Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov


Tog‘ jinslarining tarkibi, bog‘lanish kuchlari, darzliligi


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/57
Sana21.10.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1714750
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57
Bog'liq
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV

Tog‘ jinslarining tarkibi, bog‘lanish kuchlari, darzliligi. Kon jinslari: qattiq 
zarrachalar, suyuqlik va gazlardan iborat bo‘lgan uch komponentli muhitdan tashkil 
topgan.
Tog‘ jinsiga qo‘yilgan og‘irlik har bir komponent zichligining o‘zgarishiga olib 
keladi, buning natijasida uning xususiyatlari o‘zgaradi. 
Uch komponentli tog‘ jinsining o‘rtacha zichligi quyidagicha hisoblanadi: 
ρ = α
1
ρ
1
+ α
2
ρ
2
+ α

ρ
3
= m/v, 
bu yerda α
1
,
α
2
,
α

– qattiq, suyuq va gazsimon fazalarning hajmi bo‘yicha miqdori, 
birlikdagi ulushi; 
ρ
1
, ρ
2
, ρ
3
- qattiq, suyuq va gazsimon komponentlarning zichligi; 
m – barcha uchta fazalarning yig‘ma massasi;
v - umumiy hajm. 
Tog‘ jinsining g‘ovakligi - jinsdagi g‘ovaklar hajmining umumiy Tog‘ jinsi 
hajmiga nisbatiga teng bo‘lgan bo‘lib u foizda ifodalanadi.
Qattiq kon jinslarning g‘ovakligi 0,1 - 50 % bo‘lib, u bosim ostida kamayadi. 
Masalan tuproqlarda 50 % dan 7 % gacha kamayadi.
Siqiluvchanlik – deb, kon jinslarining g‘ovakchalar hajmining kamayishi 
hisobiga, hosil bo‘lgan hajmning kamayish qobiliyatiga aytiladi. Siqiluvchanlikning 
absolyut kattaligi g‘ovaklikka, suyuqlik va gazlarning miqdoriga, shuningdek 
qo‘yiladigan yukning kattaligi va davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Kristallar orasidagi tutashish kuchlari odatda ushbu kristallning ichidagi 
tutashish kuchidan kichik bo‘ladi, bunda kristallning yirikligi qancha katta bo‘lsa, 
kristallar orasidagi tutashish kuchlari shuncha kichik bo‘ladi. Mayda donador jinslar 


47 
yirik donador jinslarga nisbatan katta mahkamlikka ega bo‘ladi. Ko‘plab jinslarda 
zarralar orasidagi bog‘lanishning mahkamligi, ushbu zarralar mahkamligidan kam 
bo‘ladi, yorilish ularning orasidan o‘tishi mumkin.
Kon jinslarning har uchala xillaridan - otqindi, cho‘kindi va metamorfik - 
portlash ta’siriga eng ko‘p chidamlilikka otqindi jinslar, eng kami chidamlilikka esa 
cho‘kindi va metamorfik jinslar ega bo‘ladi. 
Tabiiy seryoriqlik kon jinslarining maydalanishiga va portlatilgan massaning 
donadorli tarkibiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Yirik blokli tuzilma massivida 
o‘lchamlari kondensiyadan ortiq bo‘ladigan ko‘plab bo‘laklar mavjud bo‘ladi. 
Portlashning ta’siriga asosan massivning zaryadga bevosita yondosh turadigan qismi 
duchor bo‘ladi. Qolgan qismi ko‘p maydalanmasdan ko‘chadi. Bittalik zaryad 
portlaganda, portlagan massadagi konditsion bo‘lmagan bo‘laklarning soni 
portlashgacha bo‘lgan massivdagi bo‘laklar soniga mutanosib bo‘ladi. Zaryadlarni 
qisqasekinlatilgan portlatishda, massiv qismlarining qo‘shimcha maydalanishga olib 
keladigan bir-biriga o‘rilish joylari mavjud bo‘ladi.
Ta’kidlash kerakki, zaryad energiyasining asosiy qismi jinslarni ko‘chirishga 
sarflanadi. U jinsning zichligiga mutanosibdir. Portlovchi moddalarning faqat katta 
bo‘lmagan (1-2 % ko‘p bo‘lmagan) qismi maydalashga sarflanadi. Tektonik yoriqlar 
to‘lqin qaytadigan chegara hisoblanadi, qaytish natijasida to‘lqinning intensivligi 
kamayadi va u massivning yoriqlar orqasida joylashgan qismiga kuchli yemiruvchi 
ta’sir ko‘rsata olmaydi.

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling