Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov
Download 2.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV
yirik 100-60 yirik 0.05-0,01 o'rta 60-40 mayda 0.01-0,02 mayda 40-20 3. Silliqlangan va qirrali mayda shag'allar: 6. Gil zarralari: yirik 20-10 dag'al 0.002-0,001 o'rtacha 10-4 mayin <0,001 mayda 4-2 Bular: 1. Xarsangtoshlar, juda yirik, yirik shag‘allarni dala sharoitida (ochilmalarda) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘z bilan kuzatish, maxsus o‘lchash asboblari (metall chizg‘ich, ma’lum o‘lchamdagi yirik ko‘zlardan iborat bo‘lgan to‘r ko‘rinishidagi o‘lchagich, ma’lum masshtablarda fotoapparat yordamida rasmini olish va h.k.) yordamida aniqlash usuli; 2. Qum va qumli shag‘allarni tashkil qiluvchi fraksiyalarni maxsus elaklar yordamida elash usuli; 103 3. Sof gil va gilli (lyoss va lyossimon) jinslarni tashkil etuvchi fraksiyalarni (qum, chang, gil) miqdorini aniqlash uchun qo‘llaniladigan Sabanin va pipetka usullaridir. Xarsang toshlarni, juda yirik shag‘allarni tashkil etuvchi fraksiyalar miqdorini aniqlash uchun o‘rganilayotgan maydon ma’lum kichik-kichik maydonchalarga (qismlarga) ajratilib chiqiladi. Bunday maydonchalarning o‘lchami eng katta fraksiyaning (xarsangtosh yoki yirik shag‘alning) o‘lchamidan 10 marotaba katta bo‘lishi talab etiladi. Jumladan, agar maydondagi eng katta fraksiyaning diametri 1000 mm bo‘lsa, maydoncha tomonlarining o‘lchami 10000x10000 mm etib ajratiladi. So‘ngra har bir maydoncha ichidagi mavjud fraksiyalarning miqdori yuqorida keltirilgan o‘lchagichlar yordamida o‘lchab, hisoblab chiqiladi. Shu bilan birga har bir fraksiyaning qaysi genetik guruhdagi tog‘ jinslariga (magmatik, cho‘kindi, metamorfik) mansub ekanligiga ham e’tibor beriladi. Masalan, maydondagi tog‘ jinslarining 50% magmatik (intruziv, effuziv), 30% cho‘kindi va 20% metamorfik tog‘ jinslariga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida u yoki bu daryo havzasida tarqalgan tog‘ jinslarining egallagan maydoni to‘g‘risida fikr yuritishga asos bo‘lishi ham mumkin. Elash usuli. Bu usul uchun metalldan yasalgan ikki xil elaklar yig‘masi (komplekti) qo‘llaniladi. Birinchi xildagi elaklarning ko‘zlari 200, 100, 60, 40, 20, 10 mm o‘lchamlarda bo‘lib, shag‘allarni tashkil etuvchi fraksiyalar miqdorini aniqlashda, ikkinchi elak yig‘masi ko‘zlarining o‘lchami 10, 5, 2, 1, 0,5, 0,25, 0,1 mm (27 -rasm) bo‘lib, qum jinslarini hamda mayda shag‘allarni tashkil qiluvchi fraksiyalar miqdorini aniqlashda ishlatiladi. 104 17-rasm. Cho‘kindi qum va qumli gil jinslarning granulo-metrik tarkibini aniqlash maqsadida ishlatiladigan elaklar komplekti. 1-elaklar komplektining ustki qopqog‘i; 2- elaklar komplektining tag qismi; 3- 0,1 mm dan mayda zarralar yig‘iladigan qismi. Download 2.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling