Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi


Download 1.87 Mb.
bet24/31
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1330568
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Radiatsion – isituvchi pechlar
Gazoyl va ligroin krekingi;
Termik polimerlash (isituvchi seksiya)…………………………..……...30 – 40
Distillyat xom ashyosining chuqur kerekingi…………………...……….23 – 35
Og‘ir va qoldiq xom ashyoning yengil krekingi………………………...21 – 31
Mazutning yengil krekingi………………………………………..……..25 – 50

Pechlarning konstruktiv elementlari.Hozirgi vaytda loyihalanadigan quvurli pechlarning konstruktiv о‘lchamlari, turlari va parametrlari mos normalar asosida kо‘zda tutilgan. Pechlarning konstruktiv elementlar quyidagilardan iborat: asos (fundament), metall karkaslar, devor va tom, quvurli zmeyeviklar, garnitura (quvurlarni ushlab turuvchi moslama) lar, yoqilg‘i qurilmalari, yoqilg‘i-havo va bug‘ bilan ta’minlash sistemasi, xizmat kо‘rsatish va ta’mirlash uchun maydoncha va zinalar, mо‘rilar va tutun quvurlari, bug‘ isitkichlari va rekuperatorlar.



Hisoblash qismi
Flegmani termik kreking qilish uchun alangasiz yonadigan о‘txona trubalarining sonini va ularning yuzasi aniqlansin.
Berilgan: О‘txona ish unumdorligi 50 t/soat. Flegma nisbiy zichligi f=0,88, uning molekulyar og‘irligi Mf=230, о‘rta molekulyar qaynash temperaturasi tfm.о‘r.=260oS. Gazning chiqishi 6%, benzinniki – 21%. Benzinning nisbiy zichligi f=0,75, molekulyar og‘irligi Mb=110, о‘rtacha molekulyar qaynash temperaturasi tbm.о‘r.=130oS. О‘txonaga kirishdagi bosim rk=50 atm., chiqishdagi esa - rk=35 atm. О‘txonaga kirijdagi temperatura tk=350oS, chiqishdagi esa – tch=505oS.
Yechish: О‘txonaning issiqlik yuklamasini aniqlaymiz. Buning uchun, о‘txonadan 35 atm. da chiqayotgan mahsulot suyuq yoki gazsimon holatda ekanligi aniqlanishi lozim. Flegmaning va benzinning о‘rtacha molekulyar qaynash temperaturalari bо‘yicha 5.2-rasmdan ularning kritik temperaturalari tf.kr=455oS va tb.kr=320oS larni topamiz. Kritik temperaturalar о‘txonadadan chiqayotga temperatura (tch=505oS) dan kichik bо‘lgani uchun, о‘txonadan chiqayotgan hamma mahsulot gaz agregat holatida bо‘ladi. Ma’lumki, neft mahsulotlari bug‘larining issiqlik sig‘imi bosim ortishi bilan kamayadi. Bosimga bog‘liq bо‘lgan issiqlik sig‘imga tuzatishni aniqlaymiz.
Flegmaning absolyut kritik temperaturasi:
Tf.kr= tf.kr.+273= 455+273=728oS
Sistemaning absolyut temperaturasi
T=tch+273= 505+273=778oS
Flegmaning keltirilgan temperaturasini ushbu formuladan topamiz:

Flegmaning kritik bosimini ushbu formuladan aniqlaymiz:

bu yerda k - fraksiya xarakteriga bog‘liq koeffitsiyent va u 6,8 ga teng; Mf-flegma molekulyar og‘irligi.
Keltirilgan bosim






Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling