Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

Elektr xavfsizligi 
Xalq xo‘jaligi va sanoatning boshqa sohalari kabi neft va gaz sanoatida ham 
elektr energiyasining roli muhim o‘rin to‘tadi. 
Elektr energiyasini iste’molchilarga o‘zatish paytida elektr qo‘rilmalarda
yaroqsiz elektr himoya vositalaridan foydalanish, elektr qo‘rilmalarni noto‘g‘ri 
qo‘shib o‘chirishlish olib borilayotgan joyda elektr xavfsizligi bo‘yicha 
ogohlantiruvchi belgi va plakatlarning bo‘lmasligi kabi kamchiliklar elektr tokidan 
jarohatlanishga olib keladi. 
Elektr tokining inson organizmining bir nuqtasidan boshqa ixtiyoriy 
nuqtasiga oqib o‘tishi - boshqa turdagi jarohatlanishga nisbatan o‘ta xavfli
hisoblanadi. 
Organizm orqali elektr toki okib o‘tganda termik, elektrolitik hamda biologik 
ta’sir kiladi. 


192 
Termik tasir - bu elektr toki tegib turgan terining qizib yuqori haroratda 
kuyishidir. 
Elektrolitik tasir - bu inson organizmidagi suyuqliklarni fizik-kimyoviy 
xolatlarining o‘zgarishidir. 
Biologik ta’sir-inson organizmidagi to‘qimalarning ishdan chikishi va 
muskullarning qisqarishiga olib kelishidir. 
Qurilmada elektr toki oqib o‘tayotgan qismga tegmasdan xam elektr tokidan 
jarohatlanishi mumkin. Havo tarmog‘idagi elektr simlarining yerga uzilib tushishi, 
qurilmadagi simning himoya qobig‘i ishdan chiqib qurilma qobig‘iga tegib turishi, 
qurilma atrofida elektr tokining paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunday xolni biz 
«kadamli kuchlanish» deb ataymiz. Qadamli kuchlanish deb atashimizga asosiy 
sabab, yerga tarqalayotgan kuchlanish turli nuqtalarga turlicha bo‘ladi. Qadamli 
kuchlanish yuzaga kelgan joyda ikkala oyoqni yerdan ajratmasdan harakatlanish 
tavsiya qilinadi. 
Inson organizmining o‘rtacha qarshiligi 1000 Om qarshilik birligiga teng. 
Elektr tokining inson organizmiga uzoq ta’sir etib turishi bu qarshilikni kamayishiga 
olib keladi. Inson o‘z organizmi orqali 0.6-1.5 mA tok kuchi oqib o‘tsa seza 
boshlaydi va bu tok «quyib yuboradigan tok» deyiladi. Agar 10-15 mA tok kuchi 
oqib o‘tayotgan bo‘lsa inson o‘zini bu tokdan ajrata olmaydi. Bu tokni «quyib
yubormaydigan tok» deyiladi. 
Tok kuchi 50 mA ga yetganda organizmning nafas olishi qiyinlashib, yurak 
sistemasiga ham ta’sir qila boshlaydi. 100 V ga ya’ni 100 mA li tokka tushgan paytda 
yurak o‘rishi tuxtab, insonni o‘limga olib kelishi mumkin. Agar tok kuchi 5 A dan 
oshsa insonni nafas olishi va yurak urishi shu ondayok tuxtaydi. Bu tok qisqa vaqt 
ya’ni 2 sekund ichida davom etsa bu vaqtda yaralanmasdan havo olishi tuxtaydi. 
Bunday paytda insonga sun’iy nafas berish mumkin bo‘ladi. 
Qurilmada ishlayotgan ishchining behosdan tok o‘tayotgan qismga tegib 
ketishi, elektr kabellarining himoya qobig‘i ishdan chiqib, qurilma kobigiga tegib 
turganda, qisqa to‘tashuv yuz berganda ishchini himoya qilish maqsadida elektr 
qurilmalar yerga ulanadi. 


193 
Yerga ulash - elektr energiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan metall korpusning yerga 
bog‘langanligidir. Bu bog‘liqlik yiliga bir marotaba tekshirilib, maxsus bayonga 
belgilab boriladi. Qurilma qarshiligining imkoni boricha kichikligi maqsadga 
muvofiq, chunki qurilma qobig‘ida paydo bo‘lgan elektr tokining yerga o‘tib 
ketishiga yaxshi imkoniyat bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida qurilmada ishlayotgan 
ishchining xavfsizligini ta’minlaydi. 
Ishchi o‘z navbatida shahsiy xavfsizligini ta’minlash uchun - qurilmani 
qushib ajratganda, birinchi yordam ko‘rsatganda, elektr tokiga tushib qolganda, elektr
himoya vositalaridan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Elektr tokini o‘tkazmaydigan 
rezinali qulqopdan, rezinali kovrikdan va himoyalangan oyok ostiga qo‘yib ishlovchi 
moslamadan foydalaniladi. 
Har safar himoya vositalaridan foydalanishdan oldin ishchi uning sozligiga 
va tozaligiga hamda tekshirilganligi xaqidagi belgisiga e’tibor berishi kerak. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling