Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fakulteti «oziq -ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi
Download 0.98 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
- Donlarning muvozanatdagi namligini tenzimetrik usul bilan aniqlash
X=100- (G*q)
G - 20g mayladalanmagan donning quritishdan keyingi og‘irligi g. q - 5g maydalangan donning quritishdan keyingi og‘irligi Ikki paralel orasidagi farq, ikkita aniqlash uslubida xam ±0.25%, arbitraj aniqlash orasidagi farq ±0.5% dan oshmasligi kerak.
20g maydalanmagan donning quritishdan keying og‘irligi______g 5g maydalangan donning quritishdan keyingi og‘irlig _______g Xulosa: Donning namlik bo‘yicha xolati_________________ TENZIMETRIK MUVOZANATDAGI USUL YORDAMIDA DONNING NAMLIGINI ANIQLASh Don massasining namligi uni saqlashdagi asosiy ko’rsatkichidir. Biroq ma'lumki, saqlashda donlarning namligi saqlash sharoitidan boglik xolda o‘zgaradi: namlik havoning harorati. Don massasining namlanishi yoki qurishi tashqi havodagi suv bug’larining bosimiga va donlarning yuzasidagi namlik miqdoriga bogliqdir. Tashki havo bug’larining nisbiy namligi bilan donlar orasidagi nisbiy namlikning farqi qanchalik katta bo‘lsa, namlikning sorbsiyasi va desorbsiyasi shunchalik tez boradi. Bir qancha vaqt o‘tishi bilan havodan donga yoki dondan havoga suvning o‘tishi to’xtaydi - don dinamik muvozanat holatiga keladi. Bu paytda tashqi havodagi suv bug’ining parsial bosimi bilan don massasi yuzasidagi parsial bosim bir-biriga teng bo’ladi. Don massasining muvozanatdagi namligi tenzimetrik va dinamik usullar bilan aniqlanadi. Donlarning muvozanatdagi namligini tenzimetrik usul bilan aniqlash Don massasining muvozanatdagi namligini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi. Tekshirilayotgan dondan olingan o‘lchanmalar o‘lchangan shisha byukslarga yoki idishlarga solinadi. Bular - gigrostat yuza qismida aniq taranglikka ega bo’lgan suv bug’lari mavjud suyuqlik solingan eksikatorga kuyiladi. Vaqt o‘tishi bilan donlarning o‘ziga namlikni shimdirib olishi uning gigroskopligidan dalolat beradi. Tajriba jarayonida erishilgan donning muvozanatdagi namligi o‘lchanmani quritish yo‘li bilan aniqlanadi. Donlarni o‘zgarmas massasigacha quritish usuli kam aniqlikdagi natijalarni beradi. Havoning ani nisbiy namligini hosil qilish uchun eksikatorlarga 1-2 litrga yakin sul'fat kislotasining kerakli konsentratsiyali eritmasidan yoki tuzlarining to’yingan eritmalaridan solinadi. Konsentrlangan kislota eritmalari, ishqorlar va boshka moddalar texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda tayyorlanadi. Tajribalar doimiy va qat'iy aniqlangan haroratlar ostida ikki-uchta parallel namunalar bilan o‘tkaziladi. Yutiladigan namlik eksikatordagi donlar bilan suyuqlik o‘rtasidagi masofadan, mahsulot qatlamining qalinligidan, gigrostat qurilmasidan bog’liq. Bu shartlar barcha tajribalarda bir xil bo’lishi va ayniqsa, vaqt oraligida namlikning o‘zgarish jarayonini o‘rganishda bu narsaga alohida e'tibor berish kerak. Bu usulning kamchiligi jarayonning davomiyligida (muvozanat holati 20-30 va undan ortiq kunlarda boshlanadi) va donlarning mog’orlanishidadir (havoning nisbiy namligi 75-80% bo’lganda). Bular esa tajriba natijalariga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling