Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi


Download 1.87 Mb.
bet23/31
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1330568
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
12-Amaliy mashg‘ulot
Kreking jarayonini о‘tkazish uchun pechlarning hisobi.
Quvurli pechlarning asosiy ish kо‘rsatkichlari. Har qanday quvurli pech uch asosiy kо‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi: ish unumdorligi, foydali issiqlik yuklamasi va foydali ish koeffitsiyenti.
1. Pechning ish unumdorligi vaqt birligi ichida zmeyevik quvurlarida isitiladigan xom -ashyo miqdori bilan aniqlanadi.
2. Foydali issiqlik yuklamasi – pechda xom ashyoga uzatiladigan issiqlik miqdorini bildiradi.
Issiqlik yuklamasi pechning issiqlik quvvati va о‘lchamlariga bog‘liq. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan pechlarning issiqlik yuklamasi 8-16 M kal/s ga teng.
3. Foydali ish koeffitsiyenti – pechni ekspluatatsiya qilish tejamkorligini xarakterlaydi va foydali issiqlik miqdorining yoqilg‘ining tо‘liq yonishidan hosil bо‘lgan umumiy issiqlik miqdoriga nisbati bilan belgilanadi.
; (12.1)
Bu kattalik yoqilg‘ining tо‘liq yonishiga, atrof – muhitga hamda tutun quvurlari orqali chiqadigan gazlar bilan yо‘qotiladigan issiqlik miqdoriga bog‘liq. Hozirgi paytda neftni qayta ishlash zavodlarida ishlatilayotgan pechlarning foydali ish koeffitsenti 0,65-0,85 ga teng.
Foydali ish koeffitsiyentini oshirish tutun gazlari issiqligidan mumkin qadar tо‘laroq foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Konveksion kameradan chiqib ketayotgan tutun gazlarning temperaturasi qizdirilgan xom ashyoning boshlang‘ich temperaturadan hech bо‘lmaganda 1500S ga yuqori bо‘lishi kerak.
Quyida issiqlik kuchlanishlarining pechlarni loyihalash va foydalanishda qо‘llaniladigan ruxsat etilgan qiymatlari keltirilgan:
Isituvchi pechlar
Issiqlik kuchlanishi,
ming.kkal m-2. s-1.
Bug‘lantirmasdan isitish……………………………………………………40
Neftni isitish va bug‘latish
3400S gacha……………………………………………………………...27 – 40
4250Sgacha…………………………… ………………………………..24
Mazutni vakuumli haydash……………………………………………..21 – 27
Sekin kokslash………………………………………………………………..25
Kreking – distilyatni ikkilamchi haydash……………………………………22
Parafinsizlashtirish qurilmasi
filtratini haydash…………………………………………………...…………17
Qoldiq moy eritmasini isitish………………………………………...………15

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling