida (3-
10 soat) yozib olinadi. 
Suqma oqimli apparat quduqdan arqonli texnika yoki teskari yuvish orqali 
chiqarib olinadi. Yer usti oqimli apparat olib chiqilgandan so‘ng undan gidrodinamik 
klapan va chuqurlik manomerti ajratiladi va u qismlarga bo‘linadi, aniq usullar 
asosida qatlam bosimining sekin-pasayishi, quduq atrofining va undan uzoqlashgan 
zonalarni o‘tkazuvchanligi hamda ularning o‘lchamlari aniqlanadi. 
4. NKQning ichiga chuqurlik manometri biriktirilgan suqma oqimli apparat 
tashlanadi. U o‘zining xususiy og‘irligi va 1.5-2.5 m/sek tezlikdagi suyuqlik sarfini 
bostirish orqali korpusning ustiga joylashtirish uchun tashib olib kelinadi. Apparatni 
uyaga ishonchli joylashtirish uchun kabel yordamida qo‘rg‘oshinli muhr tushiriladi 


183 
va suqma apparatning boshchasiga yengil zarba berish orqali u o‘zining o‘tkazish 
uyasini egallaydi. 
5. Yer usti nasos agregatlari yordamida 10-15 daqiqa davomida ishchi 
suyuqlikning sirkulyatsiyasi yordamida ishchi bosim hosil qilinadi. sirkulyatsiya 
davomida quduqdan qancha hajmdagi suyuqlik chiqib ketganligi qayd qilinadi, undan 
keyin esa 5-10 daqiqa davomida sirkulyatsiya to‘xtatiladi. Bunday sikllarning soni 
qatlamdan keladigan suyuqlik oqimining o‘sish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Quduqqa 
oqimni kirib kelishi barqarorlashgandan keyin ishlar bajarilgan hisoblanadi. 
Qatlamga depressiya-repressiya rejimda ta’sir qilish natijasida qatlamning 
quduq tubi zonasining atrofi tozalanadi va quduq asta-sekin flyuidlar bilan to‘ladi. Bu 
texnologiyaning asosiy xususiyati qatlamga berilgan depressiyani hosil qilish 
hisoblanadi, kerak bo‘lganda uning qiymatini va davom etishini boshqarish, qatlamga 
depressiya-repressiya sikllarini ko‘p martali takrorlanishining imkoniyati mavjud 
bo‘ladi. 
Birinchi besh sikllarning davomida ishlarni qo‘yidagi rejimda davom yettirish
tavsiya qilinadi: 10-15 daqiqa davomida qatlamga depressiya va 5-7 daqiqa davomida 
repressiya, undan keyin esa asta-sekin depressiyani hosil qilish vaqti 25-30 
daqiqagacha oshiriladi va agregatlar 10-15 daqiqaga to‘xtatiladi. 
Qatlamdan oqimni chaqirishda va qatlam tubi zonasini tozalashda uchta 
rejimdagi ishlar ketma- ket amalga oshiriladi; 
P
k
=0.5
.
P
rux
; P
k
=0.75
.
P
rux
; P
k
=P
rux
(14.1) 
Texnologik 
jarayonlarni 
olib 
borishda 
qatlamdan 
kirib 
keladigan 
suyuqliklarni va gazlarni miqdori o‘lchanadi, namunalar olinadi va imkoniyat 
bo‘lganda neft va qatlam suyuqliklarning tahlili bajariladi, ulardagi qattiq fazaning 
miqdori va tarkibi (% da), mexanik aralashmalar va boshqalar aniqlanadi. 
Qatlamga ta’sir qilishning davom etishini aniqlashning asosiy me’yori (sikllar 
soni) oqimning barqarorlashishi va kirib keluvchi oqimda mexanik aralashmalarning 
mavjud emasligini aniqlash hisoblanadi. To‘xtovsiz siklik ta’sir etish tamom 
bo‘lgandan so‘ng 2-3 soat davomida qatlam suyuqligi optimal depressiya rejimida 


184 
quduq tubi zonasini to‘liq tozalash uchun quduqdan suyuqlik tashqariga haydab 
chiqariladi. 
6. Suqma apparat chuqurlik manometri bilan birgalikda yer ustiga olib 
chiqariladi manometrga yangi tasma qo‘yiladi, gidrodinamik klapan bilan bog‘lanadi 
va NKQning ichiga tashlanadi. Bosimning egri tiklanishini yozuvi va rasshifrovka 
qilish ishlari bajariladi. Undan keyin esa sirkulyatsiya ishlari 2-3 saot davomida 
yangilanadi va quduqdagi ishlar tugallangan hisoblanadi. 
7. Agarda quduq favvora rejimda ishlatishga o‘tkazilsa, suqma apparat arqonli 
texnika yordamida ko‘tarib olinadi. Quduqlar favvora rejimiga chiqarilganda yer usti 
nasos agregatlari to‘xtatiladi va quduq ishga kiritiladi, quduqdan qolgan ishchi 
suyuqliklar to‘liq chiqarib olinishi uchun qatlamdan keladigan suyuqliklar quvur 
orqali ko‘taruvchi tizimga yo‘naltiriladi. Bundan keyin esa oqimli apparat NKQ 
orqali yuqoriga ko‘tarib olinadi.
Oqim mavjud bo‘lmaganda (oqim juda kichik bo‘lganda) aralash rejimni 
qo‘llash tavsiya qilinadi, ko‘p karrali tezkor depressiya-repressiya quduq tubi 
zonasini regentlar bilan (kislotali, ishqorli, SFM) to‘ldirishni hosil qilish rejimiga 
qo‘shiladi.
8. Quduqdagi qatlam bosimi gidrostatik bosimdan kichik yoki unga teng 
bo‘lganda, quduq texnologik eritma bilan uchiriladi, NKQ pakersizlantiriladi va 
chuqurlik nasos jihozini tushirish uchun yer ustiga ko‘tarib olinadi.
Nazariy hisobotlar va tadqiqot ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, ishchi 
syuqlikning Q
ish
sarfiga muvofiq va qatlamda injeksiyalangan suyuqlik oqimiga Q
in 
bog‘liq holda injeksiya koeffitsienti va nisbiy bosim farqini ∆P
j
/∆P

nisbatlari har 
qanday teng sharoitlarda injeksiyaning qabul kamerasida (quduqning paker tagi 
zonasida) aniq bosimni hosil qiladi.
Ishchi suyuqliklarning bosimini nasos agregatlari (P
a
)
yordamida boshqarish 
orqali (U) injeksiya koeffitsientini hisobga olib, qatlamga bosimni kerakli 
qiymatgacha pasaytirishga erishiladi.
Quduqda oqimli apparatning ishchi qisqa quvuriga kirishdagi bosim P
ish 
qo‘yidagi bog‘lanish orqali aniqlanadi.


185 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling