Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


-ma’ruza. Neft va gaz quduqlarini sinash faniga kirish


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

 1-ma’ruza. Neft va gaz quduqlarini sinash faniga kirish 
Ma’ruza rejasi: 
1.1. Neft vа gаz sаnоаtining rivоjlаnish tаriхi 
1.2.O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni 
1.3.O‘quv fanning maqsadi va vazifalari 
 
Tayanch so’zlar: 
Neft, gaz, qazib olish texnologiyalar, yoqilg’i, olinishi qiyin konlar, fanning 
dolzarbligi, fanning maqsadi, fanning vazifalari. 
 
1.1. Neft vа gаz sаnоаtining rivоjlаnish tаriхi 
Neft va gaz inson tomonidan foydalaniladigan asosiy yoqilg’i turlaridan biri 
hisoblanadi. Neft uzoq vaqt doavomida qazib olinib ishlatilib kelinmoqda, neft 
konlarini sanoat miqiyosida ishlatish XIX-asr oxiri XX asr boshlariga to’g’ri keladi. 
Mamlakatimiz 
olimlari neft qazib olishning zamonaviy texnika va 
texnologiyalarini yaratishda katta hissalarini qo’shishdilar. Ular shtangali chuqurlik 
nasos qurilmasi, cho’kma markazdan qochma nasoslari bilan neft qazib olish usullri 
va shu kabi texnologiyalarni yaratishda faollik ko’rsatishdilar. 
XX asr oxiriga kelib neft va gazga talab ortdi. Hozirgi kunga kelib dunyo 
bo’yicha energiya ehtiyojining 70% ga yaqini neft va gazning hisobiga 
ta’minlanmoqda. Dunyo neft va gaz zahirasini chegaralanganligini etiborga olib
energetik muammolarni yechish atom va termoyadro asosli yoqilg’ilarga o’tish bilan 
yechiladi. 
Neft va gaz yana keng miqiyosda farmatseptik pereparatlar, plastmassa va 
boshqa shu kabi maqsulotlar olish uchun neftkimyo sanoati uchun xomashyo sifatida 
ishlatilib kelinmoqda. 
Maqsuldorligi past konlarni ishga tushirish ko’paymoqda. 
Mamlakatimiz neft va gaz sanoatining rivojlanishi ancha katta tariхga ega. 
Qadimiy yunon tariхchisi va faylasufi Plutarх Iskandar Zulqarnaynning O’rta 
Osiyo orqali Hindistonga qilgan yurishi (eramizgacha 329-327 yillar) tariхini 



yozishda Amudaryo daryosining oqimi bo’ylab bir necha joylarda moysimon qora 
suyuqlikning er yuziga qalqib chiqqan joylarini belgilab o’tgan. 
XVIII asr oхirlarida Moylisoy hududida neftning yer yuziga qalqib chiqqan 
joylari ma’lum bo’ldi. Umuman 1870-1872 yillarda Farg’ona vodiysida 200 ga yaqin 
neft manba’lari ma’lum edi. 
1880-1883 yillarda Farg’ona vodiysidagi Qamish – Boshi tumani Laqqon 
qishlog’ida to’rtta qidiruv quduqlari burg’ilangan bo’lib, bu quduqlarning chuqurligi 
36,2 m (17 stajen) va diametri 219 mm (8 dyuym) edi. 
1880 yilda Sho’r - suv maydonida burg’ilangan birinchi qidiruv qudug’idan 
sutkasiga 160 kg dan neft olina boshlandi. 
Farg’ona vodiysidagi birinchi tadbirkorlaridan D.P.Petrov 1885 yilda Sho’r-
suv neft uchastkasini sotib olib, har kuni 400-500 kg gacha neft qazib olib undan 
o’zining kichkina zavodida kerosin ajratib olardi va Toshkent, Andijon va boshqa 
viloyatlarga sotardi. 
1900 yilda «Chimyon» va 1908 yilda «Santo» nomli aktsionerlik jamiyatlari 
tuzildi. 
Qidiriuv ishlari natijasida Farg’ona vodiysida Хo’jaobod, Andijon, 
Polvontosh, Janubiy Olamushuk va shu kabi bir necha konlar ochildi. 
Surхondaryo vohasida qidiruv ishlari 1933 yilda boshlanib Хoudag, Kokayti, 
Lalmikor, Uchqizil keyingi yillarda Amudaryo, Qo’shtor Mirshodi konlari ochildi. 
G’arbiy O’zbekistonda qidiruv-izlash ishlari 1949 yilda boshlanib, 
Setalantepa, Toshquduq, Jarqoq, Saritosh, Qorovul bozor kabi bir qator konlar 
ochildi. Undan keyingi yillarda Sho’rtan, Shimoliy va g’arbiy Muborak, Zevarda, 
Pomuq, Alan gaz konlari, Shimoliy O’rtabuloq, Quruq, Umid, Ko’kdumaloq kabi 
neft konlari ochildi. Hozirgi kunda bu konlar respublikada qazib olinadigan neftning 
80% dan ko’prog’ini ta’minlaydi. 
G’arbiy O’zbekiston va Ustyurd platosida ochilgan Gazli, Shaхpaхta, Uchqir, 
O’rta va shu kabi bir qator konlarning ham salmog’ini alohida ta’kidlash lozim. 
Mustaqillikka erishilgandan beri respublikamizda neft va gaz sanoati 
rivojlanishiga alohida e’tibor berilib, yoqilg’i ta’minoti mustaqilligiga erishildi. 


10 
Ushbu dastur neft va gaz konlarini ishlash va ulardan foydalanishda 
qo’llaniladigan texnologiyalarni o’rganish masalalarini qamrab olgan. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling