Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fakulteti «oziq -ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi


Download 0.98 Mb.
bet7/30
Sana31.03.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1313359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Namunalarni qo‘lda ajratish. Namunalarni bu holda ajratish "O‘rtacha namuna ajratish" mavzusida yoritilgan kesma bo‘lish usulida amalga oshiriladi. Ushbu usulda namunani aralashtirish va bo‘lish, namuna uchun don ikki qarama-qarshi uchburchaklarda taxminan bir xil zarur miqdorda qolgunigacha davom ettiriladi. Namunalar bo‘lgich aparatlarida ajratilgani singari amalga oshiriladi.
Xulosa: ish yakuniga ko‘ra talaba quyidagi xulosani chiqarish kerak. Tekshirilgan namunadagi donning og’irligi, mashina bortining uzunligi, kengligi, o’rtacha namunani hosil qilish talablari, BIS bolgichda donning ajralishi, donning ko‘rsatkichlariga to‘g‘ri keladimi, agar boshqacha farqlari bo‘lsa ular nimadan iborat.
Laboratoriya ishi № 2
Mavzu: Donning namlik miqdorini aniqlash.
Ishdan maqsad: Donning namligini aniqlash uslublarini o‘rganish va aniqlash.
Asbob va uskunalar: 1.Texnik tarozilar; 2.Laboratoriya tegirmonchasi;
3.SESH-3M quritish shkafi; 4.0,8 mm o‘lchamli simli elak: 5. Byukslar. 6.Tigelli qisqich; 7.Signalli soat; 8.Eksikator.
Asosiy tushunchalar
Don massasining namlgini uni saqlashdagi asosiy ko‘rsatkichidir. Biroq ma’lumki, saqlashda donlarning namligi saqlash sharoitiga bog‘liq xolda o‘zgaradi.
Donning massasining namlanishi yoki qurishi tashqi xanodagi suv bug‘larining yuzasidagi namlik miqdoriga bog‘liqdir. Tashqi xavo bug‘larning nisbiy namlikning farqi qanchalik katga bo‘lsa. namlikning sorbsiyasi yoki desorbiyasi shunchalik tez boradi. Bir qancha vaqt o‘tishi bilan xavodan donga yoki dondan xavoga suvning o‘tishi tugaydi dinamik muvozanat xolatiga keladi. Bu paytda tashqi xavodagi suv bug‘ining parsial bosimi bilan don massasi yuzasidagi porsial bosim bir-birga teng bo‘ladi.
Davlat standartlarida g‘alla ekinlari uchun namlikning 4 ta xolati berilgan:
1. quruq don namligi - 14% gacha;
2.o‘rtacha namlik 14 - 15,5% gacha;
5. Nam don - 15.5 - 17% gacha;
4.Etilmagam don - 17% va undan yuqori.
Don namligi to‘xri va bilvosita usullar bilan aniqlanadi.
Bilvosita usul: qolgan qoldiq bo‘yicha aniqlash elektrik va kimyoviy usullardir. Bu usullar oziq-ovqat sanoatida keng qullaniladi.
Don namligini SESH - quritish shkaflarida: 105°, 130° quritib, qolgan qoldiq bo‘yicha namlikni aniqlash asosiy standart usuli deyiladi.
Agar don namligi 17% dan yuqori bo‘lsa donni maydalab quritishdan avval butun don namunasi 105° da 30 daqiqa davomida quritib olinib aniqlanadi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling