Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

Tuproqlarni muhofaza qilish. 
Unumdorlik xususiyatiga ega bo‘lgan yer yuzasining ustki g‘ovak qatlami 
tuproq deyiladi. Tuproqlarning tabiatdagi va jamiat hayotidagi roli g‘oyat beqiyosdir. 
Tuproq organizmlar uchun hayot muxiti, ozuqa manbai hisoblanadi, moddalarning
kichik biologik va katta geologik aylanma harakatida muhim rol o‘ynaydi. Tuproq 
qattiq, suyuq va gazsimon komponentlardan iborat bo‘lib, iqlim, tog‘ jinslari
o‘simliklar va hayvonlar, mikroorganizmlarning o‘zaro murakkab ta’siri natijasida 
hosil bo‘ladi. Bir gramm tuproqda milliondan ortiq sodda hayvonlar va o‘simliklar 
uchraydi. 
Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga ko‘ra 
tuproqda 3 ta asosiy qatlam ajraladi. 


197 
1.A – eng ustki gumus (chirindi) li qatlam;
2.B – yuqori qatlamlardan mineral va organik birikmalardan to‘plangan 
qismi;
3.S – tuproq vujudga keladigan ona jinsi qatlami. 
Biosferada bajariladigan faoliyatga qarab tuproqni organik hayot zanjirining 
eng muhim halqasi, deb yuritiladi. Tuproqda u yoki bu mikro elementlarning 
yetishmasligi yoki ortiqchaligi organizmlarning rivojlanishi va insonning sog‘lig‘iga 
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq kasallik tarqatadigan ko‘plab mikroorganizmlar 
uchun zarur hayot muhiti hisoblanadi. Tuproqda sil, vabo, o‘lat, ichterlama, 
bursellyoz va boshqa kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar bo‘lishi mumkin. 
Shuning uchun tuproqlarni ifloslanishidan saqlash muhim ahamiyatga ega. 
Quduqlardagi kislotali ishlov berishdan keyin chiqindilarni to‘kib tashlash tuproqni 
zararlashi va ularni chang orqali shamol bilan ma’lum xududgacha berishi inson 
hayotiga katta xavf bo‘lishi mumkin. 
 
15.3. Atrof muhit muhofasi. 
Yer osti boyliklarini muhofaza qilish. 
Tabiat muhofazasi, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, ish bilan 
birgalikda yer osti boyliklaridan eng muhim muammolardan hisoblanadi. Hozirgi 
davrda va texnika – texnologiyalarning globallashuvi davrida davlatimiz elektro – 
energetik bazamizni kuchaytirish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Respublikamizda gaz qazib ko‘rsatgichlarini o‘sib borayotganligi hamda neft 
mahsulotlariga 
bo‘lgan 
talabning 
oshib 
ketayotganligi 
sababli 
yer 
osti 
boyliklarimizdan kompleks ravishda oqilona tejamkorlik bilan foydalanish va ularni 
asrash va himoya qilish oldimizda turgan muammolaridan biridir.
Davlatimizda Oliy majlis tomonidan mineral xom ashyolardan foydalanishni 
yaxshilash, yer osti va yer usti boyliklarini geologik qidiruv ishlarini jadallashtirish 
bo‘yicha keng miqyosdagi programmalarni amalga oshirish masalasi qo‘yilgan. Bu 
programmada yer osti va yer usti boyliklarilan oqilona foydalanish ta’minlash va 
tejamkorlik bilan foydalanish bo‘yicha bir qator qonunlar ishlab chiqilmoqda.


198 
Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni himoya qilishning bosh 
yo‘nalishlaridan biri tejamkorlik bilan foydalanish, tog‘ kon qidiruv ishlarini, 
burg‘ilash va konlarni ishga tushirishni ilmiy asoslangan rejalar asosida amalga 
oshirish kerak bo‘ladi. Yer osti boyliklarini va atrof muhitning muhofazasi 
muammolari yerlarni, yer ust iva yer osti atmosferani himoya qilish bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Yuqoridagi mulohazalardan kelib, sanoatning neft gaz 
tarmoqlarida bunday muammolarning bosh masalasi sifatida quyidagilarni ko‘rib 
chiqish mumkin:
a) boyliklarni joylashuvini kompleks geologik o‘rganish, neft va gaz, va 
shunga yo‘ldosh bo‘lgan foydali qazilmalarning zahiralarining sifatli va miqdori 
to‘g‘risida asoslangan ma’lumotlarni olish;
b) konlarni qidirish va ishlatish jarayonlarida otilmalar, ochiq favvoralar, 
qatlam ichra va quduq ichra oqimlarni oqib ketishi jarayonlarida neft va gaz 
zahiralarini yo‘qotilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
v) qazib olingan neftni, yo‘ldosh gazni va tabiiy gazlarni kondensatni ishlatish 
jarayonida, tayyorlashda va neft-gazni saqlashda yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak;
g) kam harajat sarflab neft, gaz va kondensat hamda boshqa yo‘ldosh foydali 
qazilmalarni zahiralarini qazib olishni maksimal ko‘rsatgichiga erishish;
d) burg‘ilash, ishlatish, quduqlarni tadqiqotlash, neft va gazni yer osti 
saqlagichlarini qurish va ishlatish davrida ifloslanishiga, zaharlanishiga, deformatsiya 
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling