Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fakulteti «oziq -ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi


Download 0.98 Mb.
bet8/30
Sana31.03.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1313359
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Ishni bajarish tartibi.


I.Don namligini asosiy standart usuli bilan aniqlash.
30 g don laboratoriya tegirmonchasida maydalanadi. Maydalangan don yirikligi 0,8 mm li elakdan elanib aniqlanadi.
jadval – 1



Don turi



0,8 mm li elakdan o‘tgan qoldiq

Bug‘doy
Grechixa
Suli
Boshqa boshoqli va dukkakli donlar

60% dan kam emas
50%
30%
50%



Bo‘sh byukslar og‘irligi texnik tarozida o‘lchanadi. Maydalangan dondan xar biri 5g dan bo‘lgan namuna byukslarga joylashtiriladi. o‘lchanma 0,1% aniqlikda bajariladi. quritshi shkafi 130°C gacha qizdirilgan bo‘lishi kerak. Byukslar namuna bilan SESH quritish shkafiga qopqoqlari ochiq xolda joylashtiriladi va nazorat chirog‘i o‘chgandan so‘ng vaqt belgilanadi 1300C temperaturada 40 minut davomida quritiladi. Keyin byukslar tigelli qisqichlar yordamida tortilib olinib, qopqog‘i yopiladi va eksikatorga 15-20 minutga sovutish uchun qo‘yiladi.





Sovutilgandan so‘ng byukslar og‘irligi o‘lchanadi va namlikni yo‘qotilishi aniqlanadi.

Namlik quyidagi formula orqali aniqlanadi:


WK = (a-b)×100/ (a-s)


bunda: a-namuna bilan byuksni quritishdan avvalgi og‘irlig, g; b-namuna bilanbyuksni quritishdan keyingi og‘irligi, g;
s – bo‘sh byuksni sof og‘irligi, g;
P.Don namligini oldindan quritib olish yuli bilan aniqlash.
Agar don 17% dam ortiq namlikka ega bo‘lsa, uni oldindan quritib olish zarur. Texnik tarozida 20g donni o‘lchab olib, setkali byuksga joylashtiriladi, SESH-ZM quritish shkafida 105 ºC temperaturada 30 minut davomida quritiladi. Keyin don eksikatorsiz sovutiladi va texnik tarozida o‘lchanib, quritishdagi farq aniqlanadi. quritilgan donlar labaratoriya tegirmonida maydalab, 2 o‘lchanmada 5 gramdan oldindan o‘lchangan byukslarda tortiladi. Don o‘lchamlari 130 ºC temperaturada 40 minut davomida quritiladi. Keyin byukslar tigelli qisqichlar yordamida tortilib olinib qopqog‘i yopiladi va eksikatorga 15-20 minutga sovutish uchun quyiladi.
Sovutilgandan so‘ng byukslar og‘irligi o‘lchanadi quriladi va namlikning yo‘qotilishi aniqlanadi.
Namlik quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling