Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov
Download 2,54 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BO‘LIM. TOG‘ JINSLARINING FIZIKA-TEXNIK XOSSALARI. MASSIVDAGI VA MAYDALANGAN TOG‘ JINSLARIDAGI JARAYONLAR
Nazorat savollari.
1. Yuvmasdan fraksiyalarga ajratish usuli deb nimaga aytiladi? 2. Yuvish orqali fraksiyalarga ajratish usuli deb nimaga aytiladi? 3. Shag‘allarning fraksion tarkibini aniqlash qanday amalga oshiriladi? 4. Tog‘ jinslarining granulometrik tarkibi qanday aniqlanadi? 107 III BO‘LIM. TOG‘ JINSLARINING FIZIKA-TEXNIK XOSSALARI. MASSIVDAGI VA MAYDALANGAN TOG‘ JINSLARIDAGI JARAYONLAR 3.1-§. Tashqi maydonlarini tog‘ jinslarining issiqlik va magnit xususiyatlariga ta’siri. Suv havoga nisbatan yuqori solishtirma issiqlik sig‘imi, issiqlik o‘tkazuvchanlik, harorat o‘tkazuvchanlik, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik, dielektrik kirituvchanglikka ega bo‘lgani uchun tog‘ jinslari namlanganda ko‘rsatkichlar ortadi. Masalan quruq gillarga nisbatan suv bilan to‘lgan gillarda issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 56 barobar yuqori bo‘ladi. Suvning solishtirma issiqlik sig‘imi va farqi havoga nisbatan, balki ko‘pgina minerallarga nisbatan ham ancha yuqori. Harorat o‘tkazuvchanlik kamroq ho‘llanishda ortadi va ho‘llash miqdori ortishi bilan kamayadi, chunki ho‘l tog‘ jinslarining issiqlik sig‘imi ortadi. Tog‘ jinslarining solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi ularning g‘ovakligiga bog‘liq bo‘lib suv bilan to‘ldirilganda juda yuqori bo‘ladi. Tog‘ jinslarining solishtirma elektr qarshiligi ularning suv bilan to‘ldirilganligidan tashqari suvning mineral tuzlarga boyligi darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Harorat o‘tkazuvchanlik bosim ortishi bilan kam o‘zgariladi. Har tomonlama bosim issiq o‘tkazuvchanlikni oshiradi va ularning issiqlikdan kengayish koeffitsiyentini kamaytiradi. Chunki tog‘ jinslari zichlanib issiqlik uzatish ortadi va kengayishi kamayadi. Bosimning tog‘ jinslarning elektr qarshiligiga turlicha bo‘lib, bosim ta’sirida g‘ovakliklar yoqilib elektr qarshiligi ortishi yoki yoriqlar kengayib elektr qarshiligi kamayishi mumkin. Tog‘ jinslarining haroratining ortishi issiqlik va elektr magnit xossalarining o‘zgarishiga olib keladi. Ushbu xossalarning o‘zgarishiga sabab issiqlikdan hosil bo‘ladigan zo‘riqmalar va har xil issiqlik effektlaridir. Haroratning ortishi natijasida kinetik energiya ortadi va zarrachalarning tebranishlar chastotasi ortadi. Ularning issiqlik va elektro-magnit xususiyatlarini o‘zgartiradi. 108 Haroratning ortishi natijasida kristall panjaralarda ionlarning tartibsiz tebranishlari kuchayadi. U esa o‘z navbatida fononlarning erkin harakatlanish masofasini kamaytiradi. shuning uchun harorat ortishi oqibatida ko‘plab minerallarda issiqlik o‘tkazuvchanlik kamayadi. Bu ko‘rsatkich 4000S haroratgacha o‘zgaradi, undan yuqori haroratlarda bir xil kattalikka ega bo‘ladi. Maksimal chastota m ax va unga mos maksimal energiya Debay harorati bilan tavsiflanadi: K h D m ax Bu yerda: h - Plank doimiysi ( h =1,054 34 10 Дж с); К-Bolsman doimiysi (К=1,38 23 10 Дж/к); m ax - tebranishlarning maksimal chastotasi. Silikatlar uchun fonon issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentining quyidagi immerik bog‘liqligi aniqlangan 3 , 6 01 , 0 D . Qattiq jinslarning issiqlik sig‘imi Dibay haroratigacha ortib boradi. Juda ko‘p tog‘ jinslari va minerallarda harorat ortishi bilan issiqlikdan uzayish koeffitsiyenti ( ) ortadi. Dielektrik tog‘ jinslarida harorat ortishi bilan ularning kinetik energiyasi ortadi va kristall panjaradan ionlarning ajralishi osonlashadi. Shuning uchun dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligi ortadi. Harorat 600 0 С gacha ko‘tarilganda tog‘ jinslarining elektr qarshiligi martagacha kamayadi. Nam va g‘ovaklik jinslarda haroratning ortishi natijasida suv bushlanib ketadi va elektr qarshiligi ortadi. Haroratning ta’siri ferromagnit jinslarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ma’lum bir haroratda (Kyuri nuqtasi) domenlar magnit momentidan butunlay ajralishadi va magnitsizlanib qolishadi. Dielektrik tog‘ jinslarida harorat ortishi bilan ularning kinetik energiyasi ortadi va kristall panjaradan ionlarning ajralishi osonlashadi. Shuning uchun dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligi ortadi. Harorat 600 0 С gacha ko‘tarilganda tog‘ jinslarining elektr qarshiligi martagacha kamayadi. Nam va g‘ovaklik jinslarda haroratning ortishi natijasida suv bushlanib ketadi va elektr qarshiligi ortadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling