Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

Nazorat savollari: 
1. O’zbekistonda neft va gaz sanoati qachondan rivojlana boshlagan? 
2.O’quv fanining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 
3. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni 


12 
2-ma’ruza. Quduq konstruksiyasini loyihalash 
Ma’ruza rejasi: 
2.1. Quduq konstruksiyasini tanlash va loyihalash 
2.2. Himoya quvurlari sonini va ularni tushirish chuqurligi tanlash 
2.3. Burg‘ini va himoya quvurlari diametrini tanlash 
2.4. Himoya quvurlari va ularni birikmalari 
 
Tayanch so‘zlar: 
Quduq konstruksiyasi, yo’llanma, konduktor, texnik tizma, ishlatuvchi 
quvurlar tizmasi, himoiya quvurlari, burg’i va himoya quvuri diametiri eritmaning 
yutilishi, yuvuvchi suyuqlik. 
 
2.1. Quduq konstruksiyasini tanlash va loyihalash. 
Quduq uzoq muddatli kapital qurilish bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun 
konstruksiyani mustahkam, barcha o‘tkazuvchan tog‘ jinslarini germetik ajralishini 
ta’minlay oladigan, burg‘ilash jarayonida loyihadagi chuqurlikkacha borishini va 
geologik vazifalarni va boshqa tekshirish ishlarini hal etila oladigan bo‘lishi, konni 
ishlatishni barcha bosqichlarida ishlatish rejimini oldindan loyihalash, yer ostini va 
atrof-muhitni ifloslanishdan muhofaza qilish qonunlariga rioya qilish. Shu bilan 
birgalikda quduq konstruksiyasi iqtisodli bo‘lishi lozim. 
Quduq konstruksiyasini tanlashda ko‘plab omillar ta’sir qiladi: quduqlarni 
vazifasi (maqsadi) (qidiruv, eksplutatsion, haydovchi va boshqalar), loyihaviy 
chuqurligi, geologik tuzilish xususiyatlari, tog‘ jinslarini mustahkamligi, bosimni 
yutilish indeksi va qatlam bosimini anomal koeffitsientining chuqurlik oshishi bilan 
o‘zgarish harakteri, qatlam suyuqligini tarkibi, quduq yuzasini holati (quruqlik, suv 
havzasi), quduqni profili, burg‘ilash usuli va davomiyligi, burg‘ilash texnologiyasini 
taraqqiy etganligi, mahsuldor qatlam kirish usullari, burg‘ilash va eksplutatsiya 
jarayonida harorat rejimi, quduq debiti va eksplutatsiya usullari turli stadiyalar uchun, 
ishlatiladigan 
uskunani 
mukammallik 
darajasi, 
muhandis 
texnik 
ishchilarni 
kvalifikatsiyasi va boshqalar. 


13 
Quduq konstruksiyasini loyihalash demak bu konning aniq bir sharoitidan 
kelib chiqqan holda quduqni himoya quvurlarini soni, tizmalarni kattaliklari 
(diametri, har bir tizmani tushurilgan chuqurligi), har bir tizmani burg‘ilash uchun 
burg‘ining diametri, sementni balandligi va mahsuldor qatlamga kirish usulini 
tanlash. Bu vazifani echish jarayonida ko‘pincha quduq konstruksiyasini bir nechta 
varianti hosil bo‘ladi. 
Bu variantlarni ichidan shunday bitta variant tanlanishi lozimki, bu variant 
quduq oldida turgan vazifani minimum harajat bilan bajara olishi kerak. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling